Maxsumova Iroda Shavkatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy himoya omillari buzilishlarining 1 tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarning stomatologik statusiga ta’siri» 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib705.
Ilmiy maslahatchi: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Kamilov Haydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: ProMed Career Institute (Amerika Qo‘shma Shtatlari).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy himoya omillari buzilishlarining 1 tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarning stomatologik statusiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1-tip qandli diabet tashxisi qo‘yilgan bolalarda endokrinopatiyaning davomiyligi va kompensatsiya darajasiga qarab tish qattiq to‘qimalari, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavat xolatini indeks baxolash asoslangan;
bolalarda 1- tip qandli diabetning og‘iz suyuqligi sitokin profili (IL-6, IL-10, FNOa, IL-4) va gumoral ((IgA, IgM, IgG, sIgA, lizotsim) immunitet tizimiga salbiy ta’siri isbotlangan;
1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalar qon zardobi va og‘iz suyuqligining biokimyoviy (glyukoza miqdori, umumiy Ca, Ca2+, R, ishqoriy fosfataza) ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik endokrinopatiyani erta tashxislashda og‘iz suyuqligidan foydalanishga imkon yaratishi isbotlangan;
1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda kariesogen holatning paydo bo‘lishi sababi og‘iz suyuqligi tarkbida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga soluvchi gormonlar osteokalsin, 25 gidroksivitamin D3 kamayishi ekanligi isbotlangan;
1-tip qandli diabet tashxisi qo‘yilgan bolalarda salivatsiya tezligining kamayishi, so‘lakning qovushqoqlik va pH darajasining ortishi og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasida Candida albicans titrini keskin ko‘payishiga hamda chuqur disbiotik buzilishlarga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor 1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarnig stomatologik salomatligini yaxshilash uchun kasallikning davomiyligini xisobga olgan xolda patogenetik asoslangan davolovchi profilaktik dastur ishlab chiqilgan va uning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maxalliy ximoya omillarini 1 tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarning stomatologik statusiga ta’siri diagnostikasi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: 1- tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda endokrinopatiyaning davomiyligi va kompensatsiya darajasiga qarab tish qattiq to‘qimalari, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi o‘zgarishlar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 02.11.2023 № 04-p/82-sonli xulosasi “Bolalar yoshida qandli diabet 1 tipini og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘ziga xos klinik xususiyatlari” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 3 sonli bolalar poliklinikasi (16.11.2023 yildagi 48-sonli buyruq) va Toshkent shaxar Yashnaobod tumani 4 sonli bolalar poliklinikasi (25.11.2023 yildagi 74-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat Bolalarda 1 tip qandli diabetga stomatologik statusga ko‘ra erta taxminiy tashxis qo‘yish va endokrinologga yuborish dekompensatsiya bosqichidagi bolalarni subkompensatsiya bosqichiga o‘tkazish, insulin preparatlarini kasallikni dastlabki fazalarida qabul qilish boshqa organ va sistemalarda uglevodlar metabolizmi buzilishlaridan yuzaga keladigan chuqur o‘zgarishlarni oldini olishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: tish qattiq to‘qimalari, parodont va shilliq qavat xolatiga qarab bolalarni erta endokrinolog ko‘rigiga yuborishni joriy etilishi tufayli bolalarda metabolik buzilishlarni davolash uchun qo‘shimcha dori-darmonlarga ehtiyoj, shifokorlarga tashriflar soni kamaydi. Xulosa: 1 tip qandli diabetda tish qattiq to‘qimalari, parodont va shilliq qavat xolatiga qarab bolalarni erta endokrinolog ko‘rigiga yuborishni joriy etilishi kasallikni erta bosqichlarida aniqlash va o‘z vaqtida endokrinologik yordam olishga sabab bo‘ladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda 1- tip qandli diabetning og‘iz suyuqligi sitokin profili (IL-6, IL-10, FNOa, IL-4) va gumoral ((IgA, IgM, IgG, sIgA, lizotsim) immunitet tizimiga salbiy ta’siri Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 02.11.2023 № 04-p/83-sonli xulosasi “1 tip qandli diabet bilan kasallangan bolalar og‘iz bo‘shlig‘ining maxalliy immun xolatini baxolash” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 3 sonli bolalar poliklinikasi (16.11.2023 yildagi 49-sonli buyruq) va Toshkent shaxar Yashnaobod tumani 4 sonli bolalar poliklinikasi (25.11.2023 yildagi 73-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Maxalliy ximoya faktorlarinin faollashtirish og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozini normallashtirish va parodont va shilliq qavatda yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishini oldini olish; karies va uning asoratlarni kamaytirish; bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangiliklarning iqtisodiy samaradorligi: ushbu usuldan foydalanish og‘iz bo‘shlig‘ida yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishini sezilarli darajada kamaytirishi va tish shifokoriga qo‘shimcha tashrif buyurish va qo‘shimcha dori-darmonlarni sotib olish ehtiyojini kamaytiradi. Xulosa: kasallikni qaysi bosqichida maxalliy immun tizimda qanday buzilishlar yuzaga kelishini bilgan xolda patogentik asoslangan davo choralarini qo‘llash og‘iz bo‘shlig‘ida karies, parodont va shilliq qavat kasalliklarni kamaytiradi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarini oldini oladi.
uchinchi ilmiy yangilik: 1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalar qon zardobi va og‘iz suyuqligining biokimyoviy (glyukoza miqdori, umumiy Sa, Sa2+, R, ishqoriy fosfataza) ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik endokrinopatiyani erta tashxislashda og‘iz suyuqligidan foydalanishga imkon yaratishi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 02.11.2023 № 04-p/83-sonli xulosasi “1 tip qandli diabet bilan kasallangan bolalar og‘iz bo‘shlig‘ining maxalliy immun xolatini baxolash” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 3 sonli bolalar poltklinikasi (16.11.2023 yildagi 49-sonli buyruq) va Toshkent shaxar Yashnaobod tumani 4 sonli bolalar poliklinikasi (25.11.2023 yildagi 73-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: Pereferik qonda va og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligida biokimyoviy ko‘rsatkichlari va immun xolatini yaxshilanishi karies, gingivit, parodontit va shilliq qavat kasalliklari paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. Bu usulning noinvazivligi qo‘shimcha jaroxat va ikkilamchi infeksiya kabi asoratlarni paydo qilmaydi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar og‘iz bo‘shlig‘ida qandli diabetda yuzaga keladigan biokimyoviy va immunologik o‘zgarishlarni tashxislash o‘z vaqtida ularga stomatologik yordam ko‘rsatilishiga sabab bo‘ladi, buning natijasida be’morlarni stomatologik yordam olish uchun shifokorga muntazam tashriflaridan ozod qiladi va sarf xarajatlarni sezilarli kamaytiradi. Xulosa: qon zardobi va og‘iz suyuqligining biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘liqlik og‘iz suyuqligini bolalarda 1tip qandli diabetni tashxislashda qo‘shimcha noinvaziv usul sifatida tavsiya etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda kariesogen holatning paydo bo‘lishi sababi og‘iz suyuqligi tarkbida kalsiy-fosfor almashinuvi tartibga soluvchi gormonlar osteokalsin, 25 gidroksivitamin D3 kamayishi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 02.11.2023 № 04-p/84-sonli xulosasi “1 tip qandli diabet bilan kasallangan bolalar og‘iz bo‘shlig‘ining maxalliy immun xolatini baxolash” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 3 sonli bolalar poltklinikasi (16.11.2023 yildagi 49-sonli buyruq) va Toshkent shaxar Yashnaobod tumani 4 sonli bolalar poliklinikasi (25.11.2023 yildagi 73-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekpert kengashi 02.11.2023 yildagi 04-p/82- son, 04-p/83- son va 04-p/84-sonli xulosalar olingan). Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi 1tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasini tiklash orqali paordont va shilliq qavat kasalliklarini oldini olish va davolashdan iborat. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: og‘iz bo‘shlig‘ida disbiotik va immunosupressiv xolatlarni bartaraf etilshi gigienik xolatni yaxshilanishiga, parodont to‘qimalarida yallig‘lanishni bartaraf bo‘lishiga olib keladi, afta va eroziyalarni epitelizatsiyasiga olib keladi, natijada bolalarning stomatolog qabuliga borishlar soni xamda sarf xarajatlar miqdori kamayadi. Xulosa: 1 tip qandli diabetli bolalarda mikroflora muvozanati buzilishini va maxalliy immunitet buzilishlarini bartaraf etish orqali oral gomeostazni tiklash karies, parodont va shilliq qavat kasalliklarini kamayishiga va regeneratsiyani kuchayishiga olib keladi.
beshinchi ilmiy yangilik: 1-tip qandli diabet tashxisi qo‘yilgan bolalarda salivatsiya tezligining kamayishi, so‘lakning qovushqoqlik va rN darajasining ortishi og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasida Sandida albicans titrini keskin ko‘payishiga xamda chuqur disbiotik buzilishlarga olib kelishi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 02.11.2023 № 04-p/84-sonli xulosasi “1 tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda stomatologik kasalliklarni davolovchi profilaktik algoritmi” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 3 sonli bolalar poltklinikasi (16.11.2023 yildagi 48-sonli buyruq) va Toshkent shaxar Yashnaobod tumani 4 sonli bolalar poliklinikasi (25.11.2023 yildagi 73-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekpert kengashi 02.11.2023 yildagi 04-p/82- son, 04-p/83- son va 04-p/84-sonli xulosalar olingan). Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi 1tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasini tiklash orqali paordont va shilliq qavat kasalliklarini oldini olish va davolashdan iborat. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: og‘iz bo‘shlig‘ida disbiotik va immunosupressiv xolatlarni bartaraf etilshi gigienik xolatni yaxshilanishiga, parodont to‘qimalarida yallig‘lanishni bartaraf bo‘lishiga olib keladi, afta va eroziyalarni epitelizatsiyasiga olib keladi, natijada bolalarning stomatolog qabuliga borishlar soni xamda sarf xarajatlar miqdori kamayadi. Xulosa: 1 tip qandli diabetli bolalarda mikroflora muvozanati buzilishini va maxalliy immunitet buzilishlarini bartaraf etish orqali oral gomeostazni tiklash karies, parodont va shilliq qavat kasalliklarini kamayishiga va regeneratsiyani kuchayishiga olib keladi.
oltinchi ilmiy yangilik: 1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarnig stomatologik salomatligini yaxshilash uchun kasallikning davomiyligini xisobga olgan xolda patogenetik asoslangan davolovchi profilaktik dastur ishlab chiqish va uning samaradorligi isbotlash Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 02.11.2023 № 04-p/84-sonli xulosasi “1 tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda stomatologik kasalliklarni davolovchi profilaktik algoritmi” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 3 sonli bolalar poltklinikasi (16.11.2023 yildagi 48-sonli buyruq) va Toshkent shaxar Yashnaobod tumani 4 sonli bolalar poliklinikasi (25.11.2023 yildagi 73-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti qoshidagi muvofiqlashtiruvchi ekpert kengashi 02.11.2023 yildagi 04-p/82- son, 04-p/83- son va 04-p/84-sonli xulosalar olingan). Ilmiy yangiliklarning ijtimoiy samaradorligi 1 tip qandli diabetli bolalarda karies jadalligini pasayishi, emal rezistentligining oshishi, gingivit va parodontit tarqalishini kamayishiga olib keladi, bu esa bolalarning va ota onalarning xayot sifatini oshiradi. Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 tip qandli diabet bilan kasallangan bolalar uchun ularning yoshi, kasallik davomiyligi, uglevodlar almashinuvi buzilishlarining kompensatsiya darajasini xisobga olgan xolda yaratilagan davolash profilaktik dastur, davolash samaradorligini oshirish va tish shifokoriga qo‘shimcha tashrif buyurish va qo‘shimcha dori-darmonlarni sotib olish ehtiyojini kamaytiradi. Xulosa: 1 tip qandli diabet bilan kasallangan bolalar uchun ishlab chiqilgan va yo‘lga qo‘yilgan dastur stomatologik statusni yaxshilashga xamda maxalliy immunitetni, so‘lakning sutkalik ajralish xajmini, mineralizatsiya qobilyatini, mikroflorani tiklanishini ta’minlaydi.