Mirzaev Shuxrat Shavkatovichning
fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi) nomi: “Huquqning harakatlanishi: nazariya va amaliyot muammolari”, 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.1.DSc/Yu274.
Ilmiy rahbar: Odilqoriev Xodjimurot Tuxtamurotovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Axmedshaeva Mavlyuda Axatovna; yuridik fanlar doktori, professor Umarova Karligash Umarovna, yuridik fanlar doktori, professor Gafurov Askar Boyisovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonni modernizatsiyalash sharoitida «huquqning harakatlanishi» fenomenining umumnazariy va amaliy muammolarini hamda huquq harakatlanishining zamonaviy konsepsiyasini kompleks tahlil qilish, shuningdek, huquqning ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabdan tashqari ta’lim hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga doir faoliyatga yangi huquqiy mexanizm – vakolatli davlat organlarini xabardor qilish tartibini joriy qilish zarurligi asoslab berilgan;
dehqon xo‘jaligining er uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya to‘liq hajmda berilganidan keyin yo‘l qo‘yilishi tartibini joriy qilish zarurligi ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilgan;
tadbirkorlik subektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini, jumladan, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obektlarning faoliyatini to‘xtatish va (yoki) qayta yo‘naltirishni faqat sud tartibida amalga oshirish tartibini joriy qilish zarurligi asoslantirilgan;
nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga o‘z faoliyatini tashkil qilishda davlat ta’lim standartiga muvofiq tashkil etishi kerakligiga oid talabni joriy qilish zarurligi asoslab berilgan;
vakolatli davlat organlari tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati, shuningdek lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilini xabardor qilishi zarurligi asoslab berilgan;
ta’lim to‘gʻrisidagi hujjatni tan olish tartibini takomillashtirish, bunda har bir soha bo‘yicha vakolatli davlat organini aniq belgilash zarurligi to‘gʻrisidagi taklif asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanildi:
maktabdan tashqari ta’lim hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga doir faoliyatga yangi huquqiy mexanizm – vakolatli davlat organlarini xabardor qilish tartibini joriy qilish zarurligi to‘gʻrisidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi
O‘RQ-957-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘gʻrisida»gi Qonuni 571-moddasini ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 30-martdagi 06-13/26-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi maktabdan tashqari ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohalaridagi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirishga, ulardan foydalanuvchilarning sonini kengaytirishga xizmat qilgan;
dehqon xo‘jaligining er uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya to‘liq hajmda berilganidan keyin yo‘l qo‘yilishi tartibini joriy qilish zarurligi to‘gʻrisidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘gʻrisida»gi Qonuni 25-moddasi to‘rtinchi qismini takomillashtirishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 30-martdagi 06-13/26-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi dehqon xo‘jaliklarining erga egalik qilish va erdan foydalanish huquqlarining kafolatlarini kuchaytirishga va to‘liq ro‘yobga chiqarilishiga xizmat qilgan;
tadbirkorlik subektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralarini, jumladan, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obektlarning faoliyatini to‘xtatish va (yoki) qayta yo‘naltirishni faqat sud tartibida amalga oshirish tartibini joriy qilish zarurligi to‘gʻrisidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil
2-martdagi O‘RQ-756-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘gʻrisida»gi Qonuni
42-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 30-martdagi 06-13/26-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi tadbirkorlik faoliyati erkinligini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga, shuningdek, ularning faoliyatiga aralashuvni cheklashga xizmat qilgan;
nodavlat umumta’lim o‘quv muassasalariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda davlat ta’lim standartlariga rioya qilish majburiyatini belgilash to‘gʻrisidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi O‘RQ-957-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘gʻrisida»gi Qonuni 9-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 1-maydagi 03-08/63-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘z faoliyatini davlat tomonidan belgilangan ta’lim standartlari asosida amalga oshirish majburiyatini mustahkamlashga xizmat qilgan;
vakolatli organlarning ular tomonidan nodavlat o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring olib borish choralarini amalga oshirishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilini xabardor qilishi zarurligi to‘gʻrisidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi O‘RQ-957-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘gʻrisida»gi Qonuni 43-moddasining beshinchi qismiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 1-maydagi 03-08/63-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi faoliyati ustidan nazorat amalga oshirilayotganda nodavlat ta’lim tashkilotlarining huquq va manfaatlarining ta’minlashga xizmat qilgan;
ta’lim to‘gʻrisidagi hujjatni tan olish tartibini takomillashtirish, bunda har bir soha bo‘yicha vakolatli davlat organini aniq belgilash zarurligi to‘gʻrisidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi O‘RQ-957-sonli Qonuni bilan «Ta’lim to‘gʻrisida»gi Qonunning 60-moddasi ikkinchi qismini takomillashtirishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 1-maydagi 03-08/63-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ta’lim to‘gʻrisidagi hujjatlarni tan olish sohasidagi faoliyatini tartibga solishga, vakolatlar chegarasini belgilashga xizmat qilgan.