Bobomurodov Farxod Boymurotovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.09 - Jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Yu344
Ilmiy maslahatchi: Karimov Vaxabjan, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bosh prokuratura Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; To‘laganova Gulchehra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi TQFda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliyotda ko‘p qo‘llaniladigan tadbirlarning mohiyati hamda farqli belgisini ajratish maqsadida TQFda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lumotlar to‘plash, tezkor kiritish, niqoblangan operatsiya kabi TQTlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish zarurati asoslantirilgan;
TQTlarini o‘tkazish asoslarini kengaytirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida tezkor bo‘linmalar tomonidan tadbirlar o‘tkazilishini tezkor-qidiruv qonunchiligida belgilash zarurati asoslantirilgan;
shaxsning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini mustahkamlash maqsadida turar joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon so‘zlashuvlari, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kur’erlik jo‘natmalari va telegraf xabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot olishga qaratilgan TQTlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi materiallarni tergov sud`yasi tomonidan, bank siriga doir ma’lumotlarni olishga qaratilgan TQTlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi materiallarni prokuror tomonidan ko‘rib chiqish tartibini qonun normasida mustahkamlanishi asoslantirilgan;
jinoiy faoliyatga aloqadorligini aniqlash maqsadida olingan namunalar bo‘yicha ekspress tekshiruvini o‘tkazish jarayonida fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki daxlsizligini hamda qonuniy manfaatlarini xavf ostiga qo‘yadigan, shuningdek, inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar (harakatsizlik)ni sodir etish taqiqlanishini qonunchilikda mustahkamlash zarurati asoslantirilgan;
qiynoqqa solish holatlarini oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarining ma’muriy binolariga olib kelingan shaxslar bilan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari bo‘yicha tushuntirish olish hamda ushlab turish, shaxsiy tintuv va olib qo‘yish protsessual harakatlari, oshkora so‘rov TQTlari doirasidagi suhbatlar faqat texnik soz videokamera bilan jihozlangan va integratsiya qilingan so‘rovxonada o‘tkazilishini qonunchilik normasida belgilash zarurligi asoslantirilgan;
TQTlarida ishlatiladigan sarf harajatlarni davlat hisobidan qoplash maqsadida ichki ishlar organlarining moliyaviy ta’minot xizmatlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan dalolatnoma yoki shartnoma asosida tezkor bo‘linmalarga, ularning banklardagi hisobvaraqlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lar doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazish uchun naqd milliy yoki chet el valyutasi mablag‘lari banklar tomonidan berilishi tartibini qonunchilikda belgilash lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
amaliyotda ko‘p qo‘llaniladigan tadbirlarning mohiyati hamda farqli belgisini ajratish maqsadida TQFda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lumotlar to‘plash, tezkor kiritish, niqoblangan operatsiya kabi TQTlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etishga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-344-son qonun 14-moddasining uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n oltinchi xatboshilariga O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 13 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-920-son qonunning 1-moddasi bilan o‘zgartish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024 yil 29 maydagi 04/5-10-1346-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi tezkor-qidiruv amaliyotida eng ko‘p o‘tkaziladigan ma’lumotlar to‘plash, tezkor kiritish, niqoblangan operatsiya kabi TQTlarini o‘tkazishda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirishga xizmat qilgan;
TQTlarini o‘tkazish asoslarini kengaytirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida tezkor bo‘linmalar tomondan tadbirlar o‘tkazilishini tezkor-qidiruv qonunchiligida belgilashga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasi birinchi qismi beshinchi xatboshisi loyihasini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 27/2-268-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif TQTlarini o‘tkazish asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
shaxsning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini mustahkamlash maqsadida turar joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kur’erlik jo‘natmalari va telegraf xabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot olishga qaratilgan TQTlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi materiallarni tergov sud`yasi tomonidan, bank siriga doir ma’lumotlarni olishga qaratilgan TQTlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi materiallarni prokuror tomonidan ko‘rib chiqish tartibini belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida” Qonunning 21-moddasi loyihasini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 27/2-268-24-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq TQTlarini o‘tkazishda qonuniylikka rioya qilish kafolatlarini yaratishga xizmat qilgan;
jinoiy faoliyatga aloqadorligini aniqlash maqsadida olingan namunalar bo‘yicha ekspress tekshiruvini o‘tkazish jarayonida fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki daxlsizligini hamda qonuniy manfaatlarini xavf ostiga qo‘yadigan, shuningdek, inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar (harakatsizlik)ni sodir etish taqiqlanishini qonunchilikda mustahkamlashga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlar, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda valyuta namunalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 2023 yil 12 yanvardagi 12-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 1-bobi to‘rtinchi bandini, 4-bobning o‘n ettinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024 yil 18 dekabrdagi 12-15-91-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi giyohvandlikka hamda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof muomalasiga qarshi qaratilgan TQTlarini o‘tkazishda shaxsning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash kafolatlarini yaratishga xizmat qilgan;
qiynoqqa solish holatlarini oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarining ma’muriy binolariga olib kelingan shaxslar bilan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari bo‘yicha tushuntirish olish hamda ushlab turish, shaxsiy tintuv va olib qo‘yish protsessual harakatlari, oshkora so‘rov TQT doirasidagi suhbatlar faqat texnik soz videokamera bilan jihozlangan va integratsiya qilingan so‘rovxonada o‘tkazilishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining ma’muriy binolarida amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi 2024 yil 26 fevral` 101-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaning ikkinchi va uchinchi bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2024 yil 8 oktyabrdagi 33/03-01/-1858-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi ichki ishlar organlari tezkor bo‘linmalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv jarayonlarida oshkora so‘rov TQTlarini o‘tkazishning tashkiliy mexanizmini qonunosti hujjatlarida mustahkamlashga xizmat qilgan;
TQTlarida ishlatiladigan sarf harajatlarni davlat hisobidan qoplash maqsadida ichki ishlar organlarining moliyaviy ta’minot xizmatlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan dalolatnoma yoki shartnoma asosida tezkor bo‘linmalarga, ularning banklardagi hisobvaraqlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lar doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazish uchun naqd milliy yoki chet el valyutasi mablag‘lari banklar tomonidan berilishi tartibini qonunchilikda belgilashga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Ichki ishlar organlarining banklardagi hisobvaraqlaridan TQTlarini o‘tkazish maqsadida naqd milliy va chet el valyutasini olish, ulardan foydalanish hamda qaytarish tartibi to‘g‘risida”gi 2022 yil 11 noyabrdagi 63qq, 362V-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan nizomning “Tezkor tadbirlar uchun banklardan naqd pullarni olish tartibi” nomli 2-bobining 3, 4, 5, 6-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2024 yil 8 oktyabrdagi 33/03-01/-1857-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi IIV tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi tezkor bo‘linmalarning mulkiy turdagi tovlamachilik va firibgarlik hamda boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaviy jinoyatlarni aniqlash va fosh etishda TQTlarini samarali tashkil etish orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qilgan.