Kurbaniyozova Ra’no Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Keksalik davrida qadriyatlar namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P750.
Ilmiy rahbar: Elmuratova Aysulu Usaxovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2024.P.51.08.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Baxtigul Babajonovna, psixologiya fanlar nomzodi,dotsent; Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot:  Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keksalik davridagi qadriyatlar namoyon bo‘lishini ilmiy jihatdan o‘rganib, ilmiy-amaliy tavsiyalar  ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksalik davridagi ijtimoiy faollik natijasida “yuqori moddiy ta’minot”, “o‘z ustida ishlash”, “moliyaviy mustaqillikka intilish”, “shaxsiy erkinlik”, “atrofdagilarga nisbatan yuqori darajadagi g‘amxo‘rlik” kabi  qadriyatlar ularni zamon talablariga moslashishga, yangi ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishga, o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni kuchayishi bilan nomoyon bo‘lishi aniqlangan;
keksalik davridagi qadriyatlar tizimida namoyon bo‘luvchi “rad etish”, “regressiya”, “intellektualizatsiya”, “o‘z-o‘zini his qilish”, “kayfiyat barqarorligi”, “internal lokus nazorat” kabi himoya mexanizmlarini namoyon bo‘lishi psixik omillar bilan bog‘liqligi asoslangan;
keksalik davrida namoyon bo‘ladigan “kasb-hunar sohasidagi”, “ijodkorlik”, “faol ijtimoiy munosabatlar”, “o‘z ustida ishlash”, “yutuqlarga yo‘nalish”, “ma’naviy qoniqish”, “o‘zlikni saqlash” qadriyatlar sohasi emotsional o‘z-o‘zini his qilishga, kayfiyatlar dinamikasiga, fiziologik va psixologik faolligiga bevosita ta’sir qilishi isbotlangan
keksalik davridagi qadriyat tizimini samarali tashkil qilishga qaratilgan rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish asosida ularda “qiziqishlar olami”ni faollashtirish, “ijobiy  ijtimoiy munosabatlarga kirishishda faollikni saqlash”, “o‘z ustida ishlashni ”, “o‘ziga xoslikni saqlash”  va “ma’naviy qoniqish qadriyatlari”ni oshirish orqali “rad etish”, “proeksiya”, “kompensatsiya” va “intellektualizatsiya” kabi psixologik himoya mexanizmlari pasayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Keksalik davridagi shaxslarni qadriyatlarini namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlariga oid mumammoni tatbiq etish asosida:
qadriyatlarni  tashxislovchi metodikalar tanlanib, keksalik yosh davrida kasb-hunar olamiga yo‘nalganlik, yuqori moddiy ta’minot va o‘z ustida ishlash qadriyatlari qarilik davriga nisbatan yuqori darajada bo‘lishiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-261-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish  psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-261a-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, ularni nazariy tahlil qilish va izchillikda tizimlashtirish imkoni kengaytirilgan;
keksalarda qadriyatlar yo‘nalganligi psixologik  himoya mexanizmlari hamda emotsional holatlar,  subektiv  nazorat bilan bog‘liqligi ,shuningdek, qadriyatli yo‘nalganlik orqali keksalarda empatiya namoyon bo‘lishiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-261-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi»  modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-261a-son ma’lumotnomasi). Natijada, keksalarda rad etish, regressiya, intellektualizatsiya himoya mexanizmlari hamda o‘z-o‘zini his qilish, kayfiyat, internal lokus nazorat bilan bog‘liqligi, shuningdek, qadriyatli yo‘nalganlik orqali keksalarda hayvonlarga, bolalarga hamda baddiy asar qahramonlariga empatiya namoyon bo‘lishiga erishilgan;
keksalarda korreksion mashg‘ulotlar orqali empatiya sohasidagi o‘zgarishlarga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-261-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-261a-son ma’lumotnomasi). Natijada keksalarga, badiiy asar qahramonlariga, begonalarga empatiyani oshirishga erishilgan;
korreksion mashg‘ulotlar samaradorligini tekshirish asosida keksalarda qiziqishlar olami, faol ijtimoiy munosabatlar, o‘z ustida ishlash, o‘zlikni saqlash  va ma’naviy qoniqish qadriyatlarini oshirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-261-son buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-261a-son ma’lumotnomasi). Natijada keksalarda  proeksiya, kompensatsiya va intellektualizatsiya psixologik himoya mexanizmlari pasaytirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish