Ibadullaeva Saida Maxmudjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «TiO2-interkalirlangan sistemalar yaratish va ularning kolloid-kimyoviy xossalarni o‘rganish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5190.
Ilmiy rahbarlar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Yo‘ldosh Yusupboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Usmonov Rasul Murotboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: TiO2-interkalyasiya qilingan tizimlarni yaratish va ularning kolloid-kimyoviy hamda adsorbsion xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tetrabutiltitanat yoki yuqori dispersiyali TiO2 dan foydalanish bilan farq qiladigan Ti4+ polioksokationlari va Logon bentoniti asosida interkalirlangan tizimlarni olish usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu bentonitning qatlamlararo bo‘shliqlarida pillarlarning kichik, bir tekis taqsimlangan agregatlar ko‘rinishida joylashishiga yordam berishi aniqlangan;
Ti/bentonit = 5 mmol`/g nisbati va 80-90°C interkalirlanish haroratida 15,3° da difraksiya cho‘qqilarining yuqori intensivligi kuzatilib, bu titan oksidining loy qatlamlararo bo‘shliqlariga maksimal interkalirlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
bentonitga interkalirlangan TiO2 miqdorining ortishi bilan tizimning rN darajasi pasayib, bu interkalirlangan tizimlarning boshlang‘ich materialga nisbatan yuqori kislotaliligini ko‘rsatishi va TiO2LG550-3 namunasi uchun TNZ rN 5,0-5,5, TiO2LG550-5 uchun esa 4,7-5,0 oralig‘ida ekanligi aniqlangan;
TiO2LG550-5 ning MG va KQ uchun adsorbsiya qobiliyati 224,1 va 196,2 mg/g gacha bo‘lib, bu kation va anion bo‘yoqlarni yuqatishda interkalirlangan tizimlarning samaradorligini asoslangan;
TiO2-interkalirlangan bentonitlar va vodorod peroksid ishtirokida KQning katalitik parchalanishi biroz tezroq bo‘lib, 40 daqiqada 94% destruksiyaga erishsa, MG uchun bu ko‘rsatkich 45 daqiqada 91% ni tashkil etishi, bu TiO2 interkalirlanishi anion faol markazlarning ortishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
TiO2-pillar bentonitlarini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan va mahsulot tannarxi 38702,82 ming so‘m/tonnani tashkil etishi, bu import qilingan analoglar narxidan deyarli uch baravar orzanligi (taxminan 120 ming so‘m/kg) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Log‘on bentoniti qatlamlararo fazosiga polioksokationlarni interkalyasiya qilish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
TiO2-interkalirlangan bentonitlar olish texnologiyasi «Story city» MChJning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 24 noyabrdagi 02-01/18-2-3809 ma’lumotnomasi). Natijada, TiO2-interkalirlangan bentonitlarni qo‘llash import mahsulotiga nisbatan 3 barobar yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi;
TiO2-interkalirlangan bentonitlar asosidagi katalitik faol materiallarni foydalanib oqava suvlarni bo‘yoqlardan tozalash usuli «Story city» MChJda «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 24 noyabrdagi 02-01/18-2-3809 ma’lumotnomasi). Natijada, fotokatalitik oksidlanish paytida qisqa vaqt ichida oqava suvlardagi bo‘yoqlarni (0,5 g/l) 98% ga olib tashlash imkonini beradi.