Ganiev Bekzod Gafurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toklar ildiz tizimi yaqiniga yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it soladigan qurolning parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5133
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, professor; Quziev Ulug‘bek Tadjievich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi toklar ildiz tizimi yaqiniga belgilangan chuqurlik va kenglikda yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it solishni ta’minlaydigan qurol konstruksiyasi va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toklar ildiz tizimi yaqiniga yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it soladigan skoba ko‘rinishidagi ishchi organ bilan jihozlangan qurol konstruksiyasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
qurol ishchi organining iskanasi eni, uzunligi va uvalash burchagi toklar ildiz tizimi yaqiniga yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it solishda kam energiya sarflyagan holda tuproqni talab darajasida uvalanishi va belgilangan me’yordagi suyuq o‘g‘itni solinishini hisobga olgan holda aniqlangan;
qurolning ustunlari va iskanasi bilan toklar ildiz tizimi yaqiniga yo‘lakli hajmiy ishlov berish jarayonlarini ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar tokzorlar tuprog‘ining xususiyatlarini hisobga olingan holda keltirib chiqarilgan va ular asosida ish organning parametrlari aniqlangan;
skoba ko‘rinishidagi ish organning belgilangan ishlov berish chuqurligiga botishi va bir tekis saqlanishi qurolning tayanch tekisligidan pastki osish nuqtalarigacha bo‘lgan tik masofani o‘zgartirish hisobiga ta’minlanishi isbotlangan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toklar ildiz tizimi yaqiniga yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it soladigan qurolning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
toklar ildiz tizimi yaqiniga yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it soladigan qurolga dastlabki talablar va texnik topshiriq tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 05/04-04-509-son ma’lumotnomasi). Natijada, toklar ildiz tizimi yaqiniga agrotexnik talablar darajasida yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it solishni amalga oshiradigan ish sifati yuqori qurolning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
toklar ildiz tizimi yaqiniga yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it soladigan qurol Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 05/04-04-509-son ma’lumotnomasi). Natijada toklar ildiz tizimi yaqiniga yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it solishda yonilg‘i sarfi 24 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 23,7 foizga kamaygan;
toklar ildiz tizimi yaqiniga yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it soladigan qurolni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq, texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan («BMKB-Agromash» AJ ning 2024-yil 5-iyuldagi 01-53-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega toklar ildiz tizimi yaqiniga yo‘lakli hajmiy ishlov berish bilan birga suyuq o‘g‘it soladigan qurolning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.