Boybekova Shahnoza Alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’naviy qadriyatlar – ijtimoiy barqarorlik omili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal683
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Turdiev Bexruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’naviy qadriyatlarning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy pozisiyasining mustahkamlanishi demokratik siyosiy tizimni (inson erkinliklari va haq-huquqlari ustuvorligi, inson kapitalini yuksaltirish) vujudga keltirishda, ma’rifiy jamiyatni (sog‘lom axloqiy muhit, ilmiy-innovatsion salohiyat) shakllantirishda, xavfsiz va tinchliksevar davlat (diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, sinflararo va tabaqalararo hamjihatlik) barpo etish kabi tamoyillarni amaliyotga joriy etishdagi prakseologik ahamiyati ochib berilgan;
ma’naviy qadriyatlar rivojini intensivlashuvida siyosiy islohotlarning insonparvarlashuvi, huquqiy tizimning gumanistik modernizatsiyasi, o‘zbek milliy madaniyati yuksalishi, mamlakatdagi obodonlashtirish, ilmiy izlanishlar xarakterining o‘zgarishi, dinga munosabatning ratsionallashuvi, milliy g‘oya va mafkuraning targ‘ib va tashviq qilinishi omillar zarurati isbotlangan;
ma’naviy qadriyatlar nufuzi va ravnaqiga hayot sur’atlari, ijtimoiy tengsizlik mavjudligi, korrupsion holatlarning saqlanib qolayotgani, jamiyat a’zolari ma’naviy ehtiyojlari xarakteri o‘zgarayotgani, axborot makonida shov-shuv va feyklarning ko‘payayotgani, aksilqadriyatlar targ‘iboti faollashayotgani, madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati besamarligi, ayolning oiladagi mavqei pastligi kabi illatlarning salbiy ta’siri aniqlashtirilgan;
ma’naviy qadriyatlarni ijtimoiy barqarorlik omiliga aylantirishda vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashga optimal tus berish, ma’naviy ehtiyojlarga oqilona tus berish, fuqarolar axborot madaniyatini yuksaltirish, aksiologik tarbiyani tizimli tashkil etish, madaniy-ma’rifiy muassasalar qamrovini kengaytirish, uni yangi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga moslashtirish kabi ustuvor vazifalar asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’naviy qadriyatlarning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rnini tahlil etish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyatda ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy pozisiyasining mustahkamlanishi demokratik siyosiy tizimni (inson erkinliklari va haq-huquqlari ustuvorligi, inson kapitalini yuksaltirish) vujudga keltirishda, ma’rifiy jamiyatni (sog‘lom axloqiy muhit, ilmiy-innovatsion salohiyat) shakllantirishda, xavfsiz va tinchliksevar davlat (diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, sinflararo va tabaqalararo hamjihatlik) barpo etish kabi tamoyillarni amaliyotga joriy etishdagi prakseologik ahamiyatiga oid nazariy mulohazalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173-son “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga shakllantirish texnologiyasi va metodikasini xos tarbiyasini ishlab chiqish” grant loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 20-maydagi 04/1441-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini ma’naviy qadriyatlar mazmuni tarkibi va ijtimoiy funksiyalariga doir nazariy-falsaviy tasavvurlar bilan, ularning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatiga doir yangi g‘oyalar va xulosalar bilan boyitishgaga xizmat qilgan;
ma’naviy qadriyatlar rivojini intensivlashuvida siyosiy islohotlarning insonparvarlashuvi, huquqiy tizimning gumanistik modernizatsiyasi, o‘zbek milliy madaniyati yuksalishi, mamlakatdagi obodonlashtirish, ilmiy izlanishlar xarakterining o‘zgarishi, dinga munosabatning ratsionallashuvi, milliy g‘oya va mafkuraning targ‘ib va tashviq qilinishi omillar zaruratiga doir ilmiy yangilik va xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida, jumladan 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida keltirilgan VI. “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar” sohasida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil 14-iyundagi 02/02-34-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya tizimidagi xodimlaming ma’naviy- ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ma’naviy qadriyatlar nufuzi va ravnaqiga hayot sur’atlari, ijtimoiy tengsizlik mavjudligi, korrupsion holatlarning saqlanib qolayotgani, jamiyat a’zolari ma’naviy ehtiyojlari xarakteri o‘zgarayotgani, axborot makonida shov-shuv va feyklarning ko‘payayotgani, aksilqadriyatlar targ‘iboti faollashayotgani, madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati besamarligi, ayolning oiladagi mavqei pastligi kabi illatlarga oid mulohazalar, umumlashmalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targhboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi 0’zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish”ga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 1-iyuldagi 287-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy qadriyatlar mazmuni, shakllari va funksiyalari aniqlashga, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda ma’naviy qadriyatlaming ahamiyati aniqlashga hamda ma’naviy qadriyatlarga putur etkazayotgan omillarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
ma’naviy qadriyatlar nufuzi va ravnaqiga hayot sur’atlari, ijtimoiy tengsizlik mavjudligi, korrupsion holatlarning saqlanib qolayotgani, jamiyat a’zolari ma’naviy ehtiyojlari xarakteri o‘zgarayotgani, axborot makonida shov-shuv va feyklarning ko‘payayotgani, aksilqadriyatlar targ‘iboti faollashayotgani, madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati besamarligi, ayolning oiladagi mavqei pastligi kabi illatlarning salbiy ta’siri keltirilgan ilmiy yangilik va xulosalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi faoliyatida, jumladan 2024-yil 31-may kuni efirga uzatilgan “Oltin voha” va 2024 yil 19-iyun kunlari efirga berilgan “Nuqtai nazar”, “Noyob meros” teleradioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-iyundagi 17-01a/208-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleradioixlosmandlarning ma’naviy qadriyatlar mazmuni, shakllari va funksiyalari, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda ma’naviy qadriyatlaming ahamiyati hamda ma’naviy qadriyatlarga putur etkazayotgan omillarni bartaraf etishga doir bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan.