Orziev Sardor Samandar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘chat etishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3738     
Ilmiy rahbar: Imomov Shavkat Jaxonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, professor; Gaffarov Xasan Ravshanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash orqali ko’chat yettishtirish uchun biogumusdan tuvakchalar tayyorlashda mehnat sarfini kamaytirish hamda yuqori ish sifati va unumini taminlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
ko‘chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilma ish organlarining parametrlari kam energiya sarfi va talablar darajasidagi ish sifatini taminlash shartidan kelib chiqib asoslangan;
qurilma biogumusni zichlovchi va tuvakcha shakllantiruvchi porshenini harakatga keltiruvchi pnevmotsilindrlarning bosim kuchi biogumus tuvakchalarining sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda aniqlangan;
qurilmaning maqbul parametrlari uning sifat ko‘rsatkichlari va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko’chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo’yicha olingan natijalar asosida:
ko’chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmaga O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining foydali modelga patenti olingan (“Ko’chat yetishtirish uchun organik chiqindilardan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmasi?, №FAP 02281-2022 y.). Natijada ko’chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ko’chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilma O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi Buxoro viloyati fermer xo’jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 28-iyuldagi 06/34-05/2856-son ma’lumotnomasi). Natijada sarflanadigan mehnat sarfi 40-60 foizga kamaygan, qurilmadan foydalanishda 35-40 foiz iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
ko’chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmani ishlab chiqarishni o’zlashtirish uchun loyiha-konstrktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“BMKB-Agromash” AJning 2024-yil 5-iyuldagi 01-55-son ma’lumotnomasi). Natijada ko’chat yetishtirishda biogumusdan tuvakchalar tayyorlaydigan qurilmani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish