Rahimova Shodiya Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Ingliz va o‘zbek tillarida bahuvrihining differensial o‘rganilishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1989.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumaniyozov Atabay, filologiya fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Cho‘ponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sodiqov Zohidjon Yakubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi bahuvrihilarni son va sifat jihatdan tahlil qilib, ularni morfologik va semantik qirralarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyoning ko‘pchilik tillarida keng o‘rganilgan va o‘z vaqtida dunyo tilshunosligida leksikologik vosita sifatida “bahuvrihi” termini ostida mashhur bo‘lib ulgurgan, biroq milliy tilimiz bo‘lmish o‘zbek tilida hali noma’lum bo‘lgan, ustida izlanishlar endi boshlanayotgan va shu paytgacha gohida aniqlovchili qo‘shma so‘zlar, gohida attributiv qo‘shma so‘zlar deb atalib, uning noyob til hodisasi ekanligiga etarli e’tibor berilmay kelinayotgan til birliklari ilmiy-nazariy dalillangan;
ingliz tilining so‘z yasalish tizimidagi kompozisiya usulida yasalgan qo‘shma so‘zlarning turlicha tasniflari tahlili asosida endosentrik, ekzosentrik, koopulyativ usullar va komponentlararo semantik daxldorlik hamda o‘zbek tilidagi shunga monand til birliklarining o‘ziga xosliklari, salmogʻi va so‘z yasalishi sohasidagi o‘rni yoritilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida bahuvrihilarning attributiv qo‘shma so‘zlarning alohida bir turi ekanligi, chogʻishtirilayotgan tillarda bahuvrihi komponentlarining o‘z yoki ko‘chma ma’noda birikishi, ularning aksariyat qismi metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi stilistik vositalar bilan ifodalanish va pragmatik jihatdan differensial belgilarga egaligi isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda bahuvrihilarning asosan inson shaxsi nomlanishi bilan bog‘liq holda yaratilishi (yasalishi), ishora qilinayotgan shaxsning aniqlanishi, qo‘shma so‘zlarning komponentlararo ma’no munosabatlarining mushtaraklashuvi natijasidan kelib chiqishi, o‘zbek tilida jonli misollar (600 ga yaqin) bilan ko‘rsatilgan va ingliz tilida “man” (196 ta), “maker” (60 ta, undan 10 tasi o‘zbek tiliga o‘zlashgan) komponentli bahuvrihilar bilan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tilidagi bahuvrihilarning differensial tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagi davlat granti loyihalarida foydalanilgan:
dunyoning ko‘pchilik tillarida keng o‘rganilgan va o‘z vaqtida dunyo tilshunosligida leksikologik vosita sifatida “bahuvrihi” termini ostida mashhur bo‘lib ulgurgan, o‘zbek tilida hali monografik tahlil qilinmagan til birliklari ilmiy-nazariy va amaliy natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialida 2017–2020-yillar davomida bajarilgan “FZ-2016-09081655Z2 raqamli Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2024-yil 20-fevraldagi №71-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchining ilmiy-nazariy fikr va ma’lumotlari qoraqalpoq tilidagi shunday til birliklari tadqiqi uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarining bahuvrihilarga boy ekanligi hamda ularning semantik imkoniyatlari haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-2025-yillarda “Kitobxonlik madaniyatini rivojantirish va qo‘llab quvvatlash” milliy dasturi asosida 2020-yil 14-dekabr 781-son Qarori ijrosi bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirishda Mahmud Zamahshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxonasi faoliyati doirasida tashkil qilingan “Til va tafakkur” nomli loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2024-yil 15-maydagi 02-02/605-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchi tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ilmiy maqolalar kitobxonlar e’tiboriga taqdim qilinib, mavzu bo‘yicha batafsil tushuncha hosil bo‘lishiga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillarining lugʻat tarkibidagi bahuvrihilar, ayniqsa, ularning mazmun-mohiyati va semantik-morfologik xususiyatlari haqidagi xulosalaridan Xorazm teleradiokompaniyasining “Til – millat ko‘zgusi” eshittirishida, “Tilimizni o‘rganamiz” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-yanvardagi 125- va 132- son maʼlumotnomalari). Natijada adabiy-badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy dasturlarda tilimizga yangi kirib kelgan qo‘shma so‘z ko‘rinishidagi leksemalarning ahamiyati va o‘ziga xosliklari kengroq ochib berilgan.