Axmadaliev A’zamjon Abdulvoxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hudud moliyaviy imkoniyatlarini maxsus iqtisodiy zonalar faolligini ta’minlash asosida rivojlantirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3466.
Ilmiy rahbar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hudud moliyaviy imkoniyatlarini maxsus iqtisodiy zonalar faolligini ta’minlash asosida rivojlantirish yo’nalishlari bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maxsus iqtisodiy zonalarda investisiyalarning hajmi 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha bo‘lganda, 7 yil muddatga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llash taklif etilgan;
maxsus iqtisodiy zonalarga kiritilgan investisiyalar miqdoriga qarab tabaqalashgan holda 15 yil muddatga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etilish taklif etilgan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozdan foydalangan holda import qilgan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlardan tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilish muddatini 5 yil belgilash zarurligi asoslangan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga teng raqobat muhitini yaratish uchun geografik va logistik joylashuvi hamda mintaqaning iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bank kapitalini iqtisodiy baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Hudud moliyaviy imkoniyatlarini maxsus iqtisodiy zonalar faolligini ta’minlash asosida rivojlantirish yo’nalishlarining uslubiy va ilmiy asoslarini takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
maxsus iqtisodiy zonalarda investisiyalarning hajmi 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha bo‘lganda, 7 yil muddatga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-avgustdagi 283-son “Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-noyabrdagi 06/33-1-23604-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yil davomida maxsus iqtisodiy zonalarga jalb qilingan investorlarga qo‘llangan bojxona imtiyozlari 7,2 foizga oshirishga hamda ulardagi investision loyihalar samarali ijrosini ta’minlashga imkon bergan;
maxsus iqtisodiy zonalarga kiritilgan investisiyalar miqdoriga qarab tabaqalashgan holda 15 yil muddatga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etilish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan maxsus iqtisodiy zonalarni 2023–2025-yillarda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-noyabrdagi 06/33-1-23604-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yil davomida maxsus iqtisodiy zonalarda investorlarni suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etilishi natijasida korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar miqdori 14,7 foizga o‘sishiga erishilgan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozdan foydalangan holda import qilgan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlardan tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilish muddatini 5 yil belgilash taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan maxsus iqtisodiy zonalarni 2023–2025-yillarda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-noyabrdagi 06/33-1-23604-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yil davomida maxsus iqtisodiy zonalardagi korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksport qilish hajmi 21,5 foizga o‘sishiga erishilgan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga teng raqobat muhitini yaratish uchun geografik va logistik joylashuvi hamda mintaqaning iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llash taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan maxsus iqtisodiy zonalarni 2023–2025-yillarda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-noyabrdagi 06/33-1-23604-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida maxsus iqtisodiy va sanoat zonalaridagi er uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha 26 trln so‘mlik 1255 ta yangi istiqbolli investisiya loyihalari ishlab chiqilgan.