Abduvohidova Xushnoza Muxtorali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jaligi sohasiga oid terminlarning leksik-semantik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil3439.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Vositov Valijon Abduvahobovich filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abduraxmonov Muhammadjon G‘ulomovich filologiya fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
Ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jaligi terminologiyasining leksik-semantik va tarjima xususiyatlarini qiyosiy jihatdan aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jaligi terminologiyasi diaxronik jihatdan to'rt bosqichda shakllanganligi nazariy jihatdan aniqlangan;
soha terminlarining morfemik jihatdan sodda, yasama, qo‘shma, birikmali, qisqartma va gibrid terminlardan iboratligi hamda ular qo‘llanish davriga ko‘ra uch bosqichdan iboratligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jaligi terminlarini leksik-semantik jihatdan oltita guruhga bo‘linishi, bir leksik-semantik guruhga oid terminlar gipero-giponimik, partonomik va taksonimik kabi bir qator semantik munosabarlarga kirishishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jaligi (asbob-uskuna va jihozlari) sohasiga oid terminlarni ilmiy kontekstda izohli, transkripsiya va muqobil tarjima qilish usullari ko‘proq foydalanilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida qishloq xo‘jaligi sohasi terminologiyasini leksik-semantik tahlilidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
qishloq xo‘jaligi terminlari morfemik jihatdan sodda, yasama, qo‘shma, birikmali terminlardan iboratligi va ular semantik jihatdan to‘qqizta guruhga bo‘linishi, shuningdek, har bir leksik-semantik guruhga oid terminlar boshqa terminlar bilan assotsiativ, variantlilik, omonimik, antonimik, taksonimik kabi bir qator semantik munosabarlarga kirishishi haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasini bajarishda foydanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 26-fevral 2024-yildagi 04/1-488-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan moduldagi ingliz va o‘zbek qishloq xo‘jalik sohasi doirasidagi terminlarning leksik-semantik xususiyatlarini yoritish, ingliz va o‘zbek tillarida soha terminlari bilan bogʻliq omillarni ko‘rsatib berishga doir tavsiyalar berilgan va auditoriya tomonidan ushbu tavsiyalarga tegishli munosabatni shakllantirishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida muqobil shakliga ega bo‘lmagani tufayli qishloq xo‘jaligi sohasiga oid terminlar (asbob-uskuna jihozlari) tarjimasi transliteratsiya va transkripsiya usuli orqali qayta yaratilishi, har ikki tildagi qishloq xo‘jaligi terminlarni tarjima qilish kalkalash, transkripsiya, tramsletratsiya, izohli tarjima qilish usullari orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq ekanligiga doir ilmiy xulosa va natijalardan 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan SUZ80021GR3149 “American Drama” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 23-aprel 2024-yildagi 04/2241-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida tarjimani qayta yaratish jihatlarini qiyosiy tahlil qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan va auditoriya tomonidan ushbu tavsiyalarga tegishli munosabatni shakllantirishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tillarida qishloq xo‘jaligi (asbob-uskuna jihozlari) terminlari yordamida hosil qilingan mehnatsevarlik, qadr-qimmat, kamtarlik, halollik, aql-zakovat, epchillik, to‘g‘rilik kabi madaniy konseptlar paremiyalarda obrazli tarzda ifodalanishi va iboralarda qo‘llanilgan qishloq xo‘jaligi asbob-uskunalari nomlarining aksariyat qismi salbiy ma’no ottenkasiga ega ekani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston" teleradiokanali” DM, “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar”, “Ta'lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” (2023-2024 yillar davomida) dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK, “O‘zbekiston” teleradiokanali 26-yanvar 2024-yildagi 04-36-289-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan media materiallar mazmun jihatdan mukammallashgan.