Sulaymonov Sherali Abdupattaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Oxytropis rosea va Oxytropis macrocarpa o‘simliklarining terpenoidlari va fenol birikmalari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K208.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Shavkat Vaxidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Mahmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, professor; Nishanov Mirkozimjon, texnika fanlari nomzodi, professor..
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oxytropis rosea va Oxytropis macrocarpa o‘simliklaridan terpenoid va fenol birikmalarni ajratib olish, olingan moddalarni tuzilishini kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Oxytropis rosea va Oxytropis macrocarpa o‘simliklaridan jami 14 ta, jumladan, 4 ta triterpen, 1 ta pinitol va 9 ta flavonoid sof holda ajratib olinib, ularning kimyoviy tuzilishlari zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan;
Oxytropis rosea o‘simligi er ustki qismi etilatsetatli fraksiyasidan yangi tuzilishdagi flavonoid roseanazid ajratib olinib, uning tuzilishi zamonaviy spektral usullarda isbotlangan;
Oxytropis rosea o‘simligi er ustki qismi etilatsetatli fraksiyasidan ajratib olingan luteolinning yangi kristall tuzilishi RTT usuli yordamida isbotlangan;
Oxytropis rosea va Oxytropis macrocarpa o‘simliklarining makro- va mikroelementlari sifat va miqdoriy jihatdan tekshirilib, o‘simliklar tarkibida muhim biologik faol elementlarning miqdori ruxsat etilgan konsentratsiyalarda mavjudligi aniqlangan;
Oxytropis rosea o‘simligidan ajratib olingan roseanazid hamda ramnositrin-3-O-glyukozidning mikroblarga va yallig‘lanishga qarshi faolligi aniqlangan;
O‘simliklardan ajratib olingan ekstraktlar hamda xloroformli va etilatsetatli fraksiyalarining biologik faolliklarini aniqlash natijasida ularning antioksidant, mikroblarga va yallig‘lanishga qarshi samarali ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oxytropis rosea va Oxytropis macrocarpa o‘simliklarining kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Oxytropis rosea va Oxytropis macrocarpa o‘simliklari er ustki qismidan ajratib olingan namunalar biologik faolligini o‘rganish natijalari asosida ulardan dorivor preparatlar olish uchun uslubiy tavsiyanoma Ekologiya vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaliklarida Oxytropis rosea va Oxytropis macrocarpa o‘simliklarini ko‘paytirish uchun amaliyotda foydalanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 29-noyabrdagi № 03-03/3-11832-son ma’lumotnomasi). Natijada, dorivor o‘simliklarni etishtirish xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish imkonini bergan;
Oxytropis rosea o‘simligidan ajratib olingan 2-(3,4-digidroksifenil)-5,7-digidroksi-4H-xromen-4-on+CO2 moddaning rentgen tuzilishi ma’lumotlari Kembridj xalqaro tuzilish ma’lumotlar bazasida (The Cambridge Structural Database https://www.ccdc. cam.ac.uk/) ro‘yxatga olingan (CCDC: 2400699 CINRAQ). Natijada, birikmaning tuzilishi, tabiati, rentgen tuzilishi tahlili yordamida olingan molekulalararo o‘zaro ta’sirlar va tahlil ma’lumotlaridan soha olimlarining foydalanishiga imkon yaratilgan.