Karimova Madina Maxsud qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada kichik biznes strategik zonalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4209.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mahmudov Suxrob Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada kichik biznes strategik zonalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy talkif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada kichik biznes strategik zonalarini shakllantirishda tadbirkorlik mahoratini baholashning yangi tartibi taklif etilgan;
shahar va tumanlarda tadbirkorlik mahorati QKPI yuqori tadbirkorlik ko‘nikmalari (High entrepreneur skills)-marketing, novatorlik mahoratlari, menejerlik, tavakkalchilik qobiliyatlari, iqtisodiy va huquqiy savodxonlik ko‘rsatkichlari asosida (QKPI > 0.8), o‘rtacha tadbirkorlik ko‘nikmalari (Medium entrepreneur skills)-tashabbuskorlik va mustaqil faoliyat ko‘rsatish, analitik fikrlash va vaziyatga moslashuvchanlik, o‘ziga ishonch va o‘z ishiga sadoqatlilik, muvaffaqiyatga intilish va qat’iyatlilik ko‘rsatkichlari asosida (0.5 ≤ QKPI ≥ 0.8), raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalari (Digital entrepreneur skills)- Onlayn-tijorat bilan shugʻullana olish, internet orqali reklama qilish, qidiruv tizimlarida marketing ko‘nikmalari ko‘rsatkichlari asosida (QKPI ≤ 0.5) baholanib, tabaqalashtirilgan guruhlari taklif etilgan;
shahar va tumanlarda shakllantiriladigan kichik biznesni birinchi strategik zonasiga Gurlan, Yangibozor, Urganch tumanlari, Urganch va Xiva shahri, ikkinchi strategik zonasiga Tuproqqala, Xonqa, Bogʻot va Yangiariq tumanlari, uchunchi strategik zonasiga Xiva, Hazorasp, Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlari kirishi asoslangan;
Xorazm viloyatida ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish hisobiga yalpi hududiy mahsulotini o‘sish darajasi, kichik biznes strategik zonalari ko‘rsatkichlarini 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Mintaqada kichik biznes strategik zonalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqada kichik biznes strategik zonalarini shakllantirishda tadbirkorlik mahoratini baholashning yangi tartibi bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 13-noyabrdagi 07-4-09/10463-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada kichik biznes strategik zonalarini shakllantirishda tadbirkorlik mahoratini baholash mezonlari aniqlanib, ularning asosida tadbirkorlarga individual yondoshuv orqali qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqishga imkon bergan;
shahar va tumanlarda tadbirkorlik mahorati QKPI yuqori tadbirkorlik ko‘nikmalari(High entrepreneur skills)-marketing, novatorlik mahoratlari, menejerlik, tavakkalchilik qobiliyatlari, iqtisodiy va huquqiy savodxonlik ko‘rsatkichlari asosida (QKPI > 0.8), o‘rtacha tadbirkorlik ko‘nikmalari (Medium entrepreneur skills)-tashabbuskorlik va mustaqil faoliyat ko‘rsatish, analitik fikrlash va vaziyatga moslashuvchanlik, o‘ziga ishonch va o‘z ishiga sadoqatlilik, muvaffaqiyatga intilish va qat’iyatlilik ko‘rsatkichlari asosida (0.5 ≤ QKPI ≥ 0.8), raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalari (Digital entrepreneur skills)- Onlayn-tijorat bilan shugʻullana olish, internet orqali reklama qilish, qidiruv tizimlarida marketing ko‘nikmalari ko‘rsatkichlari asosida (QKPI ≤ 0.5) baholanib, tabaqalashtirilgan guruhlar bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 4-fevraldagi “Xorazm viloyatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 37-12-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 13-noyabrdagi 07-4-09/10463-son ma'lumotnomasi). Natijada hududlarda kichik biznesni samaradorligini oshirishga erishilgan;
shahar va tumanlarda shakllantiriladigan kichik biznesni birinchi strategik zonasiga Gurlan, Yangibozor,Urganch tumanlari, Urganch va Xiva shahri, ikkinchi strategik zonasiga Tuproqqala, Xonqa, Bogʻot va Yangiariq tumanlari, uchunchi strategik zonasiga Xiva, Hazorasp, Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlari kirishi asoslash bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 13-noyabrdagi 07-4-09/10463-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm viloyatining 2024-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasidagi kichik biznes sohasida 422 ta investision loyihalarda 3,5 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish hisobiga yalpi hududiy mahsulotini o‘sish darajasi, kichik biznes strategik zonalari ko‘rsatkichlarini 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 58-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 13-noyabrdagi 07-4-09/10463-son ma’lumotnomasi). Natijada 2028-yilga kelib, Xorazm viloyati YaHM hajmi 1,4 barobarga, kichik biznes yalpi mahsuloti hajmi 1,6 barobarga oshishi prognoz qilinib, barqaror rivojlanish darajasini oldindan aniqlash va samarali rejalashtirish imkoni yaratilgan.