Qoraboev Xalimjon Valievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan tuproqlarda “tuproq - indigofera tinctoria o‘simligining” biogeokimyoviy xususiyatlari (G‘arbiy Farg‘ona tuproqlari misolida)», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/V1349.
Ilmiy rahbar: Isaqov Valijon Yunusovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Raupova Nodiraxon Baxramovna, biologiya fanlari doktori, professor; Uraimov Tojiddin, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘arbiy Farg‘onada shakllangan sho‘rlanmagan va o‘rtacha sho‘rlangan sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarning kimyoviy, biogeokimyoviy xususiyatlari va ekologik-meliorativ holati hamda ularning Indigofera tinctoria o‘simligi ta’sirida o‘zgarishlarini aniqlash va ushbu tuproqlardan samarali foydalanish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘arbiy Farg‘onada shakllangan sug‘oriladigan o‘tloqi sho‘rxokli, o‘tloqi-voha va kolmatajlangan tuproqlarining agrokimyoviy, kimyoviy xossalari va biogeokimyoviy xususiyatlari ilk marta aniqlangan;
Indigofera tinctoria L. o‘simligi G‘arbiy Farg‘onaning tuproq-iqlim sharoitlarida ilk marta ekib, uning o‘sib rivojlanishi xususiyatlari, Indigofera tinctorianing o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlarda o‘sishi, unumdorligi ortishiga, sho‘rlanishning kamayishiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi sho‘rxokli, o‘tloqi-voha va kolmatajlangan tuproqlarini kesmasida Li, Be, B, Na, Mg, Al, Si, P, S, Cl, K, Ca, Sc, Ti, V, Cr, Mn, Fe, Co, Ni, Cu, Zn, Ga, Ge, As, Br, Se, Rb, Sr, Zr, Nb, Mo, Ag, Cd, In, Sn, Sb, Cs, Ba, La, Hf, Ta, W, Re, Au, Hg, Tl, Pb, Bi, Ce, Nd, Sm, Eu, Tb, Yb, Lu, Th, U elementlarining miqdorlari, geokimyoviy ko‘rsatkichlari isbotlangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi sho‘rxokli, o‘tloqi-voha va kolmatajlangan tuproqlarida etishtirilgan Indigofera tinctoria L. o‘simligi organlarida (ildiz, poya barg, don) kimyoviy elementlar miqdori aniqlanib biogeokimyoviy ko‘rsatkichlari isbotlangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi sho‘rxokli va kolmatajlangan tuproqlarning xrom (Cr) og‘ir metali bilan kuchsiz ifloslanganligi, indigofera tinctoria o‘simligi tanasida esa mis (Cu) va nikel (Ni) metallarining to‘planganligi ilk marta aniqlangan;
Indigofera tinctoria vositasida sho‘rlangan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilashga va unumdorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘arbiy Farg‘onadagi sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarning kimyoviy, agrokimyoviy, biogeokimyoviy xossalari va ularning Indigofera tinctoria o‘simligi ta’sirida o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalari asosida:
Indigofera tinctoria L. ta’sirida o‘tloqi-voha tuproqlarning agrokimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Abdurazzoq – Muxtorjon Yuksalish fermer xo‘jaligiga qarashli er maydonidagi amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 noyabrdagi 07/34-05/5687-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning unumdorligini saqlash va oshirish, indigofera o‘simliklaridan yuqori hosil olish uchun majmuaviy agrotexnik, agrokimyoviy va meliorativ tadbirlar tizimini amalga oshirishda ilmiy asos sifatida xizmat qilgan;
o‘tloqi-voha tuproqlari, tog‘ jinslari va indigofera tinctoria o‘simliklarida Mn, Na, K, Sm, Mo, Lu, U, Yb, Au, Nd, As, Ca, La, Ce, Se, Hg, Tb, Th, Cr, Hf, Ba, Sr, Cs, Ni, Sc, Rb, Zn, Co, Ta, Fe, Eu, Sb va boshqa elementlarning miqdori biogeokimyoviy xususiyatlari Abdurazzoq – Muxtorjon Yuksalish fermer xo‘jaligiga qarashli er maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 5 noyabrdagi 07/34-05/5687-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Indigofera tinctoria o‘simligi tuproqlarni azotga boyitib, unumdorligini oshirishi, sho‘rlanishni kamaytirishi, og‘ir metallarni to‘plashi kabi fitomeliorant, fitoremediant xususiyatlarini inobatga olib almashlab ekish tizimiga kiritishga asos bo‘lib xizmat qilgan.