Mirzaeva Zulxumor Abdukaxor qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”  mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:№ B2024.2.PhD/Ped7488 Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.                
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universitetida.
IlK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘ilxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Botirova Palina Hakimovna  pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
amaldagi kredit-modul tizmiga oid Evropa mamlakatlari kredit-modul sistemasi (Europian Credit Transfer System) sharoitida “Blum taksonomiyasi (Bloom taxonomy)” nazariyasini interpretatsiya qilish asosida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlari aniqlashtirilgan;  
kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini motivatsion va kognitiv komponentlari mazmunida quyi, o‘rta va yuqori baholash ko‘rsatkichlari, belgilangan auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlash shakllari, PPP (presentation, practice, production), PBLT (project-based learning), TBLT (task based language teaching), CLT (communicative language teaching), interfaol o‘qitish metodlari, Hemis platformasi vositasida takomillashtirilgan;
mustaqil ishlashni tashkil etishning individual yondashuv modeli talabalarning mustaqil ishlash faoliyatiga tayyorgarlik daraja (Can I…) mezonlari mazmuni, boshqarish strategiyasi va Eng yaqin rivojlanish zonasi (ZPD) va VAKT-(visual, auditory, kinesthetic, tactile) o‘rganish usullari yordamida takomillashtirilgan;
talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasi o‘qish va yozish (Reading and writing) fanidan mustaqil ishlashni tashkil etish, xatlar yozish tanlovlari (Writing letter contest) uchun lingvodidaktik ta’minot yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasiga doir erishilgan ilmiy natijalar asosida:
kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishda ularning ichki va tashqi (intrinsic and extrinsic) motivasiyasini shakllantirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltiruvchi taklif va tavsiyalari asosida 60111800-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi talabalari uchun “O‘qish va yozuv amaliyoti” fanidan o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli guvohnomasi). Natijada, talabalarning o‘qish va yozuv til ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish va mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
kredit-modul sharoitida o‘qitish, o‘quv materialining asosiy elementlarini o‘zlashtirish, umumiy ta’lim ko‘nikmalarini egallash, tanqidiy (critical) va ijodiy (creative) fikrlashni rivojlantirish haqidagi amaliy va nazariy xulosalaridan, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Alumni Outreach Grans Program dasturi doirasida 2020-2021-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Ingliz tili o‘qituvchilarinig hamkorlikda virtual ilmiy-tadqiqot olib borish mavzusidagi (Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers) amaliy loyihasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024-yil 6-iyuldagi №815-04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kredit-modul tizimining asosiy vazifalari bo‘lgan o‘quv jarayonlarini modul ta’lim asosida tashkil qilish, talabalar bilimini reyting asosida baholash, ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish kabi masalalariga oydinlik kiritilgan;    
kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish, o‘qituvchi va talaba hamkorligida auditoriyada, auditoriyadan tashqarida, onlayn jarayonida mustaqil ta’limni VAKT modeli asosida amalga oshirish, ijodiy va tanqidiy fikrlash (Can I) mazmunidagi savollardan samarali foydalanish, kompetensiyani baholashga asoslangan strategiyalarni qo‘llashga oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Navoiy teleradiokanalida chet tillarni ommalashtirishga mo‘ljallangan “Ta’lim islohoti” va “Diyor 24” ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (MTRK Navoiy 2024-yil 8-iyuldagi 01-02-109-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash metodikasi ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish