O‘rolova Mo‘tabar Mamarajabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi yillarida ayollarning tutgan o‘rni va ular faoliyatini muzeylashtirish asoslari» mavzusidagi 07.00.01-O‘zbekiston tarixi, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Falsafa doktori (PhD dissertatsiyasi mavzusi Oliy attestatsiya komissiyasida B2022.4.PhD/Tar1282. raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Ilmiy rahbar: Ismailova Jannat Hamidovna tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.02/09.07.2020.Tar.70.03. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoliqova Rahbar Ergashevna tarix fanlar doktori, professor, Babadjanov Xasan Baxtiyorovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi yillarida ayollarning tutgan o‘rni va ular faoliyatini muzeylashtirish asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston ayollari hayotida yuz bergan o‘zgarishlar ijtimoiy holatga yaqqol ta’sir ko‘rsatganligi, bunda yuzaga kelgan ijtimoiy omillarning oilaviy hayotga kompleks ta’siri, o‘z me’yoridan ortiq mehnat qilganligiga, belgilangan me’yordan kam oziq-ovqat bilan ta’minlanganligi kabi jihatlari bilan frontda va front ortida ko‘rsatgan matonatlari, qo‘shgan hissalari asosida ayollarning roli ochib berilgan;
Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbek ayoli butun dunyo oldida qat’iyatli, irodali vatanparvar shaxs sifatida namoyon bo‘lishi, 166 nafar ayolning, ya’ni 43 nafar «Lenin ordeni», 43 nafar «Shavkatli mehnat uchun», 83 nafar «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun» orden va medallarga sazovor bo‘lganligi, 78 nafari front maydonlarida bedarak yo‘qolganligi yoki vafot etganligi aniqlangan.
Toshkent shahridagi muzeylar ikkinchi jahon urushi tarixini yorituvchi (O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida, Qurolli Kuchlar Davlat muzeyi, Toshkent temir yo‘l texnikasi muzeyi, Toshkent aloqa tarixi muzeyi, Toshkent sog‘liqni saqlash muzeyi, «Shon-sharaf» davlat  muzeyi, Tamaraxonim uy-muzeyi) ekspozisiyalarda 30132 ta ashyo mavjudligi, 1941-1945-yillarni yorituvchi eksponatlar jami 8542 ta ayollar jasoratiga oid 279 ta eksponatlar mavjud ekanligi fond va arxiv materiallari asosida ochib berilgan;
BMT shtab-kvartirasi hamda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Fransiyada «Urushdagi ayollar», «Ayollar va urush: bitta buyuk jasoratning fotoxronikasi», «G‘alabaning ayol qiyofasi», «Ayol g‘alaba yuzi», «Ayollarning urushdagi jasoratlari», «Qozog‘iston botir qizi», «Sarisin-Stalingrad ayollari», «Ayollar - Ulug‘ Vatan urushida Sovet Ittifoqi Qahramonlari», «Ayollar 1941-1945-yillarda urushda», «Xotira mangu, insoniy qadriyat muqaddas», «Ulug‘ Vatan urushi davrida tojik ayollari erkaklar o‘rnida» ko‘rgazmalari va «Urushdagi ayol» nomli virtual ko‘rgazma tashkil etilgan. Ikkinchi Jahon urushiga bag‘ishlangan muzey yoki ekspozisiya mavjud emasligi, yoq ekanligi asosida «Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistonlik ayollarning tutgan o‘rni» ekspozisiyasi aynan shu kamchiliklarni bartaraf etish va alohida muzey tashkil etish maqsadida ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ikkinchi jahon urushi yillarida ayollarning tutgan o‘rniga oid tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston ayollari hayotida yuz bergan o‘zgarishlar ijtimoiy holatga yaqqol ta’sir ko‘rsatganligi, bunda yuzaga kelgan ijtimoiy omillarning oilaviy hayotga kompleks ta’siri, o‘z me’yoridan ortiq mehnat qilganligi qaramasdan belgilangan me’yordan kam oziq-ovqat bilan ta’minlanganligi kabi ularning rolini frontda va front ortida ko‘rsatgan matonatlari, qo‘shgan hissalari bo‘yicha materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Ochiq dars’ ko‘rsatuvi senariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2021-yil 21-dekabrdagi 40-40-1928-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi Ikkinchi jahon urushi tarixini o‘rganishga, yosh avlodni Vatanga hurmat ruhida tarbiyalashga yordam bermoqda;
Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbek ayoli butun dunyo oldida qat’iyatli, irodali vatanparvar shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga oid materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Ochiq dars» ko‘rsatuvi senariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2021-yil 21-dekabrdagi 40-40-1928-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistonlik ayollarning frontda va frontortidagi jasoratlari bo‘yicha bilim va fikrlarni kengaytirishda xizmat qilgan.
Toshkent shahridagi muzeylar ikkinchi jahon urushi tarixini yorituvchi muzeylar ekspozisiyalarida 30132 ta ashyo mavjudligi, 1941-1945-yillarni yorituvchi eksponatlar 8542 ta va ayollar jasoratiga oid 279 ta eksponatlar mavjud ekanligi fond va arxiv materiallariga oid oid manbalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi «O‘zbekiston fashizmga qarshi urush yillarida (1941-1945-yy)» ekspozisiyasini takomillashtirishda foydalanilgan. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Tadqimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022-yil 29-iyuldagi №3/1255-1785-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natija muzeylarda Ikkinchi jahon urushi tarixiga oid fondlarni keng o‘rganish, shunindek muzeyga tashrif buyuruvchilarning boy tariximizga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilmoqda.
BMT shtab-kvartirasi hamda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Fransiyada tashkil etilgan urush davrida ayollar matonatiga oid ko‘rgazma materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “G‘alaba bog‘i” majmuasining “Shon Sharaf” davlat muzeyi faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “G‘alaba bog‘i” majmuasining 2024-yil 26-sentyabrdagi 744-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar faktik materiallar va muzeyda madaniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini takomillashtirish, mazmun mohiyatini ilmiy boyitishga xizmat qilgan.Ilmiy natijalar muzeylarda urush yillarida ayollarning jasoratlariga e’tibor qaratgan holda muzey ekspozisiyasini takomillashtirish, mazmun mohiyatini ilmiy boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish