Mukumov Maxmud Xudayberdievichning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek-ingliz ilmiy matnlarining lingvo-ekspressiv, intertekstual xususiyatlari” mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Fil4874.
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avaz Ixtiyorovich, f.f.d., professor; Xamraeva Maxzuna Gayratovna, filologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek-ingliz ilmiy matnlarining uslubiy alomatlari, ilmiy matnda intertekstuallik va ekspressivlik tipologiyasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tillarida tilshunoslikka doir ilmiy matnlardan 2000 ta gapga teng sintaktik qurilmalar tanlanib, o‘zbek tilidagi tahliliy materialning 94.8 foizi darak gaplar, 3.6 foizi so‘roq gaplar, 0.3 foizi buyruq gaplar va 0.4 foizi undov gaplarga to‘g‘ri kelishi; ingliz tilida 89.3 foizi darak gaplar, 8.9 foizi so‘roq gaplar, 0.3 foizi buyruq gaplar va 0.3 foizi undov gaplarga to‘g‘ri kelishi aniqlanib, o‘zbek va ingliz tillaridagi ilmiy matnlarda ekspressiyaning voqelanish darajasi bir-biriga yaqin ekani aniqlangan;
ingliz tilidagi ilmiy matnlar, jumladan dissertatsiya ishlarida ilmiy manbalardan tashqari, badiiy asarlardan epigraflarning ishlatilishiga yoʻl qo‘yilishi, aksincha, o‘zbek tilidagi ilmiy matnlarda epigrafning qo‘llanmasligi ochiqlanib, ingliz va o‘zbek olimlari idiolektidagi ekspressiya darajasining nisbiy farqlari isbotlangan;
iqtiboslashtirish intertekstuallik kategoriyasini amalga oshiruvchi vositalardan biri sifatida yoritilib, usullari, tasnifiy xususiyatlari ochib berilgan; statistik tahlil asosida interpozitiv remarkalar, postpozitiv remarkalarning ingliz tiliga nisbatan o‘zbek tilida ko‘proq ko‘zga tashlanishi dalillangan;
turli tizimli tillarda iqtiboslashtirish usul va vositalarini qiyoslash asosida o‘zlashtirish (plagiat)ni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek-ingliz ilmiy matnlarining lingvo-ekspressiv, intertekstual xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023 yillarda bajarilgan F3-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. Jumladan, dissertatsiyaning materiallardan: kognitiv yuklamasi yuqori bo‘lgan gaplarni undov gaplar ko‘rinishida berish muallifning hissiy yuklamasini ifodalashga xizmat qilishi, ushbu gaplar darak konstruksiyalarga aylantirilganda, emotsionallik yo‘qolib, ta’sir darajasi pasayishi dalillangan, shuningdek, ilmiy matnda ekspressiyani yuzaga chiqaruvchi lisoniy birlik va vositalar tasniflangan; iqtiboslashtirish usullari, tasnifiy xususiyatlari ochib berilgan, iqtiboslashtirish va o‘zlashtirish (plagiat)ni farqlashga aloqador aniq xulosalar berilgan; ilmiy matnlarda o‘zlashtirish (plagiat)ni bartaraf qilish bilan bog‘liq muammolar echimiga doir tavsiyalar berilgan (Aliver Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 10-maydagi №06/2-1045 ma’lumotnomasi).
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali» DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan. Tadqiqotchi tomonidan O‘zbek-ingliz ilmiy matnlarining til xususiyatlari, ilmiy nutqda ekspressivlik ifodalovchi til vositalarining vazifalari, shuningdek, bunda sintaktik va leksik vositalarning ishtiroki, terminologik lug‘at yaratishdagi ahamiyati to‘g‘risida berilgan tavsiya va xulosalardan «Ta’lim va taraqqiyot», «Adabiy jarayon», “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda (2023-2024 yillar) foydalanilgan. Natijada, talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga o‘zbek-ingliz ilmiy matnlarining uslubiy alomatlari, lisoniy tabiati va leksikasini ochib berish, terminologik lug‘at yaratish loyihasi, shuningdek, ilmiy matnning stilistika va leksikologiyadagi ahamiyati xususida berilgan tavsiya va xulosalar haqida radiotinglovchilarga, jumladan filologik yo‘nalishlarda ta’lim beruvchi til professor-o‘qituvchilari va talabalarga ma’lumot berilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 8-noyabrdagi 04-36-1177-son ma’lumotnomasi).
Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan. Jumladan, dissertatsiyaning: ingliz tilidagi ilmiy matnlar, jumladan, dissertatsiya ishlarida ilmiy manbalardan tashqari, badiiy asarlardan epigraflarning ishlatilishiga yoʻl qo‘yilishi, aksincha, o‘zbek tilidagi ilmiy matnlarda epigrafning qo‘llanmasligi ochiqlanib, inglizzabon va o‘zbek olimlari idiolektidagi ekspressiya darajasining nisbiy farqlari yoritilgan; o‘zbek tilidagi ilmiy matnlarda inversiya holati muayyan gap bo‘lagini o‘z o‘rnidan oldinga siljitish orqali erishilsa, ingliz tilida asosan ma’lum vositalar ishtirokida voqelanishi aniqlangan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 19-noyabrdagi №04/1-3295 ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish