Xamdamova Oygul Maxkamjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hadis matnlarining lingvostilistik tadqiqi ”, 10.00.01 – O‘zbek tili  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 811.515.13342:28-262
Ilmiy rahbar: Muminov Siddiqjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Yorqinjon Odilov, O‘zFA O‘zbek tili filologiya fanlari doktori;  Shoira Omonturdieva, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbekcha diniy matnlar, jumladan, hadis matnlarining til xususiyatlarini uslubiy tahlil qilish va shu orqali uning o‘ziga xos jihatlari, o‘zbek tili uslublari tizimida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hadis matnlari o‘zbek tili funksional uslublari bilan qiyoslanib, ularning so‘zlashuv, badiiy, ilmiy, rasmiy va publisistik uslublardagi matnlar bilan o‘xshash va farqli jihatlari, jumladan, badiiylikka yaqinlashtiruvchi she’riy nutq parchalari, so‘zlashuv uslublariga doir unsurlarning mavjudligi, hadis matnlarini o‘ziga xos alohida diniy uslub ichidagi matn ekanligi haqidagi fikrlar asoslangan;
hadis matnlarining o‘ziga xos turg‘un shakliy-mazmuniy  strukturasi – sanad va matn qismlariga ajralishi, sanaddagi qavatlangan nutq hodisasi lingvistik aspektda tadqiq etilishi lozim ekanligi dalillangan;
hadis matnlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri takror va parallellizm hodisasi, ularning affiksal, leksik va gaplar takrori kabi turlariga namunalar keltirilib, emotsional-ekspressiv ta’sirchanlikni oshirishdagi funksional xususiyatlari ochib berilgan;
hadis matnlari grammatik tahlil qilinib, mustaqil va yordamchi so‘z turkumlari, kirish so‘z va birikmalar semantik guruhlarga ajratilgan, hadis matnlaridagi teologik qarashlarni ifodalashi va ularning uslubiy ma’noni ochib berishdagi o‘rinlari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hadis matnlarining lingvostilistik tadqiqiga bag‘ishlangan ushbu dissertatsiya quyidagicha joriylangan:
2023-2024-yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim taraqqiyoti”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanildi va muallif bilan suhbatlar uyushtirildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasining 2024-yil 20-maydagi ma’lumotnomasi,  
26-36-897-son). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
2021-2022-yillarda “O‘zbekiston davlat xareografiyasi akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan vebsayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘at) to‘plamini yaratish mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Davlat Xareografiyasi akademiyasi, 2024-yil, 20-maydagi
№ 1/04-96 ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar hadis matnlaridan odob-axloq, milliy va millatlararo totuvlik, kiyinish madaniyati, hadis matnlarida uchraydigan qadimiy badiiy va san’atga oid so‘zlar  haqida ma’lumot olishlari, ularda nutq madaniyatini rivojlantirish masalalari ilmiu-nazariu jihatdan takomillashgan;
2021-2022-yillarda “Musiqa va san’at muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv – o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi
FZ – 2019081773 raqamli fundamental loyiha bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekch-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi O‘zbekiston davlat xareografiyasi akademiyasining 2024-yil 20-may, №1/04-97). Natijada yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularda nutq madaniyatini o‘stirish bilan bog‘liq ijodkorlikni rivojlantirish masalalari ilmiu-nazariu jihatdan takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish