Bekov Bekzod Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ustyurt mintaqasidagi ko‘p qatlamli tabiiy gaz konlarini qazib olish samaradorligini oshirish», 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T3863.
Ilmiy rahbar: Nazarov Azizbek Ulug‘bekovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nazirila Nasimxonovich, texnika fanlari doktori, professor; Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gaz qazib olish sur’atlarini oshirish va geologik zaxiralarni maksimal darajada qazib olishga qaratilgan ko‘p qatlamli konlarni ishlatish samaradorligini oshirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ustyurt mintaqasidagi konlarning ko‘p qatlamliligi, uyum maydoni bo‘ylab alohida to‘silgan qismlarining tarqalganligi va kollektorlarni gaz bilan to‘liq to‘yinmaganligi bilan tavsiflanishi asoslanib, ularning zaxiralarni ishlash bilan qamrab olinishi cheklanishiga, quduqlarni ishlatishni boshidan olinayotgan mahsulot tarkibida suvni oshishiga va gaz zaxiralarini olish sur’atini kamayishiga olib keluvchi kon-geologik xususiyatlari aniqlangan;
murakkab tuzilishga ega ko‘p qatlamli gaz-kondensat konlarini razvedka qilish bilan ishlatish vazifalarni birlashtirish samaradorligi, bu esa ularni sanoat miqyosida o‘zlashtirish muddatini qisqartirishi va kapital xarajatlarni tejashi asoslangan;
ko‘p qatlamli konlarda quduqlar to‘rini zichlashtirish va suvlangan quduqlarning ishlatish texnologik ko‘rsatkichlarini optimallashtirish yo‘li bilan, linzasimon uyumlarni nisbatan to‘liq qamrab olinishiga va olinayotgan gaz tarkibidagi suvni minimallashtirib, ularning ishlatish muddatini uzaytirishga qaratilgan, ishlatish samaradorligini oshirishning yangi yondashuvlari asoslab berilgan;
ko‘p qatlamli konlarda ishlatish boshidan kichik bosimli siqish kompressor stansiyalarning qo‘shilishi quduqlar mahsuldorligini, hamda gaz va kondensat chiqarib olish koeffisientini oshirishini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p qatlamli tabiiy gaz konlarini ishlatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quduqlar to‘rini yangi gaz qazib olish quduqlarini burg‘ulash bilan zichlashtirish tavsiyalari Berdak-Shimoliy Berdak va Sharqiy Berdak-Uchsay konlarida joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2024 yil 10 iyundagi 03-18-8-499-son ma’lumotnomasi). Natijada; Berdak-Shimoliy Berdak va Sharqiy Berdak-Uchsay konlarini gaz chiqarib olish tabiiy tushish sur’ati oldi olindi va bir me’yorda ushlab turish imkonini bergan;
uglevodorodlarni qazib olish sur’atini va maksimal darajada qoldiq zaxiralarini chiqarib olishni oshirish maqsadida gazni yig‘ish va tayyorlash tizimini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Sharqiy Berdak» siquv kompressor stansiyasini o‘rnatish bilan bog‘liq geologik-texnik tadbirlar Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli ko‘p qatlamli konlarda joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2024 yil 10 iyundagi 03-18-8-499-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, konlardan 2017-2020 yillarda qo‘shimcha 1,5 milliard m³ gaz va 58,0 ming tonna kondensat qazib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish