Vaxobova Marg‘uba Abduxamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi islohotlar milliy g‘oya yuksalishidagi muhim omil”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal900
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Suxrob Do‘smurodovich, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning milliy g‘oyani yuksaltirishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi oliy ta’limni isloh etishga oid insonga o‘z salohiyatini namoyon qilish imkoniyat yaratishi, ta’lim uchun qulay muhit berilishini ifoda etishi kabi maqsadlarning milliy g‘oyaning antropotsentristik (ilm-fan, madaniyat va san’atni gumanistik qadriyatlar bilan sug‘orish) tamoyillariga uyg‘unlashuvi hamda Renessans davriga xos xususiyat (inson huquq va erkinliklarini ta’minlash) va ilm-fan va ma’rifatning qadriyat darajasiga ko‘tarilganligi asoslangan;
jamiyatda “uchinchi va to‘rtinchi avlod universitetlari” ochiq tizimga xos faoliyat (ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozisiyasini shakllantirish), tizimlilik (zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash), in’ikos (davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, yurtparvar yoshlarni kamol toptirish) kabi asosiy g‘oyalarning milliy g‘oya yuksalishi hamda shaxs ma’naviy axloqiy kamolotini shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan;
sun’iy intellektni oliy ta’limga joriy etishda maqsadni belgilash (o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish), ma’lumotlarni yig‘ish va analiz qilish (to‘plangan ma’lumotlar asosida modellarni ishlab chiqish va prognoz qilish), xodimlarning malakasini uzlyuksiz oshirib borish omillari ta’lim tizimini insonparvarlashuviga xizmat qilishi mantiqiy dalillangan;
virtual universitetlarning intellektual konstruktorlik, raqamli laboratoriya, tarmoqli tadqiqot almashinuvi, modellashtirish kabi imkoniyatlarini aniqlash asosida ularning texnika va kadr resurslarini bir joyga to‘plash, mehnat bozori va ta’lim tizimining uyg‘unligini ta’minlash, ta’lim eksportiga oid innovatsion funksiyalari milliy ta’lim tizimini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning milliy g‘oyani yuksaltirishdagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi oliy ta’limni isloh etishga oid insonga o‘z salohiyatini namoyon qilish imkoniyat yaratishi, ta’lim uchun qulay muhit berilishini ifoda etishi kabi maqsadlarning milliy g‘oyaning antropotsentristik (ilm-fan, madaniyat va san’atni gumanistik qadriyatlar bilan sug‘orish) tamoyillariga uyg‘unlashuvi hamda Renessans davriga xos xususiyat (inson huquq va erkinliklarini ta’minlash) va ilm-fan va ma’rifatning qadriyat darajasiga ko‘tarilganligiga doir taklif, tavsiya va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-ragamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” amaliy loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda hamda “60220500 - Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan va “Filosofiya” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 23-dekabrdagi 04/11-13999-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 14-maydagi 02/01-01-41-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga ta’lim falsafasining mazmun-mohiyati ochib berilishiga, dunyoqarashi yanada kengayishiga, ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, uchinchi yangi avlod universitetlarda tahsil olayotgan yoshlarning raqobatbardosh kadrlar bo‘lib shakllanishida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatda “uchinchi va to‘rtinchi avlod universitetlari” ochiq tizimga xos faoliyat (ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozisiyasini shakllantirish), tizimlilik (zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash), in’ikos (davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, yurtparvar yoshlarni kamol toptirish) kabi asosiy g‘oyalarning milliy g‘oya yuksalishi hamda shaxs ma’naviy axloqiy kamolotini shakllantirishdagi o‘rniga doir taklif, tavsiya va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 7-maydagi 195-son ma’lumotnomasi) Natijada, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida islohotlar milliy g‘oyani yuksaltirishga, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus tadbirlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
sun’iy intellektni oliy ta’limga joriy etishda maqsadni belgilash (o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish), ma’lumotlarni yig‘ish va analiz qilish (to‘plangan ma’lumotlar asosida modellarni ishlab chiqish va prognoz qilish), xodimlarning malakasini uzlyuksiz oshirib borish omillari ta’lim tizimini insonparvarlashuviga xizmat qilishiga oid xulosa, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ma’naviy ma’rifiy sohadagi faoliyatida, jumladan 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida keltirilgan “I. Barkamol avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarish bobida: 1.1. Ma’naviy tarbiya va sifatli ta’lim hamda 1.1.2. Kasb-hunar, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlari”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Markaziy kengashining 2025-yil 24-yanvardagi 02/02-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya tizimidagi xodimlaming ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarining saviyasini yanada boyitishga, yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, uzlyuksiz milliy tarbiya tizimini takomillashtirish, yuksak ma’naviyatli vatanparvar avlodni tarbiyalashda nazariy asos sifatida xizmat qilgan;
virtual universitetlarning intellektual konstruktorlik, raqamli laboratoriya, tarmoqli tadqiqot almashinuvi, modellashtirish kabi imkoniyatlarini aniqlash asosida ularning texnika va kadr resurslarini bir joyga to‘plash, mehnat bozori va ta’lim tizimining uyg‘unligini ta’minlash, ta’lim eksportiga oid innovatsion funksiyalari milliy ta’lim tizimini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarishiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali ko‘rsatuvlarining ssenariylarini shakllantirishda, jumladan, “Mushohada uchun mavzu” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 15-apreldagi 9-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosa va takliflar teletomoshabinlarning ilmiy, falsafiy, ijtimoiy dunyoqarashini shakllanishiga xizmat qilgan.