Nazarov Azizbek Ulugbekovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tugab borayotgan gazkondensat-neft` konlarida yaratiladigan er osti gaz saqlash ombori siklik ekspluatatsiyasi tizimlarini loyihalashtirishni takomillashtirish va optimallashtirish (Gazli va Xo‘jobod er osti gaz saqlash ombori misolida)», 04.00.13–Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/T206.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.

Rasmiy opponentlar: Mixaylovskiy Aleksandr Artyomovich, texnika fanlari doktori; Alimov Ismoil Alimovich, texnika fanlari doktori, professor; Zakirov A’zamjon Alimjanovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: er osti gaz omborlarini takomillashtirish sharoitlarida ulardan foydalanish tizimlarini loyihalashtirish va optimallashtirishning yangi metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Gazli va Xo‘jobod konlaridagi gaz uyumlarini qazish jarayonlarini ulardan er osti gaz saqlash ombori rejimida foydalanish parametrlari bilan bog‘lab tizimli umumlashtirish asosida ob’ektlarning qish davrida tabiiy gaz olish quvvatlarini oshirish uchun potensial tabiiy gaz resurslari aniqlangan;

er osti gaz saqlash omborining gazni haydash va olish quvvatini oshirish bo‘yicha tizimli-optimizatsion masalalarni hal etish asosida er osti gaz saqlash omboridan foydalanishning texnologik rejimlarini optimal boshqarish metodikalari ishlab chiqilgan;

er osti rezervuarlarida anomal past qatlam bosimlari bo‘lganida, gaz olish jarayonida quduqlarning yuqori unumdorligini ta’minlovchi lokal depression voronkalarni yaratish orqali gorizontal quduqlar tizimlariga ega er osti gaz saqlash omborini loyihalashtirishga yangicha yondashuvlar ishlab chiqarilgan;

gaz saqlash vazifalarini konservatsiyada bo‘lgan gorizontlardan gaz va neft qazib chiqarishni tiklash bilan birlashtirgan holda er osti gaz saqlash ombor quvvatini oshirishning ilmiy-texnologik echimi asoslangan;

rezervuarlarda anomal past qatlam bosimlari bo‘lganida, iste’molchilarga beriladigan tabiiy gazning tegishli sifatini ta’minlash orqali er osti gaz saqlash omborini er ustida jihozlash tizimlarini loyihalashtirish tamoyili ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Er osti gaz saqlash omborining ekspluatatsiyasi tizimlarini loyihalashtirishni takomillashtirish va optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

uzoq vaqt konservatsiyada bo‘lgan mavjud quduqlarni kapital ta’mirlash texnologiyasi Gazli er osti gaz saqlash omborida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 20 avgustdagi 02/14-2-26-5452-son ma’lumotnomasi). Natijada 503, 281 quduqlarni takror foydalanishga kiritish va 2014-2017 yillarning qish davrlarida ushbu quduqlardan gaz olish hajmini 4,7% ga oshirish imkonini bergan;

Gazli er osti gaz saqlash ombori ostida yotgan gorizontlardan gaz qazib chiqarishni tiklash bilan birgalikda tabiiy gaz saqlash hajmlarini oshirishning texnologik sxemasi «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 20 avgustdagi 02/14-2-26-5452-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu gorizontlardan yiliga 890,0 mln. kub. m gaz qazib chiqarish va tiklash imkonini bergan;

faol gaz saqlash hajmlarini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha texnologik sxema Xo‘jobod er osti gaz saqlash omborida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 20 avgustdagi 02/14-2-26-5452-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalashtirishga qabul qilingan takomillashtirish tizimi yordamida gazni saqlash xajmini 78% oshirish imkoni yaratilgan;

«Er osti gaz omborlari. Tezkor tahlil va foydalanishni nazorat qilish» boshqaruv hujjati (O’zRH 39.0-144:2015) «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 20 avgustdagi 02/14-2-26-5452-son ma’lumotnomasi). Natijada er osti gaz saqlash omborini ishlatish monitoringi samarasini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish