Muxitdinov Shohijahon Hudoyor o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa turizmini rivojlantirishning optimal tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyat misolida)”, 08.00.06–“Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt481.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sauxonov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi global iqtisodiyotda mintaqa turizmini rivojlantirishning optimal tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa turizmini rivojlantirishda infratuzilma, yo‘l, transport, mehmonxona, kommunikatsiya va boshqa infratuzilmalarni optimal joylashuvi samaradorligi indeksi 12,4 foiz bo‘lganda, turistlar oqimini oshirish koeffisienti 8% ga o‘sishi asoslangan;
davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash uchun mintaqaviy turizmni optimal joylashtirish daromadlar indeksi 9,6% turizm xizmatlarning foyda marjasi 68,7% ga oshishi aniqlangan hamda turizm klasterlarini yaratish orqali mintaqa iqtisodiyotiga qo‘shilgan qiymatni aniqlash modeli K_E=∑_(i=1)^n▒〖(P_i*S_i*M_i)〗taklif etilgan;
turizm tizimidagi murakkab jarayonlarni optimal tartibga solishda simulyasiya va imitatsiya modellashtirish algoritmlari asosida modelning rentabellik indeksi 3,4 barobarga oshishi mumkin bo‘lgan ssenariylari sinovdan o‘tkazilib, umumiy iqtisodiy samaradorlik indeksi 8,7 barobarga oshirish taklifi berilgan;
Qashqadaryo viloyatida turistik markazlarni optimal joylashtirish orqali samaradorlik indeksi 0,159 % turistik oqim koeffisienti 108% oshishiga olib keluvchi raqamli transformatsiya uchun yagona raqamli platformani tashkiliy-iqtisodiy modeli taklif etilgan;
mintaqa turizmini rivojlantirishning optimal tartibga solishni ekonometrik modellashtirish asosida mamlakatimizda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash va mavsumiylikning ta’sirini kamaytirish, hududlar turistik salohiyati va unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa turizmini rivojlantirishning optimal tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa turizmini rivojlantirishda infratuzilma, yo‘l, transport, mehmonxona, kommunikatsiya va boshqa infratuzilmalarni optimal joylashuvi samaradorligi indeksi 12,4% oshganda, turistlar oqimini oshirish koeffisienti 8% ga o‘sishi taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 16-yanvar 07-07/499-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida viloyatda turizm sohasi bo‘yicha infratuzilma, yo‘l, transport, mehmonxona, kommunikatsiya va boshqa infratuzilma obektlarini optimal joylashuvi samaradorligiga erishilgan;
davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash uchun mintaqaviy turizmni optimal joylashtirish daromadlar indeksi 9,6% turizm xizmatlarning foyda marjasi 68,7% ga oshishi aniqlangan hamda turizm klasterlarini yaratish orqali mintaqa iqtisodiyotiga qo‘shilgan qiymatni aniqlash modeli K_E=∑_(i=1)^n▒〖(P_i*S_i*M_i)〗 bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 16-yanvar 07-07/499-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda mintaqaviy turizmni optimal joylashtirish va davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash hamda turizm klasterlarini yaratish orqali mintaqa iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir etayotganligi ko‘rsatib berilgan;
turizm tizimidagi murakkab jarayonlarni optimal tartibga solishda simulyasiya va imitatsiya modellashtirish algoritmlari asosida modelning rentabellik indeksi 3,4 barobarga oshishi mumkin bo‘lgan ssenariylari sinovdan o‘tkazilib, umumiy iqtisodiy samaradorlik indeksi 8,7 barobarga oshirish taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 16-yanvar 07-07/499-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda turizm sohasini optimal tartibga solishda simulyasiya va imitatsiya modellashtirish algoritmlari asosida modeli ishlab chiqilgan va umumiy iqtisodiy samaradorlik indeksi oshganligi isbotlangan;
Qashqadaryo viloyatida turistik markazlarni optimal joylashtirish orqali samaradorlik indeksi 0,159 % turistik oqim koeffisienti 108% oshishiga olib keluvchi raqamli transformatsiya uchun yagona raqamli platformani tashkiliy-iqtisodiy modeli bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 16-yanvar 07-07/499-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish viloyatda turizm sohasini raqamlashtirishdagi ta’siri va uning qo‘llanilishi uchun raqamli transformatsiyani hisobga olib yagona raqamli platformani tashkiliy-iqtisodiy modeli taklifi berilgan va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
mintaqa turizmini rivojlantirishning optimal tartibga solishni ekonometrik modellashtirish asosida mamlakatimizda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash va mavsumiylikning ta’sirini kamaytirish, hududlar turistik salohiyati va unga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 8-avgustdagi 01-16-331-son “Hududda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 16-yanvar 07-07/499-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish va optimal qarorlar qabul qilish, turizm sohasidagi talab va ehtiyojlarni hisobga olgan holda istiqboldagi imkoniyatlardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirgan.