Xudoyberdieva Nazora Sharofovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiklik almashinishni jadallashtirish maqsadida dispers sistemalarni qo‘llashning samaradorligini tadqiq qilish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T849.
Ilmiy rahbar: Baxronov Xoshim Shoyimovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmuxamedov Habibulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xurmamatov Abdugoffor Mirzabdullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiqlik almashinishni jadallashtirish maqsadida dispers sitemalarni qo‘llash usulini ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli shaklli zarrachalardan tashkil topgan qo‘zg‘almas, hamda suyuqlik yoki gaz bilan mavhum qaynash holatiga keltiriladigan donador material qatlamining gidravlik qarshiligi, donador materialning mavhum qaynash holatiga o‘tish tezligi, qaynayotgan qatlamning tuzilishi va qattiq zarrachalarning apparatdan uchib ketish tezligi aniqlangan;
turli shaklli zarrachalar statsionar qatlamining gidravlik qarshilik koeffisienti va tor o‘lchamli sharoitda polidispers donador material qatlami mavhum qaynashining boshlanish tezligi isbotlangan;
kichik diametrli trubalar ichki sirtidan suyuq bilan mavhum qaynatilgan polidispers donador material qatlamiga konvektiv issiqlik va issiqlik berish koeffisientini hisoblash uchun tenglama yaratilgan;
issiqlik tashish jadalligiga tezlik, zarrachalar o‘lchami va konsentratsiyaning ta’siri aniqlangan;
gazli mavhum qaynash qatlamidan o‘rama trubalar sirtiga konvektiv issiqlik almashinish va issiqlik berishni tenglamasi yaratilgan;
dispers sistemalarni qo‘llab issiqlik almashinishning usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiklik almashinishni jadallashtirish maqsadida dispers sistemalarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik almashinishni jadallashtirishda dispers sistemalarni qo‘llash usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK Marjonbuloq oltinni ajratib olish sexida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati DKning 2018 yil 11 sentyabrdagi 02-02-10/11349-son ma’lumotnomasi). Natijada rudani kuydirish pechidan atmosferaga chiqayotgan zararli gazlarni ushlab qolish va issiklik o‘tkazishni yaxshilash imkonini bergan;
dispers sistemalarni qo‘llab issiqlik almashinishni jadallashtirish usuli «Navoiyazot» AJning «2019-2020 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Navoiyazot» AJning 2018 yil 14 maydagi 02/5017-son ma’lumotnomasi). Natijada issiqlik sarfini kamaytirish jarayonini 1,2–1,3 marta jadallashtirish imkonini beradi;
osh tuzi eritmasini bug‘latishning jadalligini oshirish va apparat elementlari sirtida tuz cho‘kishini kamaytirish hamda issiqlik almashinishni jadallashtirishda dispers sistemalarni qo‘llash usullari «O‘zkimyosanoat» AJ korxonalari amaliyotiga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2018 yil 14 sentyabrdagi 01/3-4026/A-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘latish jarayonini 1,5–2 marta tezlashtirish va tuz cho‘kish miqdorini keskin kamaytirish hamda olingan mahsulotning tannarxini 13%ga kamaytirish imkonini bergan.