Dusanov Rahimjon Raimqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda “Bir aktyor teatri”ning shakllanishi va uning badiiy asoslari”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/San74.
Ilmiy rahbar: Umarov Mamur Botashikovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Xosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdurasulov Shohruh Abdunaimovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda “Bir aktyor teatri”ning shakllanish va rivojlanish bosqichlarini o‘rganishdan hamda yakka ijrodagi tomoshalarning badiiy asoslarini va sahnaviy talablarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda “Bir aktyor teatri”ning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qadimgi davrning yakka ijrosi, baxshilar bir aktyor teatri (VII-IX asrlar), an’anaviy teatrdagi masxaraboz va qiziqlar bir aktyor teatri (XVIII-XIX asr), badiiy yaxlit shakldagi bir aktyor spektakli (XX asr), bir aktyor teatrining 3D formatdagi gologramma shakli (XXI asr) kabi bosqichlari aniqlangan;
“Bir aktyor teatri” spektaklini ijro etgan aktyorlarning repertuarlari, ular ijrosidagi dostonlar, yakka ijrodagi tomoshalar, XX asrdagi she’riy kompozisiyalar, bir aktyor ijrosidagi spektakllar dramaturgiyasining badiha, grotesk kabi badiiy-g‘oyaviy jihatlari, rejissyorning o‘ziga xos ramziy, metafora, gologramma kabi uslublari aniqlangan;
2019-yil Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy 3D formatdagi gologramma teatri O‘zbekistonda tashkil etilgani va bu yo‘nalish bilan texnologiyalar imkoniyatidan foydalanib yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash mumkinligi “Buyuk Temur” nomli spektakl namoyishi misolida isbotlangan;
milliy “Bir aktyor teatri” – davr talabidagi g‘oyaviy jihatdan puxta repertuarni tezkor yarata oladigan, aktyorning serqirra mahoratini namoyon qiladigan, ko‘chib yurishga qulay ijod maskani ekanligi, o‘z g‘oyaviy repertuari bilan milliy iftixor hamda g‘ururni mustahkamlaydigan, vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantiradigan, yoshlarni yot g‘oyalardan himoyalaydigan spektakllar namoyish eta olishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda “Bir aktyor teatri”ning shakllanishi va uning badiiy asoslari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistonda “Bir aktyor teatri”ning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qadimgi davrning yakka ijrosi, baxshilar bir aktyor teatri (VII-IX asrlar), an’anaviy teatrdagi masxaraboz va qiziqlar bir aktyor teatri (XVIII-XIX asr), badiiy yaxlit shakldagi bir aktyor spektakli (XX asr), bir aktyor teatrining 3D formatdagi gologramma shakli (XXI asr) kabi bosqichlariga oid taklif va tavsiyalardan “Sahna harakati” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalardagi aktyorlik mahoratini takomillashtirishga qaratilgan xatti-harakat va so‘z uyg‘unligiga oid bilim va kunikmalarini oshirish va rivojlantirishga erishilgan;
“Bir aktyor teatri” spektaklini ijro etgan aktyorlarning repertuarlari, ular ijrosidagi dostonlar, yakka ijrodagi tomoshalar, XX asrdagi she’riy kompozisiyalar, bir aktyor ijrosidagi spektakllar dramaturgiyasining badiha, grotesk kabi badiiy-g‘oyaviy jihatlari, rejissyorning o‘ziga xos ramziy, metafora, gologramma kabi uslublariga oid taklif va tavsiyalardan “Sahna harakati” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak talaba-aktyorlar uchun plastik harakatlarga boy tanaga ega bo‘lishiga xizmat qiluvchi mashqlar majmuasi yaratilgan;
2019-yil Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy 3D formatdagi gologramma teatri O‘zbekistonda tashkil etilgani va bu yo‘nalish bilan texnologiyalar imkoniyatidan foydalanib yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, ilmiy-metodik markaz tomonidan ishlab chiqilgan – “Teatr san’atini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”da hamda vazirlik tomonidan tashkil etilgan – “Seni kuylaymiz, zamondosh!”, “Debyut” teatr festivallarida, poytaxt hamda viloyat teatrlarining “Bir aktyor teatri”ga ta’luqli spektakllarini qabul qilish jarayonida, ularning muhokamalarida, hamda “Bir aktyor teatri” uchun maxsus yozilgan pesalarga berilgan taqrizlarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 02-12-18-691-son dalolatnomasi). Natijada, sohaning o‘ziga xos talablari, zamon bilan bog‘liqligi, bir aktyor spektakllarini sahnalashtirish va ijro etishga doir tushuncha hamda tasavvurlarni kengayishiga xizmat qilgan;
milliy “Bir aktyor teatri” – davr talabidagi g‘oyaviy jihatdan puxta repertuarni tezkor yarata oladigan, aktyorning serqirra mahoratini namoyon qiladigan, ko‘chib yurishga qulay ijod maskani ekanligi, o‘z g‘oyaviy repertuari bilan milliy iftixor hamda g‘ururni mustahkamlaydigan, vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantiradigan, yoshlarni yot g‘oyalardan himoyalaydigan spektakllar namoyishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Ochiq namoyish” va “Telexiyobon” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2025-yil 11-fevraldagi 01-20/61-son ma’lumotnomasi). Natijada  “Bir aktyor teatri” istiqbolini belgilashda va targ‘ib qilishda hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, soha vakillari ijodi xalqimiz orasida keng targ‘ib qilingan.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish