Raximberdiev Mirzohid Raximberdi o‘g‘lining
falsafa doktori(Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Modifikatsiyalangan yigirilgan ip ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4479
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Shavkat Raimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxodjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: soxta buram beruvchi modifikatsiyalash qurilmasi yordamida halqali usulda ip yigirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ipning sifatini yaxshilash, muvozanatlash va buramini kamaytirishga qaratilgan, soxta buram beruvchi ichki yuzasi giperbola shaklli spiral`simon bo‘rtmalarga ega yangi konstruksiyadagi modifikatsiyalash qurilmasi asosida yigirish texnologiyasi takomillashtirilgan;
shakllanayotgan ipdagi tashqi kuchlarning muvozanat tenglamasidan foydalangan holda, modifikatsiyalash qurilmasining soxta burami pishitish uchburchagidagi tolalarning taranglik kuchlariga ta’siri ifodalovchi bog‘lanishlar olingan;
qurilma hosil qilayotgan buramlarning ipda taqsimlanish shartlari Doppler effekti asosida aniqlangan va doimiy tezlikda harakatlanayotgan ipdagi buramlarni hisoblash dasturi yaratilgan;
modifikatsiyalash qurilmasi aylanish chastotasi va uni mashinada joylashish o‘rning ratsional paramertlari ko‘p omilli regression modellar tahlillari asosida aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Modifikatsiyalangan yigirilgan ip ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
halqali yigirish mashinalarining texnologik imkoniyatlarini ipga soxta buram beruvchi qurilma yordamida kengaytirilib modifikatsiyalangan yigirilgan ip ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi “Agro Teks Alliance” MChJ va “Navoiy fayzcom textile” MChJ korxonalarida (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 15-noyabrdagi 03/25-3092- sonli ma’lumotnomasi) joriy qilingan. Natijada yangi konstruksiyadagi modifikatsiyalash qurilmasi orqali yigirilgan ipning uzilishdagi uzayishi 8,9 % va solishtirma uzilish kuchi 7,2 % ga ortadi hamda ipning umumiy notekislik 13,3% ga, tukdorlik 9,8 % ga pasaygan.