Hakimova Ziyoda Tohirjon qizining    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ingliz va o‘zbek tillaridagi tikuv buyumlari konstruksiyasiga oid terminlarning leksik-semantik va lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil3905.
Ilmiy rahbar: Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc 03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nabieva Dilorom Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tikuvchilik sohasiga oid  terminlarning ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llanilishidagi leksik-semantik va madaniy o‘ziga xosliklarni tahlil qilish orqali ushbu terminlarning madaniy mazmunini, ularning lingvistik xususiyatlarini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi tikuv buyumlari konstruksiyasiga oid terminlarning diaxronik rivojlanishi chuqur o‘rganilgan, bu terminlar asrlar davomida ma’noviy o‘zgarishlarga uchragani, ularning zamonaviy tillarda qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lgani va tarixiy jarayonlarning ushbu sohada qoldirgan izlari keng qamrovda tahlil qilingan;
 ingliz va o‘zbek tillaridagi tikuv buyumlariga oid terminlarning leksik-semantik va grammatik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, bu terminlarning ikki tildagi o‘xshash va farqli jihatlari, ularning morfologik tuzilishi, sintaktik imkoniyatlari va semantik o‘ziga xosliklari ilmiy asosda isbotlangan va tizimlashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tikuvchilik terminlarining funksional-semantik va uslubiy xususiyatlari ilmiy doirada keng ko‘lamli tadqiqot obekti sifatida o‘rganilib, ushbu terminlar har ikkala tilda qanday stilistik va semantik yuklamalarni amalga oshirishi, ularning nutqiy vazifalari va turli kontekstlarda qanday funksional o‘zgarishlarga duch kelishi aniqlangan va lingvistik qoidalar doirasida izohlab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar va paremiyalarda uchraydigan tikuv terminlarining lingvomadaniy xususiyatlari keng qamrovda tahlil qilinib, tikuvchilik terminlarining frazeologik birliklar tarkibida qo‘llanilishi, ularning madaniy va milliy qadriyatlarni aks ettirishdagi roli, shuningdek, bu sohadagi til birliklarining ingliz va o‘zbek milliy madaniyatlarida qanday ifodalanganligi chuqur o‘rganilgan va qiyosiy ravishda yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. . Ingliz va o‘zbek tillaridagi tikuv buyumlari konstruksiyasiga oid terminlarni leksik-semantik va lingvokulturologik jihatdan qilingan tadqiq asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi tikuv buyumlari konstruksiyasiga oid terminlarning diaxronik rivojlanishi, bu terminlar asrlar davomida ma’noviy o‘zgarishlarga uchragani, ularning zamonaviy tillarda qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lgani va tarixiy jarayonlarning ushbu sohada qoldirgan izlari tahliliga doir xulosa va  tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun electron platformasini yaratish (PreschoolIPDP)” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilagan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 2-apreldagi 04/11-2493-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo’llanilishi orqali loyiha doirasida o’quv adabiyotlari, tarqatma materiallarini yaratishda va OAVda maqola chop etishda hamda ommaviy auditoriyani keng jalb qilishda o’ziga xos vazifani bajarishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tikuv buyumlariga oid terminlarning leksik-semantik va grammatik xususiyatlari qiyosiy tahlili, bu terminlarning ikki tildagi o‘xshash va farqli jihatlari, ularning morfologik tuzilishi, sintaktik imkoniyatlari va semantik o‘ziga xosliklariga doir xulosa va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetning 2024-yil 6-iyundagi 04/1-1474-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratishda terminologiyaning ahamiyati ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tikuvchilik terminlarining funksional-semantik va uslubiy xususiyatlari, ushbu terminlarning har ikkala tilda qanday stilistik va semantik yuklamalarni amalga oshirishi, ularning nutqiy vazifalari va turli kontekstlarda qanday funksional o‘zgarishlarga duch kelishiga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efrirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi ( O‘zbekiston milliy teleradio- kompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 2-maydagi 02-06-598-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ssenariysida o‘zbek milliy tikuvchilik buyumlariga oid terminlarning rivojlanish asoslari yaqqol ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish