Azimov Kamoliddin Xayritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy o‘zbek milliy operalari dirijyorlik talqinida», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/San204.
Ilmiy rahbar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Begmatov Soyibjon Maxmudovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek milliy operasida dirijyor o‘rni va mavqeini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dirijyorlik nazariyasida jahon va o‘zbek opera dirijyorligi manual (qo‘l) texnikaning xususiyatlariga ko‘ra metr sxema, auftakt, applikatura, agogika hamda dirijyor tafakkurining psixologik asoslari bilan o‘zaro bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘zbek opera dirijyorligida orkestr ijrochiligi san’ati vujudga kelishi natijasida, XX asrning 20-30 yillaridan boshlab soha ontologiyasi shakllangani, bir ovozli monodik musiqadan ko‘p ovozli opera partituralariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni professional o‘zbek opera dirijyorligi san’atining kelib chiqishiga poydevor bo‘lgani isbotlangan;
zamonaviy o‘zbek milliy operalarida sahnalashtiruvchi-dirijyorning ladogarmonik, metroritmik, shtrix va dinamik xususiyatlariga mos keladigan dirijyorlik harakatini ko‘rsatish, agogik nuqtai-nazardan ochib berish, mashg‘ulotlar tartibini belgilash, musiqiy tezlik sur’atlari hamda metronom ko‘rsatgichlarini to‘g‘ri tanlash muhim ekanligi aniqlangan;
Mirhalil Mahmudovning “Kumush” va Mustafo Bafoevning “Alisher Navoiy” operalari misolida, partituraning kompozitor va dirijyor tahriri o‘rtasidagi dirijyorlik talqin qilish tafovutlari, orkestr bilan munosabatlarda musiqiy ifoda vositalarining mutanosibligi, xonandalarda uchraydigan fonetik kamchiliklarni bartaraf etish ya’ni, so‘z bo‘g‘inlaridagi urg‘uni metroritmikasidan kelib chiqib to‘g‘ri kuylash yo‘llari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dirijyorlik nazariyasida jahon va o‘zbek opera dirijyorligi manual (qo‘l) texnikaning xususiyatlariga ko‘ra metr sxema, auftakt, applikatura, agogika hamda dirijyor tafakkurining psixologik asoslari bilan o‘zaro bog‘liq ekanligi haqidagi ma’lumotlar 2023 yil 17 fevral kuni Belgiyaning Antverpen shahrida o‘tkazilgan MUSAE TEAChERS PRESENCE seminari doirasida bo‘lgan ma’ruza-treningda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024 yil 18 aprel 02-11-17-1200-son ma’lumotnomasi). Natijada seminar ishtirokchilari dirijyorlik nazariyasi, texnikasi va tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
o‘zbek opera dirijyorligida orkestr ijrochiligi san’ati vujudga kelishi natijasida, XX asrning 20-30 yillaridan boshlab soha ontologiyasi shakllangani, bir ovozli monodik musiqadan ko‘p ovozli opera partituralariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni professional o‘zbek opera dirijyorligi san’atining kelib chiqishiga poydevor bo‘lgani O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2024 yil 5 iyun sanasidagi “Bormisiz, omonmisiz” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat telekanali» davlat muassasasi 2024 yil 25-iyundagi 01-14-126-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek opera dirijyorlari ijodi va uslubini qiyosiy tahlil qilish jarayonida o‘zbek milliy mumtoz hamda zamonaviy sahna asarlarini sahnalashtirishga oid tamoyillari aniqlangani, zamonaviy o‘zbek milliy operasi masalalari dirijyorlik va rejissyorlik kesimida o‘rganilganligi borasidagi fikrlari ko‘rsatuvning estetik ta’sirchanlik hamda tarbiyaviy xususiyatlarini oshirgan;
zamonaviy o‘zbek milliy operalarida sahnalashtiruvchi-dirijyorning ladogarmonik, metroritmik, shtrix va dinamik xususiyatlariga mos keladigan dirijyorlik harakatini ko‘rsatish, agogik nuqtai-nazardan ochib berish, mashg‘ulotlar tartibini belgilash, musiqiy tezlik sur’atlari hamda metronom ko‘rsatgichlarini to‘g‘ri tanlash muhim ekanligi bo‘yicha ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali»ning 2024 yil 24 may sanasidagi “Notadagi taqdirlar” eshittirishi dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasi 2024 yil 31-maydagi 04-36-699-son ma’lumotnomasi). Natijada radio tinglovchilar atoqli o‘zbek dirijyorlari Abdug‘ani Abduqayumov va Dilbar Abdurahmonovalarning ijodiy merosi, ularning milliy opera san’atidagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha muayyan tasavvurga ega bo‘lgan;
Mirhalil Mahmudovning “Kumush” va Mustafo Bafoevning “Alisher Navoiy” operalari misolida, partituraning kompozitor va dirijyor tahriri o‘rtasidagi dirijyorlik talqin qilish tafovutlari, orkestr bilan munosabatlarda musiqiy ifoda vositalarining mutanosibligi, xonandalarda uchraydigan fonetik kamchiliklarni bartaraf etish ya’ni, so‘z bo‘g‘inlaridagi urg‘uni metroritmikasidan kelib chiqib to‘g‘ri kuylash yo‘llari O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida faoliyat yuritayotgan kompozitorlar va musiqashunoslar shoʻba majlislarida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024 yil 8 fevraldagi 01-05/02-24-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh kompozitor va musiqashunoslar dirijyorlik sohasida zamonaviy o‘zbek milliy operalarini sahnalashtirish borasida yuzaga kelgan muammolar, ularning echimi, uslublar va tamoyillar, shuningdek dirijyor hamda rejissyor hamkorligi xususida qiziqarli ma’lumotlarga va muayyan tasavvurlarga ega bo‘lgan.