Karimova Nilufar Irgashevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda paski nafas yo‘llarining surunkali kasalliklarini erta tashxislash, prognozlash va personifisirlangan davolash taktikasining zamonaviy mezonlari”, 14.00.09 – Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4.DSc/Tib629.
Ilmiy maslahatchi: Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabieva Umida Pulatdjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiy xodimlarni kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda pastki nafas yo‘llarining surunkali kasalliklarining klinik-laborator, funksional, immunogenetik xususiyatlarini aniqlash asosida erta tashxis qo‘yish, prognozlash va personifisirlangan davolash taktikasini zamonaviy mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bronxial astma bilan kasallangan bolalarda CC16 geni (A38G) polimorfizmining prognostik ahamiyati asoslangan: RKOB (8,6%) guruhiga nisbatan gomozigotli A/A genotipining 5,8 barobar (50,5%) oshishi (χ2=13,9; r<0,001; OR=19,4; RR=1,38; 95%SI 2,49-151,03), nomaqbul G/G genotipning chastotasini, nazorat guruhiga nisbatan 3,6 martaga kamayishi (χ2=20,8; r<0,001) aniqlanib, bolalarda bronxial astmani shakllanishining genetik markyori va kasallikka olib keluvchi asosiy omil ekanligi isbotlangan.
surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda CD14 genining (C-159T) polimorfizmining prognostik ahamiyati asoslangan: mutatsion gomozigotli T/T genotipining RKOB (11,1%) guruhiga nisbatan 5,1 barobar ortishi (57,6%), geterozigot C/T genotipining 3 barobar oshishi (34,7%), nomaqbul T allel uchrash chastotasi nazorat guruxiga nisbatan (χ2 = 8,34; r=0,04; OR=12,8; RR=1,39; 95%SI 1,65-101,7) 3,7 marta oshishi aniqlanib (χ2 =27,1; r<0,001; OR=16,4; 95% SI 4,99-53,9), bolalarda surunkali bronxitni shakllanishining genetik markyori va kasallikka olib keluvchi asosiy omil ekanligi isbotlangan.
bronxial astma bilan kasallangan bolalarning indusirlangan balg‘amida nazorat guruhiga nisbatan (7,1%; OR=4,2, p<0,01) neytrofillar 6,4, semiz hujayralar 14,6 va eozinofillarni 10 barobar oshishi aniqlangan, surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarning balg‘amida nazorat guruhiga nisbatan (7,1%; OR=4,2, p<0,001) alveolyar makrofaglar 3,7 barobar kamayishi, neytrofillar 4,4 va limfotsitlarning 2,8 barobar ko‘payishi, IgA (1,3 va 1,5 barobar), IgG (1,4 va 1,3 barobar), IgM (1,2 va 1,3 barobar), va sitokinlar IL-4 (1,6 va 1,5 barobar), TNF-α (1,4 va 1,7 barobar) (r<0,01) oshishi aniqlanib, bronxlarning shilliq qavatidagi og‘ir yallig‘lanish jarayonining mavjudligini va surunkali patologiya shakllantirishda muhim ahamiyatga egaligi isbotlangan.
bronxial astma bilan og‘rigan bolalarda elektron fonospirografiya natijalari, RKOB guruhiga nisbatan, barcha chastotalarda amplitudaning 1,5, 1,35 va 1,46 barobar va nazorat guruhiga nisbatan 1,68, 1,28 va 2,2 barobar ortishi (r<0,001), surunkali bronxit bilan og‘rigan bolalarda nafas olish siklining davomiyligining, nafas olish va nafas chiqarish fazalari RKOB guruhi bilan solishtirganda 26% ga va nazorat guruhi bilan solishtirganda 30% ga (r<0,001) qisqarganligi isbotlangan;
surunkali bronxit bilan og‘rigan bolalarda kompyuter bronxofonografiyasi natijalari nafas olish fazasida past va o‘rta chastotalar amplitudasining nazorat guruhiga nisbatan 1,6 va 2,7 barobar (r<0,01) oshganligi, bronxial astma bilan og‘rigan bolalarda 1,4 va 2,1 barobar (r<0,01) oshganligi, nafas chiqarish fazasida bronxial astma bilan og‘rigan bolalarning chastota diapazonida barcha parametrlarda ko‘rsatkichlari 1,7; 2,2; 2,5 barobar oshganligi aniqlanib (r<0,001), surunkali bronxit va bronxial astma bilan kasallangan bolalarda potensial bronxial obstruksiya va bronxlarda yuqori sezuvchanlik mavjudligini isbotlagan;
surunkali bronxit va bronxial astma bilan kasallangan bolalar uchun ishlab chiqilgan davolash va tashxislash chora-tadbirlar kompleksi, surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda immunomodulyator preparatlarni qo‘llash natijasida, davolashning personifisirlangan usullarini joriy etishi, kasallikni qaytalanish chastotasini 6 oydan keyin 1,7 va 12 oydan keyin 2,8 baravar kamayganligi, bronxial astma bilan kasallangan bolalarda immunomodulyator va bronxodilatator preparatlarini qo‘llash natijasida qaytalanish chastotasini 6 oydan keyin 1,6 va 12 oydan keyin 2,9 barobar kamayganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda bronxial astma va surunkali bronxitning tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bronxial astma bilan kasallangan bolalarda CC16 geni (A38G) polimorfizmining prognostik ahamiyati asoslangan: RKOB (8,6%) guruhiga nisbatan gomozigotli A/A genotipining 5,8 barobar (50,5%) oshishi, nomaqbul G/G genotipning chastotasini, nazorat guruhiga nisbatan 3,6 martaga kamayishi aniqlanib, bolalarda BA shakllanishining genetik markyori va kasallikka olib keluvchi asosiy omil ekanligi isbotlanganib, 2023 yil 7 avgustdagi №18 va №19-sonli buyruqlarga muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va 2023 yil 9 avgustdagi №163/3 va №163/4-sonli buyruqlar bilan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 2024-yil 25-centyabrdagi №06/86-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: CC-16(A38G) gen polimorfizmining G/G genotipining sezilarli darajada pasayishi bolalarda bronxial astma rivojlanishida olib keluvchi omil bo‘lib, bolalarda surunkali bronxitning shakllanishida nojo‘ya prognostik mezon bo‘lib, ularni o‘z vaqtida aniqlash klinik jihatdan ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada terapiya sifatini yaxshilaydi va bolalarda bronxial astmani tashxislashda yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: immunogenetik tadqiqotlar natijalari asosida bolalarda SB va BA differensial diagnostikasi sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu sxemani joriy etishning iqtisodiy samarasi 134000 so‘mni tashkil etdi, 200 bemor uchun 26800000 so‘m tejashga erishilgan. Xulosa: SB va BA bilan og‘rigan bemorlarda ishlab chiqilgan differensial diagnostika sxemasidan foydalanish 1 bemor hisobidan 134000 so‘m byudjet mablag‘lari va 134000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda CD14 genining (C-159T) polimorfizmining prognostik ahamiyati asoslangan: mutatsion gomozigotli T/T genotipining RKOB (11,1%) guruhiga nisbatan 5,1 barobar ortishi (57,6%), geterozigot C/T genotipining 3 barobar oshishi (34,7%), nomaqbul T allel uchrash chastotasi nazorat guruxiga nisbatan 3,7 marta oshishi aniqlanib, bolalarda surunkali bronxit shakllanishining genetik markyori va kasallikka olib keluvchi asosiy omil ekanligi isbotlanib, 2023 yil 7 avgustdagi №18 va №19-sonli buyruqlarga muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va 2023 yil 9 avgustdagi №163/3 va №163/4-sonli buyruqlar bilan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 2024-yil 25-sentyabrdagi №06/86-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: CD14(C159T) gen polimorfizmining T/T va C/T genotiplarining ko‘payishi bolalarda surunkali bronxitning shakllanishida nojo‘ya prognostik mezon bo‘lib, ularni o‘z vaqtida aniqlash klinik jihatdan ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada terapiya sifatini yaxshilaydi va bolalarda surunkali bronxitni diagnostikasida yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: immunogenetik tadqiqotlar natijalari asosida bolalarda SB va BA differensial diagnostikasi sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu sxemani joriy etishning iqtisodiy samarasi 134000 so‘mni tashkil etdi, 200 bemor uchun 26800000 so‘m tejashga erishilgan. Xulosa: SB va BA bilan og‘rigan bemorlarda ishlab chiqilgan differensial diagnostika sxemasidan foydalanish 1 bemor hisobidan 134000 so‘m byudjet mablag‘lari va 134000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bronxial astma bilan kasallangan bolalarning indusirlangan balg‘amida nazorat guruhiga nisbatan neytrofillar 6,4, semiz hujayralar 14,6 va eozinofillarni 10 barobar oshishi aniqlangan, surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarning balg‘amida nazorat guruhiga nisbatan alveolyar makrofaglar 3,7 barobar kamayishi, neytrofillar 4,4 va limfotsitlarning 2,8 barobar ko‘payishi, IgA (1,3 va 1,5 barobar), IgG (1,4 va 1,3 barobar), IgM (1,2 va 1,3 barobar), va sitokinlar IL-4 (1,6 va 1,5 barobar), TNF-α (1,4 va 1,7 barobar) oshishi aniqlanib, bronxlarning shilliq qavatidagi og‘ir yallig‘lanish jarayonining mavjudligini va surunkali patologiya shakllantirishda muhim ahamiyatga egaligi isbotlanib, 2023 yil 7 avgustdagi №18 va №19-sonli buyruqlarga muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va 2023 yil 9 avgustdagi №163/3 va №163/4-sonli buyruqlar bilan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 2024-yil 25-sentyabrdagi №06/86-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: indusirlangan balg‘amdagi neytrofillar, eozinofillar, semiz xujayralar, al`veolyar makrofaglar, limfotsitlar, IgA, IgG, IgM va IL-4, TNF-α sitokin darajasining ishonchli o‘sishi bolalarda SB va BA shakllanishida nojo‘ya prognostik mezon bo‘lib, ularni o‘z vaqtida aniqlash klinik jihatdan ijobiy natijalar beradi, terapiya sifatini oshiradi va bolalarda ushbu kasalliklarni tashxislashda yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: immunologik tadqiqotlar natijalari asosida bolalarda SB va BA differensial diagnostikasi sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu sxemani joriy etishning iqtisodiy samarasi 134000 so‘mni tashkil etdi, 200 bemor uchun 26800000 so‘m tejashga erishilgan. Xulosa: SB va BA bilan og‘rigan bemorlarda ishlab chiqilgan differensial diagnostika sxemasidan foydalanish 1 bemor hisobidan 134000 so‘m byudjet mablag‘lari va 134000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bronxial astma bilan og‘rigan bolalarda elektron fonospirografiya natijalari, RKOB guruhiga nisbatan, barcha chastotalarda amplitudaning 1,5, 1,35 va 1,46 barobar va nazorat guruhiga nisbatan 1,68, 1,28 va 2,2 barobar ortishi, surunkali bronxit bilan og‘rigan bolalarda nafas olish siklining davomiyligining, nafas olish va nafas chiqarish fazalari RKOB guruhi bilan solishtirganda 26% ga va nazorat guruhi bilan solishtirganda 30% ga qisqarganligi isbotlanib, 2023 yil 7 avgustdagi №18 va №19-sonli buyruqlarga muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va 2023 yil 9 avgustdagi №163/3 va №163/4-sonli buyruqlar bilan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 2024-yil 25-sentyabrdagi №06/86-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: elektron auskul`tatsiya vaqtida davomiyligi va amplitudasining ishonchli o‘sishi SB va BA bo‘lgan bolalarda differensial diagnostika mezonlari bo‘lib, ularni o‘z vaqtida aniqlash klinik jihatdan ijobiy natijalar beradi va terapiya sifatini oshiradi va bolalarda ushbu kasalliklarni tashxislashda ma’lumot beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: funksional tadqiqotlar natijalari asosida bolalarda SB va BA differensial diagnostikasi sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu sxemani joriy etishning iqtisodiy samarasi 134000 so‘mni tashkil etdi, 200 bemor uchun 26800000 so‘m tejashga erishilgan. Xulosa: SB va BA bilan og‘rigan bemorlarda ishlab chiqilgan differensial diagnostika sxemasidan foydalanish 1 bemor hisobidan 134000 so‘m byudjet mablag‘lari va 134000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: surunkali bronxit bilan og‘rigan bolalarda kompyuter bronxofonografiyasi natijalari nafas olish fazasida past va o‘rta chastotalar amplitudasining nazorat guruhiga nisbatan 1,6 va 2,7 barobar oshganligi, bronxial astma bilan og‘rigan bolalarda 1,4 va 2,1 barobar oshganligi, nafas chiqarish fazasida bronxial astma bilan og‘rigan bolalarning chastota diapazonida barcha parametrlarda ko‘rsatkichlari 1,7; 2,2; 2,5 barobar oshganligi aniqlanib, surunkali bronxit va bronxial astma bilan kasallangan bolalarda potensial bronxial obstruksiya va bronxlarda yuqori sezuvchanlik mavjudligi isbotlanib, 2023 yil 7 avgustdagi №18 va №19-sonli buyruqlarga muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va 2023 yil 9 avgustdagi №163/3 va №163/4-sonli buyruqlar bilan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 2024-yil 25-sentyabrdagi №06/86-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: SB va BA bo‘lgan bolalarda KBFGda bronxial obstruksiya va bronxial yuqori sezuvchanlikni aniqlash differensial diagnostika mezonlari bo‘lib, ularni o‘z vaqtida aniqlash klinik jihatdan ijobiy natijalar beradi va terapiya sifatini oshiradi va bolalarda ushbu kasalliklarni tashxislashda ma’lumot beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: funksional tadqiqotlar natijalari asosida bolalarda SB va BA differensial diagnostikasi sxemasi ishlab chiqilgan. Ushbu sxemani joriy etishning iqtisodiy samarasi 134000 so‘mni tashkil etdi, 200 bemor uchun 26800000 so‘m tejashga erishilgan. Xulosa: SB va BA bilan og‘rigan bemorlarda ishlab chiqilgan differensial diagnostika sxemasidan foydalanish 1 bemor hisobidan 134000 so‘m byudjet mablag‘lari va 134000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan.
oltinchi ilmiy yangilik: surunkali bronxit va bronxial astma bilan kasallangan bolalar uchun ishlab chiqilgan tashxislash va davolash va chora-tadbirlar kompleksi, surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda immunomodulyator preparatlarni qo‘llash natijasida, davolashning personifisirlangan usullarini joriy etishi, kasallikni qaytalanish chastotasini 6 oydan keyin 1,7 va 12 oydan keyin 2,8 baravar kamayganligi, bronxial astma bilan kasallangan bolalarda immunomodulyator va bronxodilatator preparatlarini qo‘llash natijasida qaytalanish chastotasini 6 oydan keyin 1,6 va 12 oydan keyin 2,9 barobar kamayganligining isbotlanganligi, 2023 yil 7 avgustdagi №18 va №19-sonli buyruqlarga muvofiq Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va 2023 yil 9 avgustdagi №163/3 va №163/4-sonli buyruqlar bilan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy-texnik Kengashining 2024-yil 25-sentyabrdagi №06/86-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bolalarda surunkali bronxit va bronxial astmani erta aniqlashga yordam beradigan kasallikning aniqlangan klinik-immunologik, funksional va genetik xususiyatlariga asoslangan bolalarda SB va BA diagnostikasi va davolash sxemasini ishlab chiqish va joriy etish, terapiyada ishlab chiqilgan personifisirlangan yondashuvlar o‘z vaqtida davolash-profilaktik choralarini boshlashga va kasallikning salbiy oqibatlari rivojlanishining oldini olishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: differensial davolanishni qo‘llash natijasida bemorning kasalxonada davolanishi 2 kunga qisqardi. 2023 yilda bitta bemorning kasalxonada 2 kun davolanishining narxi 732710 so‘m bo‘lgan va 1 kishiga iqtisodiyot 732710 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: SB va BA bilan og‘rigan bemorlarda ishlab chiqilgan differensirlangan davolash rejimini qo‘llash 1 bemor hisobidan 732710 so‘m byudjet mablag‘lari va 732710 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashga imkon bergan.