Raximbaev Musobek Komiljon o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Ogahiy asarlari elektron lug‘atini yaratishning lingvistik va dasturiy asoslari (“Ta’vizu-l-oshiqin” misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4027.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurboniyazov Gulmirza Allamberganovich Filologiya fanlari doktori, dotsent, Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor,.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ogahiyning “Ta’vizu-l-oshiqin” devoni elektron lug‘atini tuzishning lingvistik va dasturiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
Ogahiyning “Ta’vizu-l-oshiqin” devoni tarkibida qo‘llanilgan she’riy misralarni raqamlashtirish jarayonlari uchun lingvistik tahlil buyruqlarini yaratish hamda ulardan foydalanish bosqichlari asoslangan;
Ogahiyning “Ta’vizu-l-oshiqin” devoni matn korpusini shakllantirishda ma’lumotlar modelini loyihalash hamda lug‘atlar uchun til ta’minotini ishlab chiqishning lingvistik jihatlari zamonaviy tilshunoslik tajribalariga tayangan holda dalillangan;
    ma’lumotlar bazalaridan foydalanish jarayonlarining eng asosiy (insert, select, update, delete) buyruqlari tadqiqotga tatbiq qilingan hamda devonning til ta’minoti uchun maxsus dasturiy muhit tanlashning lingvistik asoslari isbotlangan;
Ogahiyning “Ta’vizu-l-oshiqin” devoni tarkibidagi so‘zlar va baytlarni  elektron lug‘at orqali tahlil qilish va izohlashda tezkor qidiruv tamoyillari asosida ishlovchi dasturiy ilova yaratish jarayonlari yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Ogahiy asarlari elektron lug‘atini yaratishning lingvistik va dasturiy asoslari yuzasidan olingan natijalar asosida:
elektron lug‘at va uning asosiy tarkibiy qismlari, Ogahiy “Ta’vizu-l-oshiqin” devonining matn korpusini shakllantirishning lingvistik xususiyatlari, elektron lug‘at uchun til ta’minoti jarayonlarini ishlab chiqishning lingvistik jihatlaridan hozirda iste’moldan chiqqan so‘zlarni izohlashda foydalanish yuzasidan olingan natijalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-FI-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 31-oktyabrdagi 509/1-son maʻlumotnomasi). Natijada ushbu Ogahiy devoni elektron lug‘atida qo‘llanilgan so‘z va iboralar keng ko‘lamli ijod namunalari sifatida adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilishning zamonaviy echimlari bo‘lib xizmat qilgan;
qadimiy qo‘lyozmalar sarlavhalari va noyob manbalarini tahlil qilish jarayonlarida  Ogahiyning “Ta’vizu-l-oshiqin” devoni elektron lug‘atining lingvistik ma’lumotlar bazalaridan Xorazm Ma’mun akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi 238-son qarori 3-bandiga muvofiq bajarilgan A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida keng foydalanilgan (O‘zR FA Xorazm Ma’mun akademiyasining 2024-yil 12-iyundagi №106/2-24-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron lug‘at orqali eski o‘zbek adabiy tili davriga xos manbalarning lisoniy xususiyatlarini anglashga erishilgan;
ilmiy-texnologik echimlar asosida yaratilgan elektron lug‘atga O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reestridan (Intellektual mulk agentligi, 2024-yil 6-martdagi № DGU 34620-son) mualliflik guvohnomasi olingan. Ushbu guvohnoma ilmiy ishning innovatsion jihatini tasdiqlaydi;
 “Ta’vizu-l-oshiqin” devoni tarkibidagi she’riy misralarni o‘rganish jarayonlarida elektron lug‘atga o‘rnatilgan qidiruv tuzilmalari yordamida juda oson va tez topiluvchi so‘zlar izohi, baytning nasriy bayoni hamda yangi talqindagi ma’nolar sharhlangan ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm” ko‘rsatuvida foydalanilgan (Xorazm teleradiokompaniyasi 2024-yil 23-fevraldagi №531-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda Muhammad Rizo Ogahiy asarlari tilining o‘ziga xos xususiyatlari, ijodkorning so‘z qo‘llashdagi mahorati bilan bog‘liq masalalarni atroflicha yoritish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish