Mamadjanova Maftuna Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida epitetning chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.1.PhD/Fil3167.
Ilmiy rahbar: Gafurova Surayyo Ulugbekovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi epitetlarning morfologik, semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda lingvistik tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tilidagi epitetlarning yuzaga kelish sabablari, lisoniy manbalari, shakllanish mexanizmi, lingvistik tabiati, badiiy matndagi o‘rni, funksiyasi hamda ahamiyati aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda epitetlar morfologik jihatdan tasnif etilib, o‘zbek tilida ot, sifat, fe’l va ravish so‘z turkumlarida; ingliz tilida esa ot so‘z turkumi, tub sifatlar, yasama sifatlar, qo‘shma sifatlar va ularning bir nechta modellari, sifatning qiyosiy va orttirma darajalari, hozirgi zamon sifatdoshi, o‘tgan zamon sifatdoshi hamda hozirgi va o‘tgan zamon sifatdoshining predlog bilan qo‘llanilishi orqali yuzaga kelishi mumkinligi asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillarida epitetlarning semantik tabiati tadqiq etilib, hayvon, o‘simlik, kimyoviy element hamda ayollar bezakli taqinchoqlari, kichik asbob, mato, qimmatbaho tosh va osmon jismlari nomlari bilan yuzaga kelgan epitetlar guruhi aniqlanib, har ikki tilda ularning turli semalar orqali reallashishi isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tillarida yuzaga kelgan epitetlar mutlaqo milliy xarakterga ega ekanligini aniqlangan. Chog‘ishtirilayotgan tillarda hayvon, o‘simlik, kimyoviy element hamda osmon jismlari nomlari bilan yuzaga kelgan epitetlarning o‘zbek va ingliz xalqlarida turli xil bo‘yoqlarga ega ekanligi, semantik mohiyat-mazmuni lingvomadaniyat bilan bevosita bog‘liqligi faktik materiallar asosida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi epitetlarning morfologik, semantik hamda lingvomadaniy tahlili tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida epitetning semantik tabiati, xususan, qiyoslanayotgan tillarda hayvon, o‘simlik, kimyoviy element hamda ayollar bezakli taqinchoqlari, kichik asbob, mato, qimmatbaho tosh, osmon jismlari nomlari bilan yuzaga kelgan epitetlarning semalar reallashuviga ko‘ra tahlili hamda ularni o‘zbek va ingliz tillarida turli mazmunlar orqali hosil bo‘lishini she’riy va nasriy asarlardan keltirilgan misollar orqali asoslanishiga doir xulosa va ilmiy natijalaridan 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan №IL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida)” mavzusidagi amaliy loyihada “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda hamda Alisher Navoiyning g‘azallari tarkibidagi epitetlar va ularning morfologik xususiyatlari, semantik tabiati izohlangan fikrlardan ikki tilli lug‘at tuzishda samarali foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 1-iyuldagi № 04/1-1716-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan lug‘atlar, ilmiy maqolalar hamda monografiyalar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi epitetlarning yuzaga kelish sabablari, lisoniy manbalari, shakllanish mexanizmi, lingvistik tabiati, badiiy matndagi o‘rni, funksiyasi hamda ahamiyati borasidagi tadqiqi, ularning o‘zbek va ingliz tillarida morfologik jihatdan tasnifi, nutqda epitetlar yordamida obrazlilik va ta’sirchanlikni voqelantirish, ikki xalqning o‘zaro bir-birlarining madaniyati, mentaliteti, e’tiqodi, an’analari, qadriyatlarini kengroq anglash haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida o‘zbek tilining mavqeyini ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlash hamda ijodkor yoshlar uchun turli seminarlar va tadbirlar tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining Farg‘ona viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining 2024-yil 26-iyundagi 02-22/476-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi epitetlarning lingvistik xususiyatlari, badiiy matndagi o‘rnini o‘rganish, uning qiyoslanayotgan tillarda so‘z turkumlarida ifodalanish modellari hamda lingvomadaniy talqinlarining ilmiy ta’minotini yoritib borish kabi amaliyotlarda manba sifatida tadbiq etildi. Tadqiqot natijalari barkamol shaxsni tarbiyalash va ular ongiga milliy mustaqillik g‘oyasini singdirish, shuningdek, ularni milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga qiziqish uyg‘otish masalalarida muhim asos bo‘lib xizmat qildi;
o‘zbek va ingliz tilidagi yuzaga kelgan epitetlarning lingvistik tabiati, badiiy matndagi o‘rni hamda muhim xususiyatlari haqidagi xulosalardan Farg‘ona davlat universiteti “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida samarali va keng foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 2-iyuldagi 04/3564-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy til, madaniyat va badiiy san’atlar taraqqiyotida epitetlarning tutgan o‘rnini belgilash hamda xalqaro loyiha doirasida tashkillangan seminar va treninglarning mazmunini boyitilishiga asos bo‘ldi;
o‘zbek va ingliz tillaridagi epitetlar orqali nutqda obrazlilik va ta’sirchanlikni voqelantirish hamda millat madaniy hayotini chuqurroq tushunish, o‘zbek va ingliz tillaridagi epitetning morfologik, semantik va lingvomadaniy jihatdan tadqiqi, ikki xalqning o‘zaro bir-birlarining madaniyati, mentaliteti, e’tiqodi, an’analarini kengroq anglash haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan 2024-yilning mart va may oylarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston Yoshlari” nomli eshittirishlar ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 24-iyundagi 04-36-778-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.