Abdullaeva Madinabonu Akmaljon qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini o‘yin texnologiyasi orqali shakllantirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7385
Ilmiy rahbar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar:  Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Sobirova Maxbuba Yusupjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini o‘yin texnologiyasi orqali shakllantirish metodikasiga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini o‘yin texnologiyasi orqali shakllantirishning psixolingvistik xususiyatlariga oid nazariyalar kognitiv rivojlanish (Cognitive Development), ijtimoiy rivojlanish (Social Development) va leksik kompetensiyani shakllantirishning lingvodidaktik tamoyillari asosida aniqlashtirilgan.
boshlang‘ich sinflarda ingliz til o‘qitishda A1 malaka talablari darajasida o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini shakllantirtishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar interferensiya (salbiy ta’sir), transpozisiya (ijobiy ta’sir va o‘yin texnologiyasi orqali leksik kompetensiyani shakllantirishga  yo‘naltirilgan ingliz tili ta’limini tashkil etishning shakl, metod va vositalari  “jismoniy javob usuli” (TPR), o‘yinlar (Games), qo‘shiqlar (Songs), hikoyalar (Stories) va  interfaol ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz til leksik kompetensiyasini o‘yin texnologiyasi orqali oson egallashlariga mo‘ljallangan o‘yinlar tipologiyasi umumlashtirilib, o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini shakllantirishda Repetition (qaytarish), Imitation (taqlid qilish), Mnemonics (mnemonika) va Authenticity (autentik) o‘yin texnologiyalarining samaradorligi takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini o‘yin texnologiyasi orqali shakllantirishga doir mashqlar tizimining lingvometodik  modeli didaktik, ta’limiy, ijodiy, integrativ va vaziyatli o‘yin texnologiyalari bilan internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini o‘yin texnologiyasi orqali shakllantirishning psixolingvistik xususiyatlariga oid nazariyalar kognitiv rivojlanish (Cognitive Development), ijtimoiy rivojlanish (Social Development) va leksik kompetensiyasini shakllantirishning lingvodidaktik tamoyillari asosida  aniqlashga doir ilmiy-nazariy asoslangan takliflaridan 2020-2021-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan AQShning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikdagi “Alumni Outreach Grans Program” dasturi doirasidagi S-UZ800-20-IN-0106-raqamli “Virtual Workshop on Collabarative Action Research for English Teachers” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan  (Namangan davlat universitetining  2024-yil 25-oktyabrdagi 1124-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini o‘yin texnologiyasi orqali shakllantirishga qaratilgan mashqlar majmui va metodik tavsiyalar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan.
boshlang‘ich sinflarda ingliz til o‘qitishda A1 malaka talablari darajasida o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini shakllantirtishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar interferensiya (salbiy ta’sir), transpozisiya (ijobiy ta’sir) va o‘yin texnologiyasi orqali leksik kompetensiyani shakllantirishga  yo‘naltirilgan ingliz tili ta’limini tashkil etishning shakl, metod va vositalari  “jismoniy javob usuli” (TPR), o‘yinlar (Games), qo‘shiqlar (Songs), hikoyalar (Stories) interfaol ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan “Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 191-sonli buyrug‘i asosida 491049 nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini A1 darajada shakllantirishga muvaffaq bo‘lindi.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini o‘yin texnologiyasi orqali oson shakllantirishga mo‘ljallangan o‘yinlar tipologiyasi umumlashtirilib, o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini shakllantirishda Repetition (qaytarish), Imitation (taqlid qilish), Mnemonics (mnemonika) va Authenticity (autentik) o‘yin texnologiyalarining samaradorligini  takomillashtirishga doir xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining chet tillarni ommalashtirishga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarning ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zMTRK 2024-yil 7-oktyabrdagi “04-36-1099” – sonli buyrug‘i). Natijada, ingliz tilida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini shakllantirishni ommalashtirishga xizmat qilgan.
ingliz tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini o‘yin texnologiyasi orqali shakllantirishga doir mashqlar tizimining lingvometodik  modeli didaktik, ta’limiy, ijodiy, integrativ va vaziyatli o‘yin texnologiyalari bilan internal integratsiyasini ta’minlashga oid taklif va tavsiyalaridan boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligining 2024-yil, 16-dekabrdagi, 03-33-3795-son ma’lumotnomasi).  Natijada ingliz tili darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini o‘yin texnologiyasi orqali shakllantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish