Xoliqova Surayyo Narzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘riq och tusli bo‘z tuproqlar xossalarining hozirgi holati va ulardan samarali foydalanish yo‘llari (Qashqadaryo viloyati G‘uzor massivi misolida)», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/V1294.
Ilmiy rahbar: Diyorova Muxabbat Xurramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Parpiev G‘ofurjon Toxirovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nabieva Gulchehra Mirergashevna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘riq och tusli bo‘z tuproqlarning hozirgi holatini aniqlash, tuproq xossalarini yaxshilash va chorva uchun em-xashak ishlab chiqarish bo‘yicha iqtisodiy jihatdan samarali yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati G‘uzor massivida tarqalgan och tusli bo‘z tuproqlarning morfogenetik, fizik-mexanik, agrokimyoviy va biologik xossalarini hozirgi holatini aniqlangan;
G‘uzor massivida tarqalgan qo‘riq och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida bahorgi muddatda o‘sib-rivojlanadigan o‘simliklarni bargdan va ildizdan oziqlantirish orqali tuproq qatlamlarida o‘simlik qoldiqlarini (1,42 – 2,72 s/ga) ortishiga mos ravishda tuproq xossalari yaxshilanishi aniqlangan;
qo‘riq och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida bahorgi muddatda o‘sib-rivojlanadigan o‘simliklarni oziqlantirishning tuproq qatlamlarida o‘simlik ildiz miqdorini oshirishi bilan bir qatorda tuproqdagi gumus, aktinomisetlar, mikromisidlar, bakteriyalar, hajm og‘irligi, g‘ovakligi yaxshilanishida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lganligi asoslangan;
qo‘riq tuproqlar sharoitida tuproq degradatsiyasini oldini olish va chorva uchun em-xashak ishlab chiqarish bo‘yicha agrotadbirlar asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘uzor va Nishon tumanlarida yaylov sifatida foydalaniladigan maydonlarda tarqalgan qo‘riq och tusli bo‘z tuproqlar xossalarini ilmiy jihatdan tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qo‘riq och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida tuproq xossalarini yaxshilash va em-xashak etishtirish» bo‘yicha tavsiyanoma G‘uzor va Nishon tumanlari fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/05-02-897-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyalar respublikaning barcha viloyatlari qishloq xo‘jaligi boshqarmalari hamda chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jalik va klasterlarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida bahorgi mavsumda tabiiy holda o‘sib rivojlanadigan o‘simliklardan yuqori biomassa hosil olish uchun «Gumimaks» vositasi bilan 0,5 l/ga meyorida bargdan oziqlantirish bo‘yicha agrotadbirlar G‘uzor tumanidagi «Turdiev Aral» f/x ning 6 gektar yaylov sifatida foydalanib kelinadigan maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/05-02-897-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylovlarda o‘sadigan o‘simliklarni bargidan oziqlantirish orqali tuproqlarning agrofizik va agrokimyoviy xossalari yaxshilanib, chorva mollari uchun qo‘shimcha 13,5 s/ga biomassa (em-xashak) hosili olishga xizmat qilgan;
bahorgi mavsumda tabiiy holda o‘sib rivojlanadigan o‘simliklardan yuqori biomassa hosili olish uchun ammiakli selitra (NH4NO3) ma’danli o‘g‘itidan 50 kg/ga meyorida ildizdan oziqlantirish bo‘yicha agrotadbirlar G‘uzor tumanidagi «Ro‘zmanov Sarkor» f/x ning 3 gektar yaylov sifatida foydalanib kelinadigan maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/05-02-897-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylovlarda o‘sadigan o‘simliklarni oziqlantirish orqali tuproqda to‘planadigan o‘simlik qoldiqlari ta’sirida tuproq xossa va xususiyatlari yaxshilanib, chorva mollari uchun qo‘shimcha 14,2 s/ga biomassa (em-xashak) hosil olish imkonini bergan;
och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida bahorgi mavsumda tabiiy holda o‘sib rivojlanadigan o‘simliklardan yuqori biomassa hosili olish uchun «Gumimaks» vositasi bilan 0,5 l/ga meyorida bargdan va ammiakli selitra (NH4NO3) ma’danli o‘g‘itidan 50 kg/ga meyorida ildizdan oziqlantirish bo‘yicha agrotadbirlar Nishon tumanidagi «Bekniyozov Azizbek» f/x ning 2 gektar yaylov sifatida foydalanib kelinadigan maydonida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/05-02-897-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq xossa va xususiyatlari yaxshilashga erishilib, chorva mollari uchun qo‘shimcha 18,6 s/ga biomassa (em-xashak) hosili olish imkonini bergan.