Yadigarova Sitora Baxramovnaning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tizimli tillarda kiyim nomlarining chog‘ishtirma tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi 10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.PhD/Fil3214
Ilmiy rahbar: Uralova Oysuluv Payonovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor A.H.Tursunov; filologiya fanlari doktori (DSc), professor Cho‘ponov Otanazar Otajonovich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida kiyim nomlarini lug‘at boyligining  ajralmas qismi sifatida kompleks tahlil qilish, chog‘ishtirish orqali ularning leksik-semantik, paradigmatik tizimli aloqalarini ko‘rsatish, universal va o‘ziga xos milliy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillarida kiyimni anglatuvchi nomlarning muayyan  differensial ma’nolariga ko‘ra outerwear / ustki kiyim, headgear / bosh kiyimlar, linguirine / ichki kiyimlar, foot dresses / oyoq kiyimlar, gloves/ qo‘lqoplar, fabrics / mato nomlari leksik-semantik mikromaydonlarini hosil qilishi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda “kiyim” tematik guruhi atov birliklarini tashkil etuvchilar orasida polisemik, gipero-giponimik, sinonimik, antonimik, omonimik, meronimik kabi paradigmatik munosabatlar ochib berilgan va atov birliklar sistemaga (qaysi sistemaga) mansub so‘zlarning barchasiga birdek taalluqli emasligi isbotlangan;
“kiyim” komponentli frazeologik birliklarning mavzu doirasi, ular mazmun planining chog‘ishtirma tadqiqiga ko‘ra ikki tilda ma’no jihatdan o‘xshash bo‘lgan FB, ma’no tarkibi bilan qisman farq qiladigan FB, ma’no tarkibiga ko‘ra to‘liq mos bo‘lmagan FB larga bo‘linishi, libos nomlari ishtirok etgan maqollarning  mazmun plani bo‘yicha ikki tilda biri-biriga ekvivalent, qisman ekvivalent, ekvivalent bo‘lmagan maqollarga bo‘linishi, ifoda planiga ko‘ra har xil turdagi The simple sentence/sodda gap va Complex sentences/qo‘shma gap shakllariga mos kelishi aniqlangan, ular ingliz va o‘zbek xalqlarining madaniy xususiyatlari va qadriyatlarini aks ettirishi, chog‘ishtirish orqali  paremalardagi lingvomadaniy farqlar va o‘xshashliklar dalillangan;
ingliz va o‘zbek xalqi bayramlarida, anʼanalarida, urf-odatlarida foydalaniladigan kiyim nomlarining etnoslarga xos milliy madaniyatni aks ettiruvchi til tizimining tarkibiy qismi ekanligi,  ular orasidagi lisoniy-madaniy o‘xshashlik va nomuvofiqliklar faktik materiallar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi kiyim nomlarining farqli va o‘xshash tomonlarini aniqlab, ularning xalq maqollarida hamda ibora va folklyorda namoyon bo‘lish darajasini solishtirib o‘rganish to‘g‘risidagi mulohazalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillarida bajarilgan F3-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 24.10.2023-yildagi №04/1-2229 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida kiyimga oid nomlarning farqli va o‘xshash tomonlari aniqlanib, ularning xalq qadriyatlari va marosimlari bilan bog‘liq jihatlari hamda ushbu leksemalarning til leksik qatlamida namoyon bo‘lish darajasini solishtirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2019-2022-yilda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada Termiz davlat pedagogika institutining erkin tadqiqotchisi Yadigarova Sitora Baxramovnaning 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan olib borgan “Turli tizimli tillarda kiyim nomlarining chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining ilmiy natijalaridan foydalanilgan. Jumladan, ingliz va o‘zbek tillaridagi kiyim nomlarining mavzuiy guruhlarga bo‘linishi, tarkibida kiyim nomlari ishtirok etgan frazeologik birliklar hamda maqolllarning shakllari va xususiyatlari kabi masalalarni tahlil qilishda ushbu dissertatsiyaning xulosalariga tayanilgan.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini yozishda (2022-2023-yillarda) S.B.Yadigarovaning tadqiqotida aks etgan ingliz va o‘zbek tillaridagi kiyim nomlarining rivojlanish tendensiyalari, kiyim komponentli frazeologik, paremiologik birliklarini chog‘ishtirish orqali ikkala tilning o‘xshash va nomuvofiqlik xususiyatlarini ochib berishdagi xulosalaridan foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 14-dekabrdagi №04-36-1902-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teledasturlar materiallarining mazmuni ingliz va o‘zbek tilidagi kiyim nomlariga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish