Elmurodov Elbek Yusup o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Glikollar va SFMlar asosida tabiiy gazlarni quritish jarayoni uchun absorbent kompozisiyalari olish va qo‘llash», 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallar kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4570.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: glikollar va SFMlar asosida tabiiy gazlarni quritish jarayoni uchun absorbent kompozisiyalari olish va ularni asosida gazlarni absorbsion quritishning kombinatsion texnologik tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“tabiiy gaz – absorbent– suv” sistemasida suvning miqdori 1 % bo‘lganda, UEG bilan quritilgan gazning shudring nuqtasi minus 24,5 oC haroratni tashkil etishi aniqlangan;
DEG, UEME, BK va suv asosida absorbent kompozisiyalarining yangi samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan yangi absorbent kompozisiyalari asosida absorbentlarning gazlarni quritish jarayonlaridagi faolligi va selektivligi aniqlangan;
DUSB-3 absorbent kompozisiyasini yordamida gazlarni absorbsion quritishning kombinatsiyalashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
DUSB-3 absorbent kompozisiya qo‘llanilganda gazlarning namlik miqdorini 8,42 mg/m3 gacha kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Glikollar va SFMlar asosida tabiiy gazlarni quritish jarayoni uchun absorbent kompozisiyalari olish va qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
DEG, UEME, BK va suv asosida gazlarni absorbsion quritish uchun absorbent kompozisiyalarini olish texnologiyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O`zbekneftgaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2024 yil 18 apreldagi 106/GK-04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, absorbent kompozisiyasining tabiiy gazlarni quritish jarayondagi faolligi va selektivligini oshirish imkonini beradi;
tabiiy gazlarni DUSB-3 absorbent kompozisiya yordamida absorbsion quritish jarayoni texnologiyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O`zbekneftgaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2024 yil 18 apreldagi 106/GK-04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gazlarning namlik miqdorini 8,42 mg/m3 gacha kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish