Malikov Olim Malikovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gepatitning V va S virusli ta’sirida jigarning diffuz shikastlanishdan kelib chiqqan anemiya-gemodepressiyalarining patogenezi, diagnostikasi va davosini optimallashtirish», 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSs/Tib265.

Ilmiy maslahatchi: Baxramov Saidjalol Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Saliev Kodirjon Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Suleymanova Dilora, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Xolida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Gematologiya va transfuziologiya ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: anemiya-gemodepressiyaning V va S gepatitlarda jigarning surunkali virusli shikastlanishini to‘g‘ri tashxislash va samarali davolashni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor anemiya-gemodepressiyada jigarning surunkali virusli shikastlanishiga taalluqli V va S viruslari kasallikni kechishida va rivojlanishida klinik, gematologik, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlari ochib berilgan;

ilk bor anemiya-gemodepressiyada jigarning surunkali virusli shikastlanishida immunologik va ferostatus disbalanslarining patogenetik ahamiyati ko‘rsatilgan;

bemorlarda anemiya-gemodepressiya bilan kechadigan jigarning surunkali virusli shikastlanishini davolash jarayonida temir moddalarni qo‘llash mumkin emasligi isbotlangan;

jigarning V va S virusli surunkali shikastlanishida bemorlarda autoimmun komponentining hosil bo‘lishi natijasida kamqonlik-sitopeniya holati yuzaga kelib, garmonoterapiya samarasizligi holatida splenektomiya zarurati isbotlangan;

anemiya-gemodepressiyada jigarning surunkali virusli shikastlanishini samarali davolashda gemostimulyator, gepatoprotektor, immunomodulyator, interferon induktori va jigar fibrozga qarshi kompleks davolash tizimi ishlab chiqilgan;

anemiya-gemodepressiyada jigarning surunkali virusli shikastlanishini ambulator-dispanser sharoitda samarali terapevtik tibbiyot texnologiyasiga tayangan holda davoning davomiyligiga asoslangan bemorlarning mehnat qobiliyatini tiklash tizimi yaratilgan .

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Gepatitning V va S virusli ta’sirida jigarning diffuz shikastlanishdan kelib chiqqan anemiya-gemodepressiyalarining patogenezi, diagnostikasi va davosini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Surunkali virusli gepatit V da eritrotsitlarning agregatsiyasini baholash» uslubiy qo‘lanamasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 maydagi 8n-d/115-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali virusli V va S gepatitlarda va jigar sirroziga tegishli kechishini tashxislash va davolash tizimini yaratish imkonini bergan;

«Surunkali gepatit va jigar sirrozida autoimmun kamqonlikni tashxislash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 maydagi 8n-d/115-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali gepatit va jigar sirrozida autoimmun kamqonligini tashxislash va davolash tizimining samardorligini takomillashtirish imkonini bergan;

«Jigarning surunkali kasalliklarni assosisirlangan anemiya-gemodepressiyaning kompleks davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 maydagi 8n-d/115-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma jigarning surunkali kasalliklari natijasida rivojalangan kamqonlik kompleks davolash tizimining samardorligini takomillashtirish imkonini bergan;

gepatitning V va S virusli ta’sirida jigarning diffuz shikastlanishdan kelib chiqqan anemiya-gemodepressiyalarining patogenezi, diagnostikasi va davosini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti, Samarqand viloyati klinik kasalxonasi, Sirdaryo viloyati tez tibbiy markazi va Farg‘ona shahar klinik kasalxonasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 8n-d/154-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali virusli V gepatitda gemopoezning holatini baholash, periferik qondagi eritrotsitlarning agregatsiyaga moyilligi, anemiyaga olib kelish yo‘llari hamda kasallikning nojo‘ya ta’sirlarini bartaraf etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish