Sitmuratov Uktam Tengelovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznesni rivojlanish tendensiyalarini statistik tadqiqi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3456.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmuratov Fozil Saribaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznesning rivojlanish tendensiyalarini statistik va ekonometrik usullar asosida tadqiq qilgan holda, ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hamda barqaror rivojini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada kichik tadbirkorlik subektlari faollik darajasi yashovchanlik koeffisientini barqarorligini ta’minlashda tarmoqlar kesimidagi farqlar rolini baholash modellari ishlab chiqilib, muhim bo‘lgan tarmoqlar aniqlanilgan;  
mintaqada kichik biznes taraqqiyotini ta’minlashda hududlar kesimidagi nomutanosibliklarning mavjud holati miqdoriy baholanilib, ularning kichik biznes rivojlanish tendensiyalariga ta’sirini aniqlash modellari ishlab chiqilgan;
mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatni oshirishning kichik biznes rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini baholash va aks ta’sirni aniqlash modellari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2028-yilgacha bo‘lgan davrga kichik biznes rivolanishi muhim indikatorlarining prognoz modellari asoslanib, ular asosida ishlab chiqilgan prognoz natijalariga ko‘ra faollik darajasi hamda yashovchanlik koeffisientlari hisoblanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznesni rivojlanish tendensiyalarini statistik tadqiqini amalga oshirish va ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada kichik tadbirkorlik subektlari faollik darajasi yashovchanlik koeffisientini barqarorligini ta’minlashda tarmoqlar kesimidagi farqlar rolini baholash modellarini ishlab chiqish, muhim bo‘lgan tarmoqlarni aniqlash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi faravonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 7-sentyabrdagi 457-13-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi  boshqarmasining 2024-yil 11-sentyabrdagi 01/10-214-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish, tarmoqlar kesimidagi farqlarni minimal darajaga tushurish va bartaraf etish asosida kichik biznes subektlari faollik darajasini 14,1 foizga, yashovchanlik koeffisientini 9,6 foizga oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlashga xizmat qilgan;
mintaqada kichik biznes taraqqiyotini ta’minlashda hududlar kesimidagi nomutanosibliklarning mavjud holatini miqdoriy baholash, ularning kichik biznes rivojlanish tendensiyalariga ta’sirini aniqlash modellari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi faravonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 7-sentyabrdagi 457-13-0-Q/22-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi  boshqarmasining 2024-yil 11-sentyabrdagi 01/10-214-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif hududlar kesimidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida kichik biznes subektlari yashovchanlik koeffisientini, qo‘shimcha ravishda 5,8 foizga oshirishga xizmat qilgan;
mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatni oshirishning kichik biznes rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini baholash va aks ta’sirni aniqlash modellari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi faravonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 7-sentyabrdagi 457-13-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi  boshqarmasining 2024-yil 11-sentyabrdagi 01/10-214-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish, tarmoqlar kesimida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatning kichik biznes rivojini ta’minlashdagi muhim ko‘rsatkichlarga ta’sirini baholash asosida istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2028-yilgacha bo‘lgan davrga kichik biznes rivolanishi muhim indikatorlarining prognoz modellari asoslanib, ular asosida ishlab chiqilgan prognoz natijalariga ko‘ra faollik darajasi hamda yashovchanlik koeffisientlarini hisoblash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi faravonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 7-sentyabrdagi 457-13-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi  boshqarmasining 2024-yil 11-sentyabrdagi 01/10-214-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari istiqboldagi davrda mintaqada kichik biznesni rivojlantirish uchun maqsadli rejalarni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish