Muqimova Zohida  Rasulovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Lingvomadaniy kodlarning olamning lisoniy manzarasidagi o‘rni (o‘zbek tili barqaror birliklari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil.402
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy maslahatchi: Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Saparniyazova Muyassar filologiya fanlari doktori, dotsent.
 Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi lingvomadaniy kodlarning yuzaga chiqish mexanizmi qonuniyatlarini asoslash hamda olamning lisoniy manzarasidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshi osmonda, boshing toshdan bo‘lsin (ibora); paxtaday oq, sandiqdek katta, tandirdek qizimoq, musichaday beozor (turg‘un o‘xshatish); ekinning qoni, bahor elchisi (tasviriy ifoda); Asal aynimas, sariyog‘ sasimas; O‘z yurting – o‘lan to‘shaging, O‘zga yurt bo‘lmas beshiging (maqol); Qorong‘u uyda O‘ttiz sadaf (Og‘iz, tish); Bir hujra, Bir hujraning ichida hujra, Qirq hujraning ichida mullabachchalar (Anor va uning donachalari) (topishmoq) kabi o‘zbek tili barqaror birliklari tilshunoslikning lingvomadaniyatshunoslik sohasiga oid nazariy qarashlarga asoslangan holda dalillangan;
o‘zbek tili barqaror birliklari: ibora, maqol, topishmoq, turg‘un o‘xshatish, tasviriy ifoda kabilar o‘zbek xalqi tafakkurining in’kosi sifatida xalqning milliy-obrazli tafakkuri, dunyoqarashi va milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi olamning o‘zbekcha lisoniy manzarasini yuzaga keltirishga xizmat qilishi isbotlangan;
o‘zbek xalqning o‘zbekona milliy tafakkuri; bag‘rikenglik, olijanoblik, mardlik, vatanparvarlik kabi milliy madaniyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va millat idrokini belgilab, uni in’ikos etishga xizmat qiluvchi quyosh, oy, danak, mag‘iz, chinor, gul, sher, bo‘ri, belbog‘, tegirmon kabi lingvomadaniy kodlarning olam lisoniy manzarasidagi o‘rni aniqlangan hamda lingvomadaniy kodlar voqelanishida metaforaning eng faol vosita ekanligi asoslangan;
lingvomadaniy kod vazifasini bajargan arslon, yo‘lbars, musicha, qo‘y, burgut, ayiq, lochin, qaldirg‘och, ot, it, tulki, gul, chechak, nihol, danak, chinor, olma, ona, kelin, qul, Hasan-Husan, Fotima-Zuhra, Sariboy akam, Esonboy akam singari birliklar kodlar tipologiyasiga asosan guruhlashtirilib, ularning dovyuraklik, vafodorlik, beozorlik, yuvoshlik, mardlik; shafqatsizlik, ayyorlik, tajovuzkorlik kabi xalq milliy-madaniy tasavvurlarini yuzaga keltiruvchi vosita bo‘lishi dalillangan;
o‘zbek tili barqaror birliklari tarkibida tayanch vazifa bajaruvchi asosiy lingvomadaniy kodlar: kalla, barmoq, til, o‘pka, bosh, soch, qo‘l, oyoq kabi somatik lingvomadaniy kodlar; beshik, ko‘rpa, kaltak, pichoq, tegirmon, tovoq, ketmon, o‘roq, non, do‘ppi, to‘n, qarmoq, qamchi, to‘rva, o‘roq, qopqon, belbog‘ kabi narsa-buyum lingvomadaniy kodlari; uya, bog‘, tog‘, bozor, yurt, ko‘l, o‘rmon, to‘qay, bog‘, tom, uya, devor singari makon lingvomadaniy kodlari; bahor, kuz, shom, xufton kabi vaqt lingvomadaniy kodlari; oila hamda u bilan bog‘liq tushunchalar tayanch qism bo‘lgan ma’naviy lingvomadaniy kodlar; arslon, ayiq, yo‘lbars, ot, it, tulki; gul, chechak, nihol, chinor; kampir, kelin, qul, Hasan-Husan, Fotima-Zuhra, Sariboy akam, Esonboy akam singari biomorf lingvomadaniy kodlar va osmon, quyosh, oy, yulduz, tog‘, tosh, buloq, daryo kabi tabiat tushunchasi bilan bog‘liq lingvomadaniy kodlarning ijtimoiy-madaniy, madaniy-tarixiy, lisoniy-madaniy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lingvomadaniy kodlarning olamning lisoniy manzarasidagi o‘rnini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshi osmonda, boshing toshdan bo‘lsin (ibora); paxtaday oq, sandiqdek katta, tandirdek qizimoq, musichaday beozor (turg‘un o‘xshatish); ekinning qoni, bahor elchisi (tasviriy ifoda); Asal aynimas, sariyog‘ sasimas; O‘z yurting – o‘lan to‘shaging, O‘zga yurt bo‘lmas beshiging (maqol); Qorong‘u uyda O‘ttiz sadaf (Og‘iz, tish); Bir hujra, Bir hujraning ichida hujra, Qirq hujraning ichida mullabachchalar (Anor va uning donachalari) (topishmoq) kabi o‘zbek tili barqaror birliklari tilshunoslikning lingvomadaniyatshunoslik sohasiga oid nazariy qarashlarga asoslangan holda dalillangani hamda o‘zbek tili barqaror birliklari: ibora, maqol, topishmoq,  turg‘un o‘xshatish, tasviriy ifoda kabilar o‘zbek xalqi tafakkurining in’kosi sifatida xalqning milliy-obrazli tafakkuri, dunyoqarashi va milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi olamning o‘zbekcha lisoniy manzarasini yuzaga keltirishga xizmat qilishi isbotlanganiga oid xulosalardan OT-F1-78 raqamli “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)” mavzusidagi fundamental loyihaning o‘zbek tilining ilmiy uslubi taraqqiyoti haqidagi qismlarida fan sohalari yangi terminologik birliklar bilan boyiganligini asoslash uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 20-iyundagi 3/1255-1372-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallarining lisoniy birliklar vositasida asoslanganlik darajasi oshgan hamda mazmunan boyigan;
o‘zbek xalqning o‘zbekona milliy tafakkuri; bag‘rikenglik, olijanoblik, mardlik, vatanparvarlik kabi milliy madaniyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va millat idrokini belgilab, uni in’ikos etishga xizmat qiluvchi quyosh, oy, danak, mag‘iz, chinor, gul, sher, bo‘ri, belbog‘, tegirmon kabi lingvomadaniy kodlarning olam lisoniy manzarasidagi o‘rni aniqlangan hamda lingvomadaniy kodlar voqelanishida metaforaning eng faol vosita ekanligi asoslangani hamda lingvomadaniy kod vazifasini bajargan arslon, yo‘lbars, musicha, qo‘y, burgut, ayiq, lochin, qaldirg‘och, ot, it, tulki, gul, chechak, nihol, danak, chinor, olma, ona, kelin, qul, Hasan-Husan, Fotima-Zuhra, Sariboy akam, Esonboy akam singari birliklar kodlar tipologiyasiga asosan guruhlashtirilib, ularning dovyuraklik, vafodorlik, beozorlik, yuvoshlik, mardlik; shafqatsizlik, ayyorlik, tajovuzkorlik kabi xalq milliy-madaniy tasavvurlarini yuzaga keltiruvchi vosita bo‘lishi dalillanganiga doir xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida dunyoning etnolingvistik tasvirini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 26-iyundagi № 248/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha zamonaviy o‘zbek tilshunosligidagi yangi nazariy qarashlar, lingvomadaniy tushunchalar bilan boyishida tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tadi.
o‘zbek tili barqaror birliklari tarkibida tayanch vazifa bajaruvchi asosiy lingvomadaniy kodlar: kalla, barmoq, til, o‘pka, bosh, soch, qo‘l, oyoq kabi somatik lingvomadaniy kodlar; beshik, ko‘rpa, kaltak, pichoq, tegirmon, tovoq, ketmon, o‘roq, non, do‘ppi, to‘n, qarmoq, qamchi, to‘rva, o‘roq, qopqon, belbog‘ kabi narsa-buyum lingvomadaniy kodlari; uya, bog‘, tog‘, bozor, yurt, ko‘l, o‘rmon, to‘qay, bog‘, tom, uya, devor singari makon lingvomadaniy kodlari; bahor, kuz, shom, xufton kabi vaqt lingvomadaniy kodlari; oila hamda u bilan bog‘liq tushunchalar tayanch qism bo‘lgan ma’naviy lingvomadaniy kodlar; arslon, ayiq, yo‘lbars, ot, it, tulki; gul, chechak, nihol, chinor; kampir, kelin, qul, Hasan-Husan, Fotima-Zuhra, Sariboy akam, Esonboy akam singari biomorf lingvomadaniy kodlar va osmon, quyosh, oy, yulduz, tog‘, tosh, buloq, daryo kabi tabiat tushunchasi bilan bog‘liq lingvomadaniy kodlarning ijtimoiy-madaniy, madaniy-tarixiy, lisoniy-madaniy xususiyatlari ochib berilgani xususidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Oydin hayot live” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali”ning 2024-yil 29-maydagi 01-44-53-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materialning mazmuni mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish