Saydalieva Muxlisaxon Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek tilidagi presedent nomlarning lingvistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil1089.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy rahbar: Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Saparniyazova Muyassar, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi presedent nomlarning lingvomadaniy, sotsiolingvistik, assotsiativ xususiyatlarini o‘zbek lingvomadaniy hamjamiyati vakillarining kognitiv bazasi bilan aloqadorlikda aniqlashdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida ilk marta presedent nomlar bilan unga yondosh onomastik stereotip, etalon, ramz kabi lingvistik hodisalar o‘rtasidagi farqli jihatlar aniqlanib, presedent nomlarning atoqli otlarga taalluqli bo‘lishi, til sohiblari orasida mashhurligi, ramziylik kasb etishi, shuningdek, o‘ziga daxldor presedent birliklar bilan uzviy aloqada bo‘lib, ularga ishora qilishi sotsiolingvistik va lingvomadaniy yondashuv asosida ochib berilgan;
presedent nomlarning onomastik fondda ko‘plab subektlarni bitta atoqli ot asosida nomlashga xizmat qiluvchi umumiy hamda yakkalab ajratishga xizmat qiluvchi individual nomlardan farqlanuvchi alohida onimlar tizimini hosil qiluvchi lingvomadaniy birliklar ekanligi Quyosh, Zuhra, Kumush, Tohir, Navoiy nomlari misolida asoslangan;
presedent nomlarning mashhurligi, til sohiblariga yaxshi tanish ekanligi kabi lingvomadaniy belgilari asosida onomastik metafora, perifraza, deonimlashish, transonimizatsiya kabi lingvistik hodisalar aktuallashuvida muhim o‘rin tutishi aniqlanib, brend nomlari sifatida qo‘llanuvchi Tefal, Jeep, Akfa, Thermos singari atoqli otlarning xalq orasida keng ommalashishi kabi nolisoniy hodisalar presedentlikni yuzaga chiqaruvchi omillardan biri ekanligi isbotlangan;
presedent nomlarga oid assotsiatsiyalarda mazkur birliklar o‘zbek lingvomadaniy hamjamiyatiga xos vatanparvarlik, mardlik, go‘zallik, adolatparvarlik kabi milliy qadriyatlar uchun etalon sifatida tanlanishi, shuningdek, turtki onimlarga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatlar gender farqlar orqali ifodalanishi Alpomish, Barchin, Kumush, Tohir, Zuhra, Shoahmad Shomahmudov kabi milliy hamda Azroil, Injil, Qur’on, Ka’ba, Buratino, Limuzin, Nobel, Parij, Romeo, Koshchey, Don Juan kabi universal nomlardan olingan erkin assotsiativ tajriba natijalari asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan OT-F1-78 raqamli “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (o‘zbek tili vazifaviy uslublari tahlili asosida)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida o‘zbek tilshunosligida ilk marta presedent nomlar bilan unga yondosh onomastik stereotip, etalon, ramz kabi lingvistik hodisalar o‘rtasidagi farqli jihatlarini aniqlashga; presedent nomlarning atoqli otlarga taalluqli bo‘lishi, til sohiblari orasida mashhurligi, ramziylik kasb etishi, shuningdek, o‘ziga daxldor presedent birliklar bilan uzviy aloqada bo‘lib, ularga ishora qilishi sotsiolingvistik va lingvomadaniy yondashuv asosida ochib berishga; presedent nomlarning onomastik fondda ko‘plab subektlarni bitta atoqli ot asosida nomlashga xizmat qiluvchi umumiy hamda yakkalab ajratishga xizmat qiluvchi individual nomlardan farqlanuvchi alohida onimlar tizimini hosil qiluvchi lingvomadaniy birliklar ekanligi Quyosh, Zuhra, Kumush, Tohir, Navoiy nomlari misolida asoslashga oid ilmiy-nazariy xulosalardan loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 11-dekabrdagi 3/1255-2744-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada presedentlik, intertekstuallik, deonimlik, transonimizatsiya, etalon, stereotip tushunchalarini izohlashda mazkur tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tagan. Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan nashr etilgan 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. – 1–5-jildlar)da keltirilgan yangi tilshunoslikka oid terminlarning izohini boyitishda foydalanilgan.
Shuningdek, 2021–2022-yillarda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida bajarilgan IL-21071156 raqamli “Antropotsentrik tilshunoslik terminlari izohli lug‘ati”ni tuzish va nashr qilish (veb-sayti va mobil ilovasini yaratish)” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida tayyorlangan “Antropotsentrik tilshunoslik: tushuncha va terminlar” nomli monografiyaning “Cho‘lpon asarlarida intertekstuallik”, “Madaniyat kodlari xususida” nomli qismlarini yozishda, xususan, presedent nomlarga oid assotsiatsiyalarda mazkur birliklar o‘zbek lingvomadaniy hamjamiyatiga xos vatanparvarlik, mardlik, go‘zallik, adolatparvarlik kabi milliy qadriyatlar uchun etalon sifatida tanlanishi, shuningdek, turtki onimlarga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatlar gender farqlar orqali ifodalanishi Alpomish, Barchin, Kumush, Tohir, Zuhra, Shoahmad Shomahmudov kabi milliy hamda Azroil, Injil, Qur’on, Ka’ba, Buratino, Limuzin, Nobel, Parij, Romeo, Koshchey, Don Juan kabi universal nomlardan olingan erkin assotsiativ tajriba natijalari asosida dalillashda foydalanildi. Natijada loyihada presedentlik, intertekstuallik, allyuziya, stereotip hodisalari talqiniga oid nazariy qarashlar boyidi.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Telemarafon” dasturi ssenariysini tayyorlashda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zMTRK “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2024-yil 26-fevraldagi 01-14/46-son ma’lumotnomasi). Ushbu dasturda tadqiqotchining o‘zi ishtirok etib, presedent nomlarning mashhurligi, til sohiblariga yaxshi tanish ekanligi kabi lingvomadaniy belgilari asosida onomastik metafora, perifraza, deonimlashish, transonimizatsiya kabi lingvistik hodisalar aktuallashuvida muhim o‘rin tutishi haqida to‘xtalib, brend nomlari sifatida qo‘llanuvchi Tefal, Jeep, Akfa, Thermos singari atoqli otlarning xalq orasida keng ommalashishi kabi nolisoniy hodisalar presedentlikni yuzaga chiqaruvchi omillardan biri ekanligini ochib bergan. Natijada presedent nomlarning o‘zbek xalqining ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotidagi ahamiyati haqida tushunchalar berilgan, shuningdek, presedent nomlar haqidagi yangi bilimlar keng jamoatchilikka etkazilgan.