Muzapova Ulbosin Raxatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Teri ekzema kasalligining molekulyar-biologik va immunologik tashxislash va davolash aspekti», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2750... Dib72
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Pakirdinov Adxamjon Begishevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Nigora Yaxyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqot maqsadi: molekulyar-biologik va immunologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda teri ekzemasining kompleks terapiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teri ekzemasida yallig‘lanish induksiyasining ortishi va immunoregulyasion balansining o‘zgarishi CD4+limfotsitlarning 1,35 marta, CD8+ T-effektorlarning 1,46 marta, CD25+ ko‘rsatkichlar sonining 5,77 barobar ko‘payishi natijasida, CD95+ depressiyasi fonida esa, qon zardobi immunoglobulinlar sinfining darajasining IgA 4,57 marta, IgG 2,13 marta, AIK 31,6 barobar oshishi va yallig‘lanishga oid sitokinlar IFN-γ 2,2 marta; IL-6, 2 marta va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar IL-4, 2,4 marta ortishi isbotlangan;
ekzemada standart terapiya immun yallig‘lanishining o‘tkirligiga ta’sir qilishi natijasida, T-effektorlarning (CD8+) kamayishiga, CD25+ limfotsitlarning pasayishiga va apoptozga tayyor hujayralar (CD95+) darajasining oshishiga olib keladi va qon zardobi immunoglobulinlar sinfining IgM, IgG va IgA darajasining pasayishi, immun buzilishlarini to‘liq tiklashni ta’minlamasdan, immunoregulyasion sitokinlar IFN-γ, IL-6 va IL-4 qayta taqsimlash nisbatini ta’sir qilishi isbotlangan;
teri ekzemasida taklif qilingan sxema «Stronger Neo-Minofagen S» TILBN bilan kompleks davolashda mazkur dermatozning asosiy patogenetik bo‘g‘iniga ta’sir qilib, CD8+ hujayralari sonini me’yorlashtiradi, CD25+ limfotsitlar darajasini 1,73 marta pasayishi va CD95+ limfotsitlar darajasining 0,85 barobar ko‘payishi, shuningdek qon zardobidagi asosiy immunoglobulinlar sinfining IgM 1,25 barobar, IgG 2,21 barobar va IgA 2,66 barobar ko‘rsatkichlarining pasayishi hamda yallig‘lanishga oid (IFN-γ 4,05 marta; IL-6, 5,19 marta) va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar IL-4 esa 6,15 barobar pasayishi isbotlangan;
teri ekzemasi bilan xastalangan bemorlarni «Stronger Neo-Minofagen S» TILBN bilan kombinatsiyalangan ko‘rinishda davolash davo samaradorligini (EASI 74,3%, HECSI 57,6%, DLQI 69,2%) 6 dan 24 haftagacha simptomlarning turg‘un remissiyasi fonida, standart terapiyaga nisbatan EASI 52,3%, HECSI 52,1%, DLQI 45,8%) bir necha haftagacha remissiya davomiyligi kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Teri ekzemasining molekulyar-biologik va immunologik tashxislash natijalariga ko‘ra, kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Teri ekzemasida yallig‘lanish induksiyasining ortishi (CD4+, CD8+, CD25+) va immunoregulyasion balansining o‘zgarishi (CD95+) fonida esa ,qon zardobi immunoglobulinlar sinfining darajalarig shuningdek, yallig‘lanishga oid va qarshi sitokinlar ortishi isbotlanganlgi bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar natijalari Sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filialida 2023 yil 30 noyabrdagi №45 buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filialida 2023 yil 01 dekabrdagi №54 buyrug‘i va 2023 yil 1 dekabrdagi buyrug‘i №57 Surxondaryo viloyati hududiy filialida amaliyotiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan kompleks turdagi davolash usuli yordamida kasallikni o‘rganish natijalariga asoslanib immun, psixoemotsional, dermatologik holatlarni barqarorlashtiradi, turg‘un remissiyaga o‘tishni ta’minlaydi, teri regeneratsiyasini yaxshilaydi, jarohatning bitish jarayoni muddatini qisqartiradi, kasallikning qaytalanishini kamaytiradi va davolash samaradorligi oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ekzema kasalligida taklif etilgan yangi, kompleks davo usuli davolash samaradorligini 62.7%ga oshirdi va xarajatlarni 4,3 barobarga kamayitirdi (RIDVvaKIATM Toshkent viloyati filiali preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun yotib davolanish 152 ming so‘mni tashkil qiladi). Shifoxonada yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan mablag‘lar qisqarishi orqali 37116279 so‘m hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=105) 159600000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: Ekzemada standart terapiya immun yallig‘lanishning o‘tkirligiga ta’sir qiladi, immunitetning hujayraviy va gumoral bo‘g‘inini, shuningdek, immun buzilishlarini to‘liq tiklashni ta’minlamasdan, immunoregulyasion sitokinlarning qayta taqsimlash nisbatini ta’sir qilishi isbotlanganligi bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar natijalari Sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filialida 2023 yil 30 noyabrdagi №45 buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filialida 2023 yil 01 dekabrdagi №54 buyrug‘i va 2023 yil 1 dekabrdagi buyrug‘i №57 Surxondaryo viloyati hududiy filialida amaliyotiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yangi kompleks davolash usuli standart davolash usuli bilan taqqoslaganda samarali bo‘lib, bemorlarning immun holatini to‘liq barqarorlashtirish bilan tavsiflanadi, kasallikning qaytalanishi sonining kamaytiradi va turg‘un uzoq muddatli remissiya bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy samaradorligi: ekzema bilan xastalangan bemorlarni davolashda ishlab chiqilgan kompleks terapiya samaradorligini ko‘rsatdi, shu natijasida bemorning kasalxonada qolish muddati 10 kundan 7 kungacha qisqardi va bu 26904000 so‘mni tejash imkonini berdi (RIDVvaKIATM Toshkent viloyati filiali preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun yotib davolanish 152 ming so‘mni tashkil qiladi), 59 nafar bemor uchun jamg‘arma 89680000 so‘mni tashkil qiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: teri ekzemasida taklif qilingan sxema "Stronger Neo-Minofagen S" TILBN bilan kompleks davolashda mazkur dermatozning asosiy patogenetik bo‘g‘iniga ta’sir qilishi natijasida T- va V- limfotsitlari ko‘rsatkichlarini me’yorlashtiradi hamda yallig‘lanishga oid va qarshi sitokinlar darajalarining pasayishi isbotlanganligi bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar natijalari Sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filialida 2023 yil 30 noyabrdagi №45 buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filialida 2023 yil 1 dekabrdagi №54 buyrug‘i va 2023 yil 1 dekabrdagi buyrug‘i №57 Surxondaryo viloyati hududiy filialida amaliyotiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tomir ichini lazer bilan nurlantirish (TILBN) va "Stronger Neo-Minofagen C" eritmasi bilan samarali kompleks davolash usuli zararlangan o‘choqlarda ekzematoz jarayonni sezilarli darajada so‘rilishi, remissiya davrining barqarorlashtirshga, davolash kunini qisqarishi va bemorlar xayot sifatini yaxshilanish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ekzema bilan xastalangan bemorlarda kompleks davolash usulini qo‘llash davo muddatlarini qisqarishi, statsionarda davolash jarayoniga sarf qilinadigan harajatlarni o‘rtacha 50 nafar bemorga bir yilda 2 marta kasallikning qaytalanishini hisobga olganda 110000000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: teri ekzemasi bilan xastalangan bemorlarni “Stronger Neo-Minofagen C" eritmasi va TILBN bilan kompleks davolash usuli standart davolanishga nisbatan kasallikni aniqlaydigan indekslar sonini kamayishiga va turg‘un remissiya davomiyligi kuzatilishi isbotlanganligi bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar natijalari Sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar hududiy filialida 2023 yil 30 noyabrdagi №45 buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filialida 2023 yil 1 dekabrdagi №54 buyrug‘i va 2023 yil 1 dekabrdagi buyrug‘i №57 Surxondaryo viloyati hududiy filialida amaliyotiga tatbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan kompleks davolash usuli ekzema bilan og‘rigan bemorlarda teri patologik jarayonining tez regressiyasiga yordam berdi, turg‘un remissiyani kuzatilishi “Stronger Neo-Minofagen C" eritmasi va TILBN bilan davolash usulining to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat bergan.. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan kompleks davo usuli bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10 kundan 7 kunga qisqartirilish imkonini bergan. Natijada davolanish uchun pullik xarajatlarni 1,5 barobarga kamaygan va 1.520.000 so‘mni tashkil qilib, o‘rin kuni 456000 so‘mni tashkil qildi hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=105) 47880000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.