Egamnazarova Zaynab Xolmurod qizining
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi rieltorlik faoliyatiga oid terminlarning struktur-semantik va leksikografik xususiyatlari” mavzusidagi 10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Fil3618
Ilmiy rahbar: Qodirova Mukaddas Tog‘aevna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc) Abduvaliev Muhammadjon Arabovich; filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Kadirbekova Durdona Hikmatullaevna.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida rieltorlik faoliyatiga oid terminlarning struktur-semantik va leksikografik asoslarini nazariy jihatdan chuqur o‘rganish hamda ushbu tillardagi terminlarni qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil asosida taqqoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilshunosligida ilk bor rieltorlik faoliyatiga oid terminlar struktur-semantik, funksional, tarixiy-etimologik, qiyosiy, leksikografik va pragmatik yondashuvlar asosida ilmiy-nazariy jihatdan yoritildi. Rieltorlik terminologiyasining rivojlanish tendensiyalari – xalqaro standartlarga moslashuv, milliy xususiyatlarning aks ettirilishi, terminlarning ixtisoslashuvi, texnologiyalar ta’siri va abbreviaturalarning rivoji o‘rganildi hamda ushbu terminlarning lingvistik tizimdagi mavqei va funksional o‘rni to‘liq aniqlandi;
Ingliz va o‘zbek tillaridagi rieltorlik terminlarining struktur-semantik xususiyatlari, unumdor qoliplari va yasalish imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning tarkibiy tuzilishi jihatidan sodda, qo‘shma, qisqartma va birikma shakllari o‘ziga xosligi ochiqlandi. Har ikki tildagi terminlarning derivatsion xususiyatlari (old qo‘shimchalar, qo‘shimcha qo‘shish, takrorlash, so‘z biriktirish va qisqartirish usullari) statistik usulda o‘rganilib, morfemik-morfologik modellari tizimlashtirildi hamda struktur-semantik xususiyatlarini tavsiflovchi ilmiy g‘oya asoslandi;
ingliz va o‘zbek tillaridagi rieltorlik faoliyatiga oid terminlarning struktur-semantik va leksikografik talqini turli xil lug‘atlar (ensiklopedik, bir tilli, ikki tilli, elektron lug‘atlar) asosida tadqiq etilib, ularning semantik ko‘lami, monosemik va polisemantik xususiyatlari, shuningdek, sinonimik, omonimik va variativ jihatlari izchil aniqlashtirildi;
rieltorlik faoliyatiga oid terminlarga mo‘ljallangan lug‘at tuzilmasi izohlovchi, tavsifiy va ensiklopedik ta’riflar, grammatik va orfoepik belgilamalar, illyustrativ misollar hamda tarjima ekvivalentlari kabi axborot kategoriyalarini o‘z ichiga olishi ilmiy asosda dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 2021-2023- yillarga mo‘ljallangan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda ingliz va o‘zbek tillaridagi terminlarning derivatsion xususiyatlari (old qo‘shimchalar, qo‘shimcha qo‘shish, takrorlash, so‘z biriktirish va qisqartirish usullari) statistik usulda o‘rganilib, morfemik-morfologik modellari tizimlashtirishda hamda struktur-semantik xususiyatlarini tavsiflovchi ilmiy asos yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 24.10.2023 yildagi №o04/122-24 sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ingliz va o‘zbek tillaridagi qismi yangi ma’lumotlar bilan boyigan.
2022-2023-yillarda bajarilgan “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada rieltorlik terminologiyasining rivojlanish tendensiyalari – xalqaro standartlarga moslashuv, milliy xususiyatlarning aks ettirilishi, terminlarning ixtisoslashuvi, texnologiyalar ta’siri to‘g‘risidai ma’lumotlardan xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlarini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 12.01.2024 yildagi 9-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek tilidagi xizmat ko‘rsatish obektlarini nomlashda rieltorlik xizmatlari tomonidan rasmiylashtirishda foydalanadigan terminlar ba’zasi bilan boyitildi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMda efirga uzatilgan “Adabiy jarayon”, “Bedorlik” nomli dasturlarining ssenariysini yozishda (2022-2023 yillarda) ingliz va o‘zbek tillaridagi rieltorlik faoliyatiga oid terminlarning struktur-semantik va leksikografik talqini turli xil lug‘atlar (ensiklopedik, bir tilli, ikki tilli, elektron lug‘atlar) asosida tahlil qilinib, ularning semantik ko‘lami, monosemik va polisemantik xususiyatlari, shuningdek, sinonimik, omonimik va variativ jihatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 14-dekabrdagi 04-36-1903-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dasturlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni ingliz va o‘zbek tilidagi rieltorlik faoliyatiga oid terminlarga leksikografik ma’lumotlar bilan boyigan.