Isakova Yulduz Nuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarda operativ davogacha va undan keyingi davrda klinik-audiologik xususiyatlari», 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1865.
Ilmiy rahbar: Xushvakova Nilyufar Jurakulovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Diab Xassan Moxamad Ali, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Luidji Vanvitelli kompaniyasi universiteti (Italiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
surunkali yiringli o‘rta otit bilan kasallangan bemorlarda klinik-audiologik ko‘rsatkichlarga asoslanib jarrohlikga tayyorlash va turli jarrohlik amaliyotlarini samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning asoratlangan va asoratlanmagan shakllari klinik kechishi qiyosiy baholangan hamda asoratlanmagan shaklida mezotimpanit 52,9%, epitimpanit 14,1%, epimezotimpanit esa 32,9%, asoratlangan shaklida mezotimpanit 17,1%, epitimpanit 51,4%, epimezotimpanit esa 31,4% uchrashi aniqlangan;
tonal bo‘sag‘a audiometriyasi yordamida asoratlangan va asoratlanmagan surunkali yiringli o‘rta otit bo‘lgan bemorlarda suyak-havo o‘tkazuvchanligining intervali orasidagi farq baholangan, hamda impedansometriya tekshiruvida ETF test o‘tkazish, ya’ni eshituv nayi o‘tkazuvchanligini baholash orqali jarrohlik usullarini bir bosqichda yoki ikki bosqichda o‘tkazilishi isbotlangan;
surunkali yiringli o‘rta otit bo‘lgan bemorlarda suyak-havo o‘tkazuvchanligining intervali jarrohlik amaliyoti bir vaqtni o‘zida o‘tkazilgandan so‘ng 2 barobarga qisqarganligi, nutqni anglash o‘rta hisobda 20 dB yaxshilanganligi aniqlangan;
surunkali yiringli o‘rta otitlarning turiga, nog‘ora parda perforatsiyasi hajmiga, klinik-audiologik ko‘rsatkichlari va eshituv nayi o‘tkazuvchanligini baholashga asoslangan davolash sxemasini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 22 iyuldagi 04/20-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning asoratlangan va asoratlanmagan shakllari klinik kechishi qiyosiy baholangan hamda asoratlanmagan shaklida mezotimpanit 52,9%, epitimpanit 14,1%, epimezotimpanit esa 32,9%, asoratlangan shaklida mezotimpanit 17,1%, epitimpanit 51,4%, epimezotimpanit esa 31,4% uchrashi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali yiringli o‘rta otitni asoratlangan va asoratlanmagan shakllari bo‘yicha tahlil qilish kasallik kechimini to‘g‘ri baholash hamda tashxislash va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (02.12.2023 y. №135) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.12.2023 y. №405-U) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yiringli o‘rta otitni kechimi bo‘yicha tahlil qilish tashxislash va davolash taktikasini samarali bo‘lishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni asoratlangan va asoratlanmagan shakllari bo‘yicha baholash va ularni tashxislashda tahlil qilish kasallik kechimini to‘g‘ri baholash hamda tashxislash tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni 1 nafar bemor hisobiga sarflanadigan mablag‘larini 120000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik tonal bo‘sag‘a audiometriyasi yordamida asoratlangan va asoratlanmagan surunkali yiringli o‘rta otit bo‘lgan bemorlarda suyak-havo o‘tkazuvchanligining intervali orasidagi farq baholangan, hamda impedansometriya tekshiruvida ETF test o‘tkazish, ya’ni eshituv nayi o‘tkazuvchanligini baholash orqali jarrohlik usullarini bir bosqichda yoki ikki bosqichda o‘tkazilishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy tibbiyotga tadbiq etilishi tonal bo‘sag‘a audiometriyasi va impedansometriya tekshiruvida ETF test o‘tkazish tashxislash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan hamda  diagnostik mezon sifatida tavsiya etilganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (02.12.2023 y. №135) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.12.2023 y. №405-U) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kasallikni tashxislashda tonal bo‘sag‘a audiometriyasi va impedansometriya tekshiruvida ETF test o‘tkazish orqali baholash jarrohlik usullarini bir bosqichda yoki ikki bosqichda o‘tkazilishini tanlashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yiringli o‘rta otit bo‘lgan bemorlarda kasallikni kechish shakllari bo‘yicha baholash va ularni tashxislash tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni 1 nafar bemor hisobiga sarflanadigan mablag‘larini 120000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yiringli o‘rta otit bo‘lgan bemorlarda suyak-havo o‘tkazuvchanligining intervali jarrohlik amaliyoti bir vaqtni o‘zida o‘tkazilgandan so‘ng 2 barobarga qisqarganligi, nutqni anglash o‘rta hisobda 20 dB yaxshilanganligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: bemorlarda kuzatilgan klinik-audiologik ko‘rsatkichlarga asosan jarrohlik amallarini tanlash va ularning samaradorligini baholash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (02.12.2023 y. №135) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.12.2023 y. №405-U) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yiringli o‘rta otit bo‘lgan bemorlarda klinik-audiologik ko‘rsatkichlarga yordamida jarrohlik amaliyotini samararadorligini ijobiy samarasi isbotlangan va amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi otorinolaringologlarga bemorlarni jarrohlik usulini tanlash uchun maqsadli yondashuv imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni tashxislash tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni 1 nafar bemor hisobiga sarflanadigan mablag‘larini 120 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yiringli o‘rta otitlarning turiga, nog‘ora parda perforatsiyasi hajmiga, klinik-audiologik ko‘rsatkichlari va eshituv nayi o‘tkazuvchanligini baholashga asoslangan davolash sxemasini ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mezotimpanit va epitimpanitda nog‘ora parda perforatsiyasi hajmiga, klinik-audiologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra bir bosqichli va ikki bosqichli jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish asoslab berilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (02.12.2023 y. №135) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.12.2023 y. №405-U) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yiringli o‘rta otitlarning turiga, nog‘ora parda perforatsiyasi hajmiga, klinik-audiologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra bir bosqichli va ikki bosqichli jarrohlik amaliyotlarini tanlash ijobiy samaradorligiga erishish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni tashxislash tadbirlarini rejalashtirilishi va bir bosqichli va ikki bosqichli jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish orqali sarflanadigan xarajatlarni 1 nafar bemor hisobiga sarflanadigan mablag‘larini 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish