Habiev Farrux Maratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Uglevodorod gazlarini qayta ishlash maxsulotidan antratsenni olish va u asosida kationitlar sintezi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3229.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor; Buxorov Shuxrat Burievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustyurt gaz-kimyo majmuasining ikkilamchi mahsuloti «tar mahsulot»dan ajratib olingan antrasen asosida sulfokationit ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Uz-KorGas Chemical» MChJ chiqindisi «tar mahsulot»i tarkibi aniqlanib, vakuum-fraksion va atmosfera bosimida 320-360 C xaroratlar chegarasida 38,64 % fenantren va 10,55 % antrasen xaydalishi isbotlangan;
mezo-holatlar elektron zichligi yuqori bo‘lgan antrasenning elektrofil sulfolash reaksiyalarida 9-antrasen sulfokislotaning desulfolanishi bilan termodinamik jihatdan barqaror 1- va 2-antrasen sulfokislotalarga o‘tishi asoslangan;
sulfomassa bosim ostida 35 % li formalin bilan 1:2,1 nisbatlarda 110-120 C harorat, 35 atm bosimda fazoviy tuzilishli polimetilenantrasen sulfokislota olinib, bosim oshishi bilan makrog‘ovakli polimerning molekulyar massasi ortishi isbotlangan;
olingan fazoviy tuzilishli polimetilenantratsensulfokislotaning termik barqarorligi termogravometrik taxlillarda isbotlangan;
neft-gaz sanoati texnik suvlarini deminerallashda fazoviy tuzilishga ega polimetilenantrasen sulfokislotaning ekspluatatsion xossalari KU-2-8 bilan taqqoslanib, statik va dinamik almashinishdagi faolligi aniqlangan;
«Uz-KorGas Chemical» majmuasining ikkilamchi «tar mahsulot»dan ajratib olingan antrasen asosida sulfokationit ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ustyurt gaz-kimyo majmuasining ikkilamchi mahsuloti «tar mahsulot»dan ajratib olingan antrasen asosida sulfokationit olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uglevodorod gazlarini qayta ishlash mahsulotlaridan antrasenni olish va undan kationitlar sintez qilish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» amaliyotiga joriy qilingan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi AJning 2023 yil 8 avgustdagi 776/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi chiqindisi «tar mahsulot»ni qayta ishlab mahalliy polimetilenantrasen sulfokislota kationiti ishlab chiqarish imkonini bergan;
fazoviy tuzilishli polimetilenantrasen sulfokislota olish va undan kationitlar sintez qilish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» amaliyotiga joriy qilingan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi AJning 2023 yil 8 avgustdagi 776/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona oqova suvlarini tozalash va texnologik tizimlarda qayta foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish