Azimov Farrux Kaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Konteyner tashuvlarni barqaror tashkil etishning texnik-texnologik ta’minoti, 05.08.01 – Mamlakat, uning mintaqa, shahar va sanoat markazlarining transport tizimlari. Transport logistikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.3.PhD/T4054.
Ilmiy rahbar: Ilesaliev Daurenbek Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xadjimuxametova Matluba Adilovna, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Jo‘raboev Kamoljon Abdumo‘minovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi konteyner tashuvlarni barqaror tashkil etishning texnik-texnologik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik hajmdagi yuklarni o‘rta tonnajli konteynerlarda tashish tizimi yuklashning gabarit o‘lchamlaridan oshmaydigan donali yuklar uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, modifikatsiyalangan konteyner-platformani yaratish bo‘yicha texnik-texnologik echimlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
modifikatsiyalangan konteyner-platformada o‘rta tonnajli konteynerlarni tanlash usuli intermodal transport birligining yuk ko‘tarish qobiliyatini va brutto og‘irlik bo‘yicha nomutanosiblikni minimallashtirishni inobatga olgan holda, binar o‘zgaruvchilarni qo‘llash orqali parametrlarni cheklash uchun ishlab chiqilgan;
o‘rta tonnajli konteynerlarni intermodal terminallarga biriktirishning matematik modeli kichik hajmdagi yuklarni tashishda mavjud logistika tizimiga integratsiya qilish imkoniyatini hisobga olgan holda, modifikatsiyalangan transport masalasi asosida ishlab chiqilgan;
o‘rta tonnajli konteynerlarda kichik hajmdagi yuklarni tashishni tashkil etishning yangicha yondashuvi konteyner tashuvlarni barqaror tashkil etishni texnik-texnologik ta’minlash uchun terminal tizimining o‘rtacha uzlyuksiz ishlash vaqtini aniqlash orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konteyner tashuvlarni barqaror tashkil etishning texnik-texnologik ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
modifikatsiyalangan konteyner-platformada o‘rta tonnajli konteynerlarni tanlash usuli, o‘rta tonnajli konteynerlarni intermodal terminallarga biriktirishning matematik modeli, kichik hajmdagi yuklarni o‘rta tonnajli konteynerlarda tashishning ratsional texnologik sxemasini izlash uchun algoritm va dasturiy ta’minot ko‘rinishidagi instrumental vositalar “O‘TY” AJ “Logistika va marketing” departamentida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Trasnport vazirligining 2024-yil 31-oktyabrdagi 4/10472-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, intermodal transport birligidan foydalanish orqali konteynerlarni qayta ishlash vaqtini 6 soatga qisqartirish, fiting platformasining sig‘imidan foydalanish koeffisientini 15% gacha oshirish, konteynerlarning turib qolish vaqtini 12% ga qisqartirish hamda qayta ishlash qobiliyati va qoldiqlarni hisobga olgan holda terminallarda konteynerlarni samarali taqsimlashning imkoni paydo bo‘lgan;
kichik hajmdagi yuklarni o‘rta tonnajli konteynerlarda tashish tizimi, o‘rta tonnajli konteynerlarda kichik hajmdagi yuklarni tashishni tashkil etishning yangicha yondashuvi va modifikatsiyalangan konteyner-platformani yaratish bo‘yicha texnik-texnologik tavsiyalar “O‘TY” AJ “Tashishlarni tashkil etish” departamentida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Trasnport vazirligining 2024-yil 31-oktyabrdagi 4/10472-sonli ma’lumotnomasi). Natijada logistik xarajatlarni 10% gacha kamaytirish orqali kichik hajmdagi yuklarni o‘rta tonnajli konteynerlarda tashish tizimining samaradorligi isbotlangan hamda tizimning turli xavflarga chidamliligini baholash, uning optimal ishlash parametrlarini aniqlash va samarali boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish