Jakbarova Nasiba Po‘latjonovnaning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tili darslarida akademik lisey o‘quvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7442
Ilmiy rahbar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namanga davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildar Urinbaevna Pedagogika fanlar doktori, professor, Yakubbaev Murodilla Marufovich, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Akademik lisey o‘quvchilarining ingliz tili darslarida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik modelini Matnga asoslangan ta’lim (Text-based Instruction) metodi asosida takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tili darslarida akademik lisey o‘quvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlarga asoslangan mashqlar tizimi “Faollik prinsipi” orqali takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining kognitiv, konnativ va affektiv darajalarini psixolingvistikaning millatlararo tolerantlik, bag‘rikenglik hamda madaniy shokni engib o‘tish va xalqaro ziddiyatlarni oldini olish tamoyillari emperik tadqiqotning me’yoriy ko‘rsatkichlari asosida aniqlangan;
akademik lisey o‘quvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modelini kommunikativ-pragmatik va madaniyatlararo muloqot metodlari asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini “Matnga asoslangan ta’lim” MAT- TBI (Text-Based Instruction Method) metodining “Case sudy” (Vaziyatni tahlil qilish), “Role play” (Rolli o‘yinlar), “Situational language teaching” (Hayotiy vaziyatlarda til o‘qitish) kabi konstruktiv texnologiyalari vositasida rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik ta’minot boyitilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish uchun “Faollik prinsipi” bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarga asoslangan mashqlar tizimidan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Kharshi State University” nomli xalqaro loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 18-may 03/1426-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, akademik lisey xorijiy filologiya o‘quvchilarining ingliz tili darslarida nafaqat ingliz tili nutq birliklarini balki madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish jarayonlarida faolliklari o‘sgan.
Tadqiqot bo‘yicha ishlab chiqilgan madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini kommunikativ-pragmatik va madaniyatlararo muloqot metodlari asosida takomillashtirilgan madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modelidan Jizzax davlat pedagogika universitetida 2020-2022 yillarda amalga oshirilgan S-UZ800-21-GR-3101 raqamli “ACCESS microscholarship English Program” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan. (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2024-yil 7-iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada qatnashgan akademik lisey o‘quvchilari Amerika va O‘zbekiston davlatlari madaniyatlari haqidagi matnlarni katta qiziqish bilan o‘zlashtirib, ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani B 1+ va B 2 darajada rivojlantirishga muvaffaq bo‘lindi.
Ingliz tili muloqot madaniyatining o‘zbek tili muloqot madaniyati me’yorlari asosida tasniflashga oid xulosalaridan “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 27-may 04-36-674-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari ommalashtirilgan.
Madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining kognitiv, konnativ va affektiv darajalarini psixolingvistikaning millatlararo tolerantlik, hayotiy vaziyatlarda madaniy shok va xalqaro ziddiyatlar oldini olish tamoyillariga oid xulosalar asosida “Intercultural communication competence” nomli o‘quv qo‘llanma va “English-Culture-Practice” nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan. Natijada, o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi uslubiy ta’minot boyitilgan.