Uvrayimov Sunnatilla Tilaboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «GAT-texnologiyalari asosida islom sivilizatsiyasi madaniy meros obektlarini xaritaga olish va veb-portalini ishlab chiqish», 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Gr348.
Ilmiy rahbar: Safarov Eshqobul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori, professor; Xakimova Kamolatxon Raximjonovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: GAT-texnologiyalari asosida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi madaniy meros obektlarini xaritaga olishning uslubiy asoslarini takomillashtirish va ularning veb-portalini hamda atlasi mobil versiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geoinformatsion xaritaga olish metodlari va texnologiyalari asosida O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi madaniy meros obektlari xaritalarining seriyasi yaratilgan;
kartografik tadqiqot usullari va GAT-texnologiyalari asosida madaniy meros obektlarini xaritaga olish prinsiplari ishlab chiqilgan;
arxitektura obektlarini GAT-texnologiyalarida modellashtirish asosida islom sivilizatsiyasi madaniy meros obektlarining 3D modeli va animatsiyasi ishlab chiqilgan;
kartografik, geoinformatsion va veb-xaritaga olish metodlarini integratsiya qilish orqali O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi madaniy meros obektlarining kartografik veb-portali ishlab chiqilgan;
zamonaviy GAT va dasturlash texnologiyalari asosida O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi madaniy meros obektlari atlasining mobil versiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. GAT-texnologiyalari asosida islom sivilizatsiyasining madaniy meros obektlarini xaritaga olish va ularning veb-portalini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ArcGIS dasturiy ta’minoti va geoinformatsion kartaga olish metodlari asosida yaratilgan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi madaniy meros obektlarining seriyali kartalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida viloyatlarning madaniy meros atlaslarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-03-74-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatlarning madaniy meros obektlari atlasi tarkibidagi kartalari mazmunini ishlab chiqish imkonini bergan;  
kartografik tadqiqot usullari va GAT-texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan madaniy meros obektlarini kartaga olishning prinsiplari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida viloyatlarning madaniy meros atlaslarini yaratishda amaliyotda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-03-74-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, madaniy meros obektlari kartalarining mazmunini shakllantirishda va kartalarni tizimlashtirishda atlas kartalari uchun optimal komponovka qilish imkoni yaratilgan;
arxitektura obektlarini GAT-texnologiyalarida modellashtirish asosida ishlab chiqilgan islom sivilizatsiyasi arxitektura yodgorliklarining 3D va animatsiya kartalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida viloyatlarning 3D kartalarini yaratishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-03-74-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilayotgan kartalarning ko‘rgazmaliligi va o‘quvchanligini oshirish imkoniyatini bergan;
kartografik, geoinformatsion va veb-kartaga olish metodlarini integratsiya qilish orqali ishlab chiqilgan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi madaniy meros obektlarining kartografik veb-portali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida Toshkent viloyati mahallalarining veb-kartalarini yaratishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-03-74-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahallalarning interaktiv veb-kartalarini yaratish jarayonlarini optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
zamonaviy GAT dasturlash texnologiyalari asosida yaratilgan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi madaniy meros obektlari atlasining mobil versiyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida tuzilgan mobil atlaslarni yaratishda asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-03-74-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, atlaslarning tarkibiy tuzilmasi va mobil versiyasini takomillashtirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish