Nurmonova Sarvinoz Furqat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sirojiddin Sayyid idiostili va poetik nutq konseptosferasi ”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil.2175.
Ilmiy rahbar: Yusubova Ra’no Norboevna , filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Kurbonova Muhabbat Matyoqubovna filologiya fanlari doktori, professor, Baxronova Dilrabo Keldiyorovna filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirojiddin Sayyid idiostilini lingvomadaniy, lingvokognitiv nuqtayi nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirojiddin Sayyid she’riyatida sevginigor, hiloltirnoq, simso‘z, temirdil, haromnamak kabi leksemalar shoir ijodida o‘ziga xoslikni ta’minlovchi okkazional yaratilmalar ekanligi she’riy matnlar asosida dalillangan;
shoir olamining konseptual manzarasida urchuq, lola, chimildiq kabi lingvokognitiv va lingvomadaniy o‘xshatishlar ijodkor individual uslubini ochib berganligi asoslangan;
Sirojiddin Sayyid poetik tafakkuri va individual manerasini belgilaydigan poetizmlar, individual yaratilmalar, milliy-madaniy birliklar “Yil fasllari” konseptosferasini tashkil etuvchi konseptlar ijodkor idiostili doirasida aniqlashtirilgan;
Sirojiddin Sayyid idiostilini belgilovchi “ayol”, “yigit”, “baxt”, “sevgi”, “farzand”, “ona”, “vatan” konseptlarining yadro va periferial qatlami lingvomadaniy, lingvokognitiv nuqtayi nazardan tahlil qilinib, ularning “inson” konseptosferasidagi o‘rni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sirojiddin Sayyid idiostili va poetik matn konseptosferasi masalasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslikda konsept muammosining o‘rganilishi, ikkilamchi nominativ birliklarning badiiy konseptni shakllantirishi, aynan ana shu ma’nolarga qarab konseptosferaga kiruvchi konseptlarning sifat va miqdor aloqalarini belgilash mumkinligi, konseptual aloqalar konseptlarning mazmunini boyitishi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-martdagi 109/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan dalillar, tahlil natijalari konseptual aloqalar konseptlarning mazmunini boyitishda ijobiy samara bergan;
- xalqona ohangdagi she’rlarda milliy-madaniy birliklar, xususan, maqol, o‘xshatish, frazema, metaforalar ijodkor konseptual olamining lisoniy voqelanish darajasini ko‘rsatuvchi omil ekanligi, milliy-madaniy dunyoqarash ifodasida tayanch badiiy konseptlarni hosil qilishi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-martdagi 110/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar she’riyat tilida “inson” konseptosferasiga mansub “yigit”, “ona”, “ayol”, “farzand”, “vatan”, “muhabbat” “baxt”, “sog‘inch” kabi mikrokonseptlarning lingvomadaniy va lingvokognitiv xususiyatlarini ochib berish imkonini bergan.
Sirojiddin Sayyid ijodining individualligi, idiostiliga xos xususiyatlar, poetik matn konseptosferasi va konseptlar talqiniga oid ilmiy xulosalardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi “Diyor” teleradiokanali “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi “Diyor-24” teleradiokanalining 2023-yil 30-oktyabrdagi 06-25-915-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sirojiddin Sayyid ijodida o‘z ifodasini topgan o‘zbek xalqiga xos milliy-madaniy xususiyatlarni aks ettiruvchi konseptlardan ma’nan etuk avlodni tarbiyalashda foydalanishning ilmiy-pedagogik mezonlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan. Natijada, ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.