Barnoeva Nilufar Yoqubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “AKT yo‘nalishi talabalariga ingliz tilida kollokatsiyalarni til korpusi asosida o‘rgatish metodikasi”, 13.00.02-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7421
Ilmiy rahbar: Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti PhD03/30.05.2024.Ped.10.07  
Rasmiy opponentlar: Muradkasimova Kamola Shuxratovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Nazarova Madina Ataxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.          
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi talabalariga ingliz tilida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid kollokatsiyalarni til korpusi asosida o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
  AKT yo‘nalishi talabalariga ingliz tilida AKT sohasiga oid kollokatsiyalarini o‘rgatishda ingliz va o‘zbek tillardagi kollokatsiyalarni qiyoslash orqali leksik, grammatik, fonetik, sintaktik va semantik interferensiya holatlari aniqlashtirilgan;
  AKT yo‘nalishi talabalarining AKT sohasiga oid kollokatsiyalarga doir bilimlarini  oshirishga yordam beradigan til korpusining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish orqali konkordans va korpus menejerining didaktik xususiyatlari va metodik funksiyalari aniqlashtirilgan;
AKT yo‘nalishi talabalariga ingliz tilida AKT sohasiga oid kollokatsiyalarini o‘qitish jarayoniga til korpusi, CLIL (Content and Language Integrated Learning) va DDL (Data-driven Learning) yondashuvlarini tadbiq etish orqali o‘qitish modeli takomillashtirilgan;
AKT yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida AKT sohasiga oid kollokatsiyalarga doir bilimlari NOW korpusida mavjud autentik materiallarini qo‘llash asosida tuzilgan reseptiv va produktiv mashqlar yordamida takomillashtirilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
AKT yo‘nalishi talabalariga ingliz tilida AKT sohasiga oid kollokatsiyalarini til korpusi asosida o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan  ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
  AKT yo‘nalishi talabalariga ingliz tilida AKT sohasiga oid kollokatsiyalarini o‘rgatishda ingliz va o‘zbek tillardagi kollokatsiyalarni qiyoslash orqali leksik, grammatik, fonetik, sintaktik va semantik interferensiya holatlarini aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Software development” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14- avgustdagi 418-126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada AKT yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida AKT sohasiga oid kollokatsiyalarni o‘zlashtirishi takomillashtirilgan;
til korpusining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish orqali AKT yo‘nalishi talabalarining AKT sohasiga oid kollokatsiyalar savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi konkordans va korpus menejerining didaktik xususiyatlari va metodik funksiyalari aniqlanganligi haqidagi xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida amalga oshirilgan F3-XT-20200930404 raqamli “Bo‘lak-polinomial bazislarda signallar va tasvirlarga raqamli ishlov berishning intellectual dasturiy-texnik tizimlarini yaratishning nazariy metodologik asoslari” loyihasi doirasida foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti № 4003/05-2, 10.11.2024). Natijada AKT yo‘nalishi talabalarining til korpusidan foydalanish ko‘nikmalari va komputer savodxonligiga doir bilimlari oshirilgan;
AKT yo‘nalishi talabalariga ingliz tilida sohaga oid kollokatsiyalarini o‘qitish jarayoniga til korpusi, CLIL (Content and Language Integrated Learning) va DDL (Data-driven Learning) yondashuvlarini tadbiq etish orqali o‘qitish modeli ishlab chiqilgan va “Cyber Age” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 10-oktyabrdagi 1023-051-son “Darsliklarni nashr etishga ruxsat” guvohnomasi). Natijada AKT yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida nutqiy kompetensiyalari rivojlantirilgan;
AKT yo‘nalishi talabalariga ingliz tilida AKT sohasiga oid kollokatsiyalarni til korpusi asosida o‘rgatish metodikasi Toshkent shahri, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari oliy ta’lim muassasalari amaliyotiga tadbiq etilgan (Muhammmad        al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, TATU Farg‘ona filiali, TATU Samarqand filiali 2024-yil 18-martdagi 09-13-874-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan metodikani qo‘llash natijasida AKT yo‘nalish talabalarining og‘zaki va yozma nutqda ingliz tilida AKT sohasiga oid kollokatsiyalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini egallash samaradorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish