Raxmonov Zafarjon Zayniddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) nomi “Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash instituti (qiyosiy-huquqiy tadqiqot)”, 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1415.
Ilmiy rahbar: Yusupov Sardorbek Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, dotsent Ruzmetov Xayrullo Ibadullaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zakirova Sevara Muradovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat fuqarolik xizmatini o‘tash instituti, huquqiy asoslari va amaliyotini o‘rganish orqali uni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslantirilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat fuqarolik xizmatchisini davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan himoya qilishning muhim bir elementi sifatida ularning hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilishni belgilash zarurligi asoslantirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisini davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan himoya qilishda tibbiy xizmat ko‘rsatishning ahamiyati ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyati davomida xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy tarzda oshirib borishi lozimligi asoslangan;
davlat fuqarolik xizmatchisi o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmasligi, ularning ta’siridan saqlanishi, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalardan quyidagilarda foydalanildi:
davlat fuqarolik xizmatchisini davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan himoya qilishning muhim bir elementi sifatida ularning hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilishni belgilashga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonuni 53-moddasi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 04/10-10-44-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat tomonidan davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilishning muhim bir elementini belgilashga xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisini davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan himoyalash turlaridan biri sifatida tibbiy xizmat ko‘rsatishni belgilashga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonunining 53-moddasi ettinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 04/10-10-44-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish turlaridan birini belgilashga xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyati davomida xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy tarzda oshirib borishigi oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari 9-bandi oltinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir kotibiyati Axborot tahlil va  yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 23-oktyabrdagi 12-15-98-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatchisi qanday lavozimda bo‘lishidan qatʼi nazar xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirishni belgilashga xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisi o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmasligi, ularning ta’siridan saqlanishi, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olishi zarurligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari 9-bandi o‘n uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 18-dekabrdagi 12/21-98-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat faoliyatida fuqarolarni kamsitmasligi, shuningdek, ularning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olishi shart va zarurligini belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish