Shavkatova Gulnoza Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Teatr repertuarini shakllantirishda maktab bilan hamkorlik masalalari” (bolalar teatri misolida), 17.00.01-Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/San239.
Ilmiy rahbar: Umarov Mamur Botashikovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Ismailov Anvar Hamdamovich, san’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi teatr repertuari shakllanishida maktab bilan hamkorlikning ahamiyati hamda zaruratini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri hamda Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining maktablar bilan hamkorlik tendensiyalari mazkur teatrlarning shakllanish (1928-1960), professionallashuv (1960-1990) va taraqqiyot davri (mustaqillik yillari) kesimida davrlashtirish orqali ochib berilgan;
yosh tomoshabinlar teatrining yuzaga kelishi va repertuarini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodi hamda xalq dostonlari tayanch manba bo‘lganligi dalillangan;
o‘zbek va qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatri umuminsoniy va milliy qadriyatlar aks etgan spektakllar hamda tarjima asarlar asosida rivojlangani isbotlangan;
bolalar teatri rejissurasida “Game over”, “Odisseya”, “Men yoki u”, “Enter summer” singari zamoaviy texnologiyalar vositasida sahnalashtirilgan spektakllarning zamonaviy echim va tarbiyaviy xususiyatga egaligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Teatr repertuarini shakllantirishda maktab bilan hamkorlik masalalari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri hamda Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining maktablar bilan hamkorlik tendensiyalari mazkur teatrlarning shakllanish, professionallashuv va taraqqiyot davri kesimida davrlashtirish orqali aniqlangan xulosalardan Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri hamda Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri tarixini boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 24-oktyabrdagi 4-04/2274-son ma’lumotnomasi).Natijada, yosh tomoshabinlar teatrlarining maktablar bilan hamkorligi takomillashtirishga xizmat qilingan;
yosh tomoshabinlar teatrining yuzaga kelishi va repertuarini shakllantirishda xalq og‘zaki ijodi hamda xalq dostonlari asos manba bo‘lganligi dalillangan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Ochiq namoyish” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-fevraldagi 01-14/37-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ochiq namoyish” ko‘rsatuvida taqdim etilgan spektakllar bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar orqali keng auditoriyaga yosh tomoshabinlar teatrining ijtimoiy-madaniy ahamiyati ochib berilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatri umuminsoniy va milliy qadriyatlar aks etgan spektakllar hamda tarjima asarlar asosida rivojlangani isbotlangan xulosalardan Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri hamda Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri repertuarini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 24-oktyabrdagi 4-04/2274-son ma’lumotnomasi hamda Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining 2024-yil 4-iyundagi 144-son, Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrining 2024-yil 4-iyundagi 16-son ma’lumotnomalari). Natijada, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri hamda Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri sahnasiga olib chiqish mumkin bo‘lgan maktab dasturidagi asarlar saralanib, teatrlar uchun “Teatr bo‘yog‘i” loyihasi ishlab chiqilishiga hissa qo‘shgan;
bolalar teatri rejissurasida “Game over”, “Odisseya”, “Men yoki u”, “Enter summer” singari zamonaviy texnologiyalar vositasida sahnalashtirilgan spektakllarning zamonaviy echim va tarbiyaviy xususiyatga egaligi ochib berilgani bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan bolalar teatrlari repertuari va faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 13-iyundagi 02-11-17-2017-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy texnologiyalar vositasida sahnalashtirilgan spektakllar yuzasidan bildirilgan tahliliy fikr-mulohazalar yosh tomoshabinlar uchun namoyish etilayotgan xorijiy spektakllar tajribasining muvaffaqiyatli, ijobiy tomonlarini milliy teatrlar faoliyatiga tadbiq etish, xususan, bolalar teatri repertuarini shakllantirish uchun yo‘naltirishga xizmat qilgan.