Rafiqov Komoliddin Muxiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kollagen saqlovchi sintetik suyak bloklarini va zarrachalarining yuqori jag‘ sinusi augmentatsiyasida samaradorligini asoslash», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2846.
Ilmiy raxbar: Rashidov Rustam Abdurasul o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kavinda Sudxaraka Tissera, tibbiyot fanlari doktori (Peradeniya Universiteti, Shri-Lanka); Shomurodov Kaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mansura Universiteti (Al-Mansura shaxri, Misr).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kollagen sintetik suyak bloklari va zarralari yordamida yuqori jag‘ sinusni augmentatsiyasini samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kollagen o‘z ichiga olgan osteoplastik sintetik materialdan foydalanishning yuqori samaradorligi, kollagensiz sintetik materialga nisbatan 28% ga yuqori hajm, suyak zichligi, fibroz tolali to‘qima hosil bo‘lishining yuqori darajasi bilan ifodalangan, eksperimental usullar va rentgen nurlari bilan isbotlangan;
ilk bor gistologik hisoblashda yuqori osteoblastik faollik aniqlandi, bu kollagensiz va kollagenli sintetik materialdan (3,47 va 3,81), 4 dan 12 haftagacha (3,89 va 5,51) mos ravishda, kollagen o‘z ichiga olgan osteoplastik sintetik materialdan foydalanganda yangi hosil bo‘lgan suyakning ko‘payishida ifodalangani aniqlangan;
ilk bor kollagen o‘z ichiga olgan osteoplastik sintetik materialdan foydalanganda operatsiyadan keyingi erta davrda kengaytirilgan hududning faol fibrovaskulyarizatsiyasi kuzatilganligi isbotlangan;
ilk bor yuqori jag‘ sinusni kollagen o‘z ichiga olgan osteoplastik sintetik material bilan transplantatsiya qilingan bemorlarda kollagensiz sintetik materialdan farqli o‘laroq, klinik ko‘rsatkichlarning erta yaxshilanishi (og‘riqni yo‘qotish, kollateral shish va giperemiyaning yo‘qligi) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 25 iyundagi 01/32-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: kollagen o‘z ichiga olgan osteoplastik sintetik materialdan foydalanishning yuqori samaradorligi, kollagensiz sintetik materialga nisbatan 28% ga yuqori hajm, suyak zichligi, fibroz tolali to‘qima hosil bo‘lishining yuqori darajasi bilan ifodalangan, eksperimental usullar va rentgen nurlari bilan isbotlanganligi buyicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 06 yanvardagi 8 u-r /31-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan “Primenenie kollagensoderjashhix kostnix materialov pri augmentatsii verxnechelyustnoy pazuxi” xamda 2023 yil 06 yanvardagi 8 u-r /32-son bilan tasdiqlangan “Podnyatie dna verxnechelyustnoy pazuxi s primeneniem sinteticheskix kostnoplasticheskix chastis. oslojneniya i metodi ix ustraneniya” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Chilonzor tumanidagi ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 1 may 14-son, xamda Toshkent shaxar “Denta Yigirma to‘rt” MChJ xususiy stomatologik klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2022 yil 16 sentyabr 9-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tatbiq natijalarida, sinuslarni ko‘tarish paytida kollagen o‘z ichiga olgan sintetik osteoplastik materialdan foydalanish suyaklarning tez tiklanishiga yordam berdi, protezlash va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya vaqtini qisqartirdi (og‘riqni yo‘qolishi, kollateral shish va giperemiya yo‘qligi) va bemorning xayoti sifatini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan tavsiyalarning qo‘llanilishi bitta tekshirilgan bemorning ma’lumotlarini hisoblagan xolda va sinus augmentatsiya uchun qo‘llaniladigan sintetik osteoplastik material boshka turdagi materiallardan narxidagi tafovut oqibatida sarflanadigan xarajatlarni qisqarishiga sabab buldi, buning natijasida 1200000 so‘m iqtisod qilish imkoni paydo bo‘ldi. Xulosa: kollagenlashtirilgan sintetik suyak bloki yuqori jag‘ augmentatsiyasi amaliyotida qo‘llanishi eksperimental xayvonlar va klinikadagi bemorlarda xajm stabilligini oshishi va yangi suyak xosil qilib osteointegratsiya jarayonini o‘rtacha 28%ga tezlashtirishga va vaqt o‘tgani sayin augmentat xajmini rezorbsiya oqibatida kamayishi sekinlashtirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: gistologik hisoblashda yuqori osteoblastik faollik aniqlandi, bu kollagensiz va kollagenli sintetik materialdan (3,47 va 3,81 mm2), 4 dan 12 haftagacha (3,89 va 5,51 mm2) mos ravishda, kollagen o‘z ichiga olgan osteoplastik sintetik materialdan foydalanganda yangi hosil bo‘lgan suyakning ko‘payishida ifodalangani aniqlanganligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 06 yanvardagi 8 u-r /31-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan “Primenenie kollagensoderjashhix kostnix materialov pri augmentatsii verxnechelyustnoy pazuxi” xamda 2023 yil 06 yanvardagi 8 u-r /32-son bilan tasdiqlangan “Podnyatie dna verxnechelyustnoy pazuxi s primeneniem sinteticheskix kostnoplasticheskix chastis. oslojneniya i metodi ix ustraneniya” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Chilonzor tumanidagi ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 1 may 14-son, xamda Toshkent shaxar “Denta Yigirma to‘rt” MChJ xususiy stomatologik klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2022 yil 16 sentyabr 9-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samadorligi ushbu tadqiqotlar natijalari mutaxassislarning o‘tkazilgan augmentatsiyadan so‘ng tish implantlarini bemor jag‘iga o‘rnatish muddatini qisqartiradi va protezlash samaradorligini va xizmat qilish muddatini oshirgan. Iqtisodiy samadorligi: natijada bemorga olinmaydigan protezlar ko‘yilish muddati qisqaradi. Taklif qilingan suyak xosil qiluvchi material qo‘llanilganda bemorga kerak bulgan suyak miqdorini boshka sintetik suyak materiallariga nisbatdan kamroq ishlatish imkoniyatini beradi. Bu o‘z navbatida urta xisobda xar bir bemor uchun 200000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: tadkiqot natijalariga ko‘ra, kollagenlashtirilgan suyak blokini yuqori jag‘ protezlashdan oldingi buladigan jarroxlik muolajalarda ishlatilinganda, u jaroxat o‘rnini tezroq va og‘riqsiz bitishiga imkon bergan. O‘tkazilgan jarroxik amaliyotidan keyin implantat qo‘yilib protezlashgacha bo‘lgan davrni qisqarishiga yordam bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: kollagen o‘z ichiga olgan osteoplastik sintetik materialdan foydalanganda operatsiyadan keyingi erta davrda kengaytirilgan hududning faol fibrovaskulyarizatsiyasi kuzatilganligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 06 yanvardagi 8 u-r /31-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan “Primenenie kollagensoderjashhix kostnix materialov pri augmentatsii verxnechelyustnoy pazuxi” xamda 2023 yil 06 yanvardagi 8 u-r /32-son bilan tasdiqlangan “Podnyatie dna verxnechelyustnoy pazuxi s primeneniem sinteticheskix kostnoplasticheskix chastis. oslojneniya i metodi ix ustraneniya” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Chilonzor tumanidagi ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 1 may 14-son, xamda Toshkent shaxar “Denta Yigirma to‘rt” MChJ xususiy stomatologik klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2022 yil 16 sentyabr 9-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: augmentatsiya qilingan joyda faol fibrovaskulyarizatsiya kuzatilishi bu osteointegratsiya jarayoni tez o‘tishidan darak beradi, bu o‘z o‘rnida tez suyak tzqimasini xosil qilishiga olib keladi, buning oqibatida bemorlarda operatsiyadan keyingi reabilitatsiya va protezlash davri qisqaradi, shu bilan ularning turmush darajasini oshiradi va jamiyatdagi ikkilamchi adentiya bilan kasallangan bemorlarni sonini kamaytirishi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori jag‘ chaynov tishlar ikkilamchi adentiyasi bor bemorlarda implantatlarni bitishi va osteointegratsiya muddatlarini 6 oydan 4,5 oyga qisqarganligi namoyon bo‘ldi, tish qatorlari nuqsonlarini dental implantlariga tayangan protezlar bilan protezlash imkonini bergan. Xulosa: suyak to‘qimalarining holatini yaxshilash (augmentatsiya maydonida fibrovaskulyar to‘qima miqdorining oshishi) yuqori jag‘ chaynov tishlar ikkilamchi adentiyasi bo‘lgan bemorlarni samarali xirurgik va ortopedik davolashga imkon bergan, shu bilan ularning turmush darajasini oshiradi va jamiyatni yuqori jag‘ chaynov tishlar ikkilamchi adentiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashning murakkabligi muammosidan xalos qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ sinusni kollagen o‘z ichiga olgan osteoplastik sintetik material bilan transplantatsiya qilingan bemorlarda kollagensiz sintetik materialdan farqli o‘laroq, klinik ko‘rsatkichlarning erta yaxshilanishi (og‘riqni yo‘qotish, kollateral shish va giperemiyaning yo‘qligi) aniqlanganlik bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 06 yanvardagi 8 u-r /31-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan “Primenenie kollagensoderjashhix kostnix materialov pri augmentatsii verxnechelyustnoy pazuxi” xamda 2023 yil 06 yanvardagi 8 u-r /32-son bilan tasdiqlangan “Podnyatie dna verxnechelyustnoy pazuxi s primeneniem sinteticheskix kostnoplasticheskix chastis. oslojneniya i metodi ix ustraneniya” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Chilonzor tumanidagi ko‘p tarmoqli klinikasi 2023 yil 1 may 14-son, xamda Toshkent shaxar “Denta Yigirma to‘rt” MChJ xususiy stomatologik klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2022 yil 16 sentyabr 9-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yuqori jag‘ chaynov tishlar ikkilamchi adentiyasi bor bemorlarda implantatlarni bitishi va osteointegratsiya muddatlarini 45 kun muddatiga qisqarganligi namoyon bo‘ldi, tish qatorlari nuqsonlarini suyak etishmovchiligida yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasidan so‘ng dental implantlariga tayangan protezlar bilan protezlash imkonini bergani izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning operatsiyadan so‘ngi xolatini va suyakning tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan kompleks ortopedik davolashda iqtisodiy samaradorlik tahlili shuni ko‘rsatdiki, tibbiy xizmat narxi bitta shunga o‘xshash holat uchun 1200000 so‘mni tejashga imkon beradi: X/S = IS / (S2-S1) = 1200000/(28) = 48857,14 sum. Xulosa: shunday qilib, kollagen saqlovchi sintetik osteoplastik materiallarni yuqori jag‘ sinus augmentatsiyasida qo‘llash va davolash chora-tadbirlarni amalga oshirish tufayli, suyakning tuzilishini oldindan tahlil qilish bilan keng qamrovli ortopedik davolash har bir holat uchun 48857,14 so‘mni tejash imkonini bergan.